BO‘LIM
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING XUSUSIYATLARI
Respublikamizda xizmat ko‘rsatish sohalarida hisob-kitob ishlarini aniq yo‘lga qo‘yish, ular faoliyati xaqidagi ma’lumotlardan davlat miq- yosida foydalanish va davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri shakllantirish muammolari bu sohalardagi buxgalteriya hisobining o‘ziga xos tomonlarini tashkil etadi. Bu sohaga mulkchilik turidan qat’i nazar, davlat budjetidan to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan yoki xo‘jalik hisobida ish yuritayotgan xizmat ko‘rsatuvchi muassasa va tashkilotlar kiradi.
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritishni tartibga so- luvchi asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |