O‘zbekiston respublikasi oliy



Download 4,58 Mb.
bet70/107
Sana18.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#390940
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107
Bog'liq
fayl 1728 20210906 (1)

Tasvirga matn joylash


Tasvirga ko`pincha matn qo`shishga to`g`ri keladi. PhotoShop matn bilan ishlashda ham katta imkoniyatlarga ega. Matn bilan ishlash uskunalari uskunalar satrining uchinchi bo`limida ikkinchi bo`lib joylashgan. Ulardan keraklisini matn uskunalari tugmasi ustiga sichqonchani olib kelib, chap tugmasini bosish va ro`yxatdan zarurini tanlash bilan ishga tushirish mumkin. Boshqa uskunalar kabi ularni ham klaviatura orqali ishga tushirish mumkin. Buning uchun unga mos qo`yilgan lotin alifbosining bosh harfi T ni bir yoki bir necha marta bosish kerak bo`ladi:

6.2.39-rasm. Matn yozish usulini tanlash


Matn bilan ishlash uchun to`rtta uskuna mavjud bo`lib, ulardan birinchisi gorizontal matn, ikkinchisi vertikal matn, uchinchi va to`rtinchilari gorizontal va vertikal niqob matn deb ataladi. Bu uskunalar yuqoridagi rasmda ko`rsatilgan. Ulardan birinchisi gorizontal matn uskunasini ishga tushiramiz. Parametrlar satrida uning parametrlari paydo bo`ladi:









6.2.40-rasm. Matnni sozlash satri
Undagi o`n ikkita parametrdan o`ntasi rasmda ko`rsatilgan. Ularning vazifalari bilan quyida tanishib chiqamiz:

A - oldin kiritilgan matn parametrlarini chaqiradi; В - matn yo`nalishini boshqasiga o`zgartiradi;

С - matn uchun shrift tanlaydi;

D - matnning ko`rinishi (oddiy, qiya, yo`g`on)ni tanlaydi; E - matn o`lchamini tanlaydi;

F - harflaming fon bilan qo`shilib ketishi usulini tanlaydi; G - matnning qaysi tomondan tekislanishini ko`rsatadi;

H - matn rangini tanlash uchun ishlatiladi;

I - matnning shaklini o`zgartirish usulini tanlash uchun xizmat qiladi;

J - Символы (Belgilar) va Абзац (Abzats) palitralarini palitralar sohasiga chiqaradi. Yuqoridagi uskunalar satrining oxirgi belgisi orqali matn ko`rinishi, o`lchami, rangini tanlash mumkin. Oxiridan ikkinchi belgi orqali matn stilini tanlash mumkin.

6.2.41-rasm. Stillar bilan ishlash.
Ulardan tashqari, parametrlar satrining oxirida ikkita tugma bo`lib, ular matn kiritishni tugatish uchun ishlatiladi. Ulardan birinchisi kiritilgan matnni bekor qilsa, ikkinchisi kiritilgan matnni alohida qatlamda saqlab qo`yadi. Matn kiritishni tugatish uchun Ctrl+Enter qo`shtugmasidan foydalanish yoki uskunalar satrida boshqa uskunani tanlash yetarli.

Kiritiladigan matn ikki xil bo`lishi mumkin: oddiy (qisqa) matn va matn bloki. Oddiy matn tasvirga qisqa yozuvlar, masalan, uning nomi, muallifi kabilami kiritish uchun xizmat qilsa, blokli matn katta hajmdagi matnni kiritish va ularni bezatish uchun ishlatiladi. Oddiy matn kiritish uchun matn uskunasini tanlab, matn kiritiladigan sohaning chap quyi burchagini tanlash yetarli. Matn blokini kiritish uchun bu blok egallaydigan soha ajratib olinishi kerak. Sohani ajratish to`g`ri to`rtburchak chizish kabi amalga oshiriladi: blokning bir burchagiga sichqoncha

ko`rsatkichi olib kelinadi va uning chap tugmasini bosib turib, sichqoncha ko`rsatkichi blokning qarama-qarshi uchiga olib kelinib, tugma qo`yib yuboriladi.

Bu ikki turdagi matnni bir turdan ikkinchisiga o`tkazish mumkin. Buning uchun sichqonchani matn ustiga olib kelib, o`ng tugmasi bosiladi. Paydo bo`lgan mavzubop menyudan Преобразовать в блочный текст (Matn blokiga aylantirish) yoki Преобразовать в простой текст (Oddiy matnga aylantirish) bandi tanlanadi. Matn bilan ishlashda Символы (Belgilar) va Абзац (Abzats) palitralari yanada ko`proq imkoniyatlarga ega. Bu palitralarning ko`rinishi quyida keltirilgan:



6.2.42-rasm. Matnlarni sozlash oynasi.


Matnga uslub qo`llashda Стили(Uslublar) palitrasidan foydalanish mumkin. Bu palitrani chaqirish uchun asosiy menyuning Окно(oyna) bo`limidagi Стили(Uslublar) bandini tanlash kerak bo`ladi.



6.2.43-rasm. Matnlarga uslub berish.



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish