mashq. O‘qing. To‘liqsiz fe’llar bilan qo‘llangan yasama fe’llarni tahlil qiling.
1. Shimoliy qutbdagi yagona fonusni yoqishi lozim bo‘lgan charog‘bon bilan uning Janubiy qutbdagi hamkasbiga hammadan ham mazza edi. (A.Ekzyuperi.) 2. Onasi necha yildirki, uni uylantirishni orzu qilar, ammo Alimardon unamas edi. (O‘.H.) 3. Bu bolaning turqi sovuqroq edi. (T.M.) 4. O‘sha kuni havo ochiq,quyosh nur sochmoqda edi. (J.Vern) 5. Orqada o‘tirgan Munira derazadan tevarakka tikilib, allanarsalarni o‘ylab borar edi. (Sh.X.) 6. Aytishlaricha, bunday odamlar yuz yilda bir tug‘ilar emish... (O‘.U.) 7. Albatta, bu aytilgan gaplar yangilik emas (I.Karimov) 8. Jamila sarvqomat, bejirim ayol
edi. (Ch.A.) 9. – Alimardon o‘shanda ham shayton edi... (O‘.H.) 10. Oyoqlari tagida dumaloq bo‘lib ochilib turgan fok yelkani, tepasida es fokmarsel yelkani shamolday yoyilib yotar edi. (J.Vern)
Do'stlaringiz bilan baham: |