mashq. O‘qing. Ushbu gaplarda qanday grafik vositalar qatnashganini ayting.
1. Mayli endi, azizim besh-olti yil emas, besh -olti, kun deyapti-ku? Kep qolar erta-indin. (O.Y.) 2. Qani bir nay bo‘lsa, Yo‘lchi ham chalsa-da, butun ko‘ngil qayg‘ularini, oila o‘chog‘idan ayrilgan g‘arib, tanho ruhning to‘lqinlarini kechaning sukut to‘la og‘ushiga qo‘ysa... 3. – Shunaqami? U kishi ham diplom yoqladilarmi? – dedi Otaqo‘zi kesatib. 4. Ona yerim – oltin tuprog‘im.
“Ie, Hoji aka, sizga dori berish esimdan chiqibdi-ku, yuring!” – dedi va Hojini yetaklab chiqib ketdi. (A.Q.) 6. Kampirlar bir-biriga qarashdi va hamma birdan: - Nega, nega bo‘lmas ekan!- dedi. - Bo‘lsa nega indamaysizlar? Qani, To‘xta xola, gapiring! (A.Q.)
Do'stlaringiz bilan baham: |