Tanlama kuzatish usulining amaliyotda qo‘llanilishi
Statistika amaliyotida tanlama kuzatish statistik ma’lumotlarni olishning asosiy usuli sifatida keng qo‘lamda qo‘llaniladi. Davlat statistikasi asosan quyidagi ishlarni amalga oshirishda tanlab kuzatish usulidan foydalanadi:
Yalpi ma’lumotlarni tanlab kuzatish:
Ishchi, xizmatchilar va tadbirkorlar oilalarning byudjetlarini tanlab o‘rganish:
aholini ro‘yxatga olishda tanlab kuzatish usulidan foydalanish:
Mahsulotlar va tovarlar sifatini nazorat qilishda:
Ishchi, xizmatchialr va tadbirkorlar daromadlarining tarkibini va o‘y sharoitlarini kuzatishda:
Yakka ho‘jalik va dehqon xo‘jaliklaridagi ekin maydonlarini hisobgaolishda:
Aholining xalq iste’moli tovarlariga bo‘ladigan talabini o‘rganishda:
Korxonalarda ish vaqtidan foydalanish samaradorligini o‘rganishda:
Bozor kon’yukturasi o‘rganishda:
Boshqaruv samaradorligini aniqlashda va shu singari ishlarni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Tanlama kuzatish iqtisodiyotning hamma sektorlarini qamrab oladi.
“Tanlama kuzatish va uning bozor iqtisodiyoti sharoitida qo‘llanishi” mavzusidan
tayanchiboralari Tanlama kuzatish usuli -tasodifiy xolda tanlab olingan to‘plam birliklarini kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar bosh to‘plamga yoyish usulidir.
Tanlamakuzatishningvazifasi -tanlab olingan to‘plam birliklari asosida o‘rganilayotgan to‘plamning hammasiga umumiy tasvir berishdan iboratdir.
Tanlamakuzatishusuliningqo‘llanilishiningengmuhimshartlari - tanlab kuzatishning hamma qoidalari va tamoillariga amal qilish va to‘plam birliklarini tanlash ishlarini ilmiy asosda tashkil qilishdir.
Mexanik tanlash usulining mazmuni - tanlab olingan to‘plam bilan bosh to‘plamga kiritiladigan birliklari o‘rtasida munosabatlar praporsiyasining aniqlanishidan iborat.
Tipiktanlash- bosh to‘plam birliklarini bir nechta tipik guruxlarga ajiratish mavjud bo‘lgan xolda qo‘llaniladi.
Uya (seriya)li tanlab kuzatish - to‘plam birliklari kichikroq guruhlar yoki uya( seriya)-larga birlashtirilgan to‘plam birliklari uchun qo‘llaniladi.