Yillar
1996
|
1997
|
1998
|
1999
|
2000
|
1.
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, mln. so‘m (D)
|
20,0
|
21,0
|
18,0
|
22,0
|
24,0
|
2.
|
Mutloq o‘zgarish (o‘sish yoki
kamayish) (∆D)
|
|
|
|
|
|
|
A) Zanjirsimon usulda
|
-
|
+1,0
|
-3,0
|
+4,0
|
+2,0
|
|
B) Bazis usulda (1996 y.)
|
-
|
+1,0
|
-2,0
|
+2,0
|
+4,0
|
3.
|
o‘zgarish sur’atlari (o‘sish yoki kamayish)
|
|
|
|
|
|
|
A) Zanjirsimon. O‘sz=Di:Di-1x100
%
|
-
|
105,0
|
85,7
|
122,2
|
109,1
|
|
B) Bazis O‘sb=Di:D0x100 %
|
100
|
105,0
|
90,0
|
110,0
|
120,0
|
4.
|
Qo‘shimcha o‘sish (kamayish)
sur’atlari
|
|
|
|
|
|
|
A) Zanjirsimon.
К ( Дi Дi1 ) 100 yoki O‘sb-100
усз Д
i1
|
|
|
|
|
|
|
B) Bazis К ( Д i Д 0 ) 100 yoki
усб Д
0
O‘sb-100
|
-
|
+5,0
|
-10,0
|
+10,0
|
+20,0
|
5.
|
1 % qo‘shimcha o‘sishning
(kamayishning) mutloq mohiyati, mln. so‘m
|
-
|
-0,20
|
-0,21
|
+0,18
|
+0,22
|
Dinamika qatorlarda taraqqiyotning umumiy (asosiy) qonuniyatlarini aniqlashning statistik usullari
Ijtimoiy - iqtisodiy xodisa, voqealar doimo o‘zgarishda, rivojlanishda ekanligi ma’lum. Bu xodisa, voqealar miqdorlari dinamika qatorlarida berilganda, ularning darajalari juda ko‘p omillar natijasida shakllanadi. Bu omillarning ayrimlari asosiy bo‘lib, bu ko‘rsatkichga doimiy ravishda ta’sir etadi, hamda ko‘rsatkich o‘zgarishning qonuniyatini belgilaydi. Boshqa ayrim omillar ko‘rsatkichlarga tasadufiy, vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatib, darajalarning chetlanishga olib keladi.
Statistikaning asosiy vazifalaridan biri xodisalarga ta’sir qiluvchi assoiy, doimiy omillarni aniqlash, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisoblab, o‘zgarish tendensiyasini (trendini) belgilashdir.
Dinamika qatorlar o‘zgarishining asosiy tendensiyasini aniqlash uchun statistika bir qancha usullardan foydalanadi. Bulardan eng
hisoblanishi qulay (oddiy) va to‘g‘ri natija beradiganlari quyidagilardir.
Davr oralig‘ini (intervalni) kengaytirish (kattalash- tirish) usuli;
O‘rtacha sirg‘anma usuli;
v) Analitik tekislash usullaridir.
Ayrim hollarda dinamika qatorlari darajalarini dastlab qaraganda ularning o‘zgarish tendensiyalarini ilg‘ab olish qiyin. Bunday holarda ulardagi davr oralig‘ini (intervalni) kattalashtirish lozim. Agarda dinamika qator ma’lumotlari kunlik bo‘lsa, xaftalik bo‘lsa, dekadalik yoki oylik, oylik ma’lumotlarni choraklik va shu kabi ma’lumotlarga aylantirish lozim.
Misol: Korxonaning bir yilda mahsulot ishlab chiqarishi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar mavjud.
Oylar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
Mahsulot
hajmi, mln. so‘m
|
24,0
|
26,0
|
20,0
|
26,0
|
19,0
|
27,0
|
28,0
|
30,0
|
26,0
|
28,0
|
31,0
|
30,0
|
Bu dinamika qator ma’lumotlari bo‘yicha o‘zgarish tendensiyasi yaqqol sezilmagan, uning sur’ati ham qanchalik ekanligi bilinmaydi. Bu dinamika qator oralig‘i davrini kattalashtirib (kengaytirib) oylarni, yil choraklari bo‘yicha hisoblasak va ularning o‘rtacha har oy ma’lumotlarini aniqlasak, qator darajalarining o‘zgarish tendensiyasi yaqqol ko‘rinadi.
Choraklar
|
Mahsulot hajmi, mln. so‘m
|
Jami
|
o‘rtacha bir oyligi
|
I
|
70,0
|
23,3
|
II
|
72,0
|
24,0
|
III
|
84,0
|
28,0
|
IV
|
89,0
|
29,7
|
Bu ma’lumotlardan yaqqol ko‘rinib turibdiki, korxona chorakdan - chorakka mahsulot hajmini ko‘paytirib bormoqda.
Sirg‘anma usulining mohiyati shundaki, bunda dinamika qator darajalari o‘rtachasi hisoblanib, har safar sirg‘anma usulda navbati bilan keyincha daraja qoldirib ketiladi. Bu usul qator darajalari ko‘p bo‘lganda, 3,5 va hokazo o‘rtalarni hisoblab, har safar o‘ng tomonga siljib (sirg‘anib) (oldingi darajani qoldirib) aniqlanadi.
Д 1
Д 2
Д1 Д 2 Д 3 ;
3
Д 2 Д 3 Д 4
3
va hokazo.
Dinamika qatorlar o‘zgarish tendensiyasini aniqlashda qo‘llanadigan analitik tekislash usuli boshqa usullarga nisbatan bir muncha to‘g‘riroq natija beradigan usuldir. Bu usulning mohiyati shundaki, qatorlar o‘zgarishiga qarab, to‘g‘ri matematik tenglamani topib, haqiqiy darajalarni, vaqt funksiyasi yt = f (t) darajasida hisoblashdir. Bu vazifa qiyinroq bo‘lib, qator darajalarining umumiy yo‘nalishiga qarab, turli matematik funksiya formulalaridan foydalaniladi.
Agarda dinamika qatorlari o‘zgarishsiz yoki arifmetik progressda ya’ni mutloq qo‘shimcha o‘sish bir tekis bo‘lsa, unda to‘g‘ri chiziqli tenglama: yt = a0 + a1t foydalaniladi.
Bu yerda yt – tekislangan qator darajasi;
a0, a1 – parametrlar (kichik kvadratlar usulida aniqlanadi); t – davrlar soni.
Agarda daraja o‘zgarish aniq va doimiy bo‘lsa, u holda ikkinchi tartibdagi parabola tenglamasi: yt= a0 + a1t + a2 t 2; qo‘llaniladi.
Agarda o‘zgarish geometrik progressda bo‘lsa, unda tenglama yt= a0 + a1t ;
Agarda qator darajalarida kamayish (pasayish) yo‘nalishi aniqlansa, tenglama:
a1
уt a0 t
ya’ni giperboladan (egri chiziqli tenglama) foydalanadi
Mavsumiylik, interpolyatsiya va ekstrapolyatsiya tushunchalari mohiyati
Dinamika qatorlar darajalariga mavsum katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlovchi korxonalar ma’lumotlarida, qish va yoz oylarida elektrenergiya, gaz, suv harajatlarida. Statistika mavsumiylik deganda yil ichidagi o‘zgarish tushuniladi. Mavsumning dinamika qatorlar darajasiga ta’sirini aniqlash maqsadida mavsumiylik indeksidan foydalaniladi.
Mavsumiylik indekslari haqiqiy ma’lumotlar asosida yoki
sirg‘anma, tekislash ma’lumotlari asosida ham hisoblanish mumkin.
J мав
Д i x100
Д
yoki
J мав. t
Д i
Д
x100
ot
Mavsumiylik indeksi ishonarli bo‘lishi uchun dinamika qatorlarning uch yillik ma’lumotlari (oylar bo‘yicha) olinadi. Demak mavsumiylik indeksida oylar bo‘yicha hisoblangan o‘rtachaning uch yillik umumiy o‘rtachaga nisbati foizlarda olinadi.
Interpolyatsiya deyilganda dinamika qatorlar orasidagi noma’lum darajani aniqlash tushuniladi. Noma’lum darajani aniqlash danamika qatorlar qanday tuzilganiga qarab, quyidagi usullarning biri bilan aniqlanadi:
noma’lum darajaning ikki yonidagi raqamlar o‘rtachasini hisoblash bilan;
qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha mutloq o‘zgarish (o‘sish yoki kamayish) ko‘rsatkichlari bilan;
qo‘shimcha yoki o‘rtacha qo‘shimcha o‘sish sur’atlari ko‘rsatkichlari yordamida.
Statistikada dinamika qatorlarni o‘rganishning asosiy maqsadi xodisalarning o‘zgarish asosiy tendensiyasini aniqlash bilan birga, ularning kelajakda qanday bo‘lishini bashorat qilishdir. Dinamika qatorlarning kelajak davr yoki perspektiv darajalarini bashorat (prognoz) qilish ekstrapolyatsiya deyiladi. Bashorat qilish uchun xodisalarning katta dvrdagi haqiqiy darajalari dinamika qatorlari o‘rganib chiqiladi. O‘zgarishlarning turlicha bo‘lganligi sababli, ekstrapolyatsiyada ham har xil usullar qo‘llanadi.
Agarda dinamika qatorlarda mutloq o‘sishlar doimiy va bir xil darajada bo‘lsa, unga o‘rtacha arifmetik usulda o‘rtacha mutloq o‘sishni topib, bu qiymatni dinamika qatorlar oxirgi darajasiga ekstrapolyatsiya qancha davrga mo‘ljallanganiga qarab, qo‘shib beriladi.
Agarda o‘rganilayotgan dinamika qatorlarda o‘sish koeffitsiyentni doimiy harakterga ega bo‘lsa, uning o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentini hisoblab, dinamika qatorlar oxirgi darajalarini bu o‘rtacha o‘sish koeffitsiyentiga ko‘paytirib, bashorat qilinadigan davrlar darajalarini aniqlash mumkin.
Xodisa va jarayonlar doimo o‘zaro bog‘lanishda mavjud. Dinamika qatorlarni o‘rganganda, bir ko‘rsatkichlarning ikkinchisi bilan bog‘liqligi aniqlanadi. Shuning uchun dinamika qatorlari darajasini
boshqa unga bog‘liq ko‘rsatkich o‘zgarish aniq bo‘lsa, unga asosan ekstrapolyatsiya qilish mumkin. Misol, xududda bolalarning tabiiy o‘sish sur’ati t davrgacha aniq bo‘lsa, bolalarning o‘sishi va ular iste’mol qiladigan mahsulot o‘rtasidagi bog‘lanish asosida, t davrgacha bolalar iste’moli uchun zarur bo‘ladigan mahsulotmiqdorini bashorat (ekstrapolyatsiya) qilish mumkin.
Dinamika qatorlarni analitik tekislash usullaridan foydalanib, ham ekstrapolyatsiya qilish mumkin.
Iqtisodiy bashoratda qanday usulni qo‘llash, dinamika qatorlar xususiyatiga bog‘liq, Lekin har safar dinamika qatorlarni chuqur o‘rganmasdan, ulardagi o‘zgarishlarni o‘zgarishlarning umumiy yo‘nalishini aniqlamasdan, ekstrapolyatsiyani amalga oshirish mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |