O‘zbekiston respublikasi oliy



Download 240,94 Kb.
bet6/90
Sana14.01.2022
Hajmi240,94 Kb.
#361782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

Statistika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi

Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni juda ko‘p fanlar o‘rganadi. Statistika bu fanlar bilan o‘zaro aloqada. Statistika falsafa fanining kategoriyalariga asoslanadi. Falsafaning makon va zamon, sabab va oqibat, miqdor va sifat va boshqa kategoriyalari statistika uchun metodologik asos hisoblanadi. Shuning uchun ham statistika barcha xodisa va jarayonlarni ma’lum makon va zamonda o‘rganadi, ulardagi miqdor, miqdoriy o‘zgarishlar natijasida sifat o‘zgarishlar kelibchiqadi, ushbu o‘zgarishlar sababli - oqibat yakuniy natija paydo bo‘ladi deb o‘rgatadi.

Statistika - matematika fani bilan uzviy bog‘liq. Xodisa va jarayonlar to‘g‘risidagi statistik to‘plamdagi birliklar qancha ko‘p bo‘lsa, umumiy belgilar shunchalik aniq ko‘rinadi. Shuning uchun ham statistika katta sonlar qonuniga asoslanadi, kuzatish ma’lumotlarini guruhlashda matematik usullardan keng foydalanadi.

Statistika - ayniqsa iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Iqtisodiy nazariyadan: ijtimoiy mahsulot, milliy daromad, qiymat, foyda, mehnat, ish haqi, mehnat unumdorligi va shu kabi iqtisodiy kategoriyalar mohiyatini va iqtisodiy qonunlarni bilib oladi, ularni ommaviy xodisa va jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaydi.

Statistika - buxgalteriya hisobi va operativ - texnik hisob bilan yagona halq xo‘jaligi hisobi tizimini tashkil etadi. Operativ - texnik hisob ayrim olingan xodisa va jarayonlar to‘g‘risida ma’lumotlar oladi.

Buxgalteriya hisobi esa korxonalar (tashkilotlar) mablag‘lari, ularni tashkil etuvchi manbalar va faoliyat natijalarini hujjatlar asosida uzluksiz ravishda hisobga olib boradi.

Xalq xo‘jaligining bu hisob turlari ma’lumotlari bir- birini to‘ldiradi, natijada mamlakatni va hududlarni boshqarish uchun yetarli darajada axborotlar ta’minlanadi.

Statistika iqtisodiy tahlil fani bilan ham bog‘liq. Iqtisodiy tahlilda statistika ma’lumotlaridan, uning usullaridan foydalanib, kerakli ko‘rsatkichlar aniqlanadi va ulardan tegishli xulosalar qilinadi.

Menejment uchun statistika axborotlar ta’minoti manbai hisoblanadi. Statistik ma’lumotlar asosida tegishli boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Menejment ham o‘z navbatida statistikaga qaysi yo‘nalishlarga e’tibor berish zarurligini, qaysi ko‘rsatkichlarni o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.

Statistika fani biznes - reja fani bilan uzviy bog‘lanishda. Biznes - reja tuzishda statistika ma’lumotlaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa ommaviy xodisalarning o‘zgarishlarini statistik tahlil qilish ma’lumotlari, reja ko‘rsatkichlari o‘sish darajalarini belgilashda foydalaniladi.

Statistika moliya va kredit fani bilan ham uzviy aloqada. Moliya fanining asosiy vositalar, aylanma mablag‘lar, foyda kabi asosiy tushunchalari iqtisodiy statistikada o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarning makon va zamonda qanday o‘zgarayotganligini statistika ko‘rsatib beradi.

Shunday qilib, statistika fani falsafa va barcha iqtisodiy fanlar bilan chambarchas, uzviy bog‘lanishda. Ular bir - birlarini to‘ldiradi, ijtimoiy - iqtisodiy xodisa va jarayonlarni yanada chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.




    1. Download 240,94 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish