REJA:
O‘rtacha miqdorlarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
Arifmetik o‘rtacha va uni hisoblash tartibi.
Garmonik o‘rtacha miqdorlar va uni hisoblash tartibi.
O‘rtacha miqdorlarning boshqa turlari. Moda va Mediana.
O‘zgaruvchanlik ko‘rsatgichlari va ularning hisoblanishi.
Statistika ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarning umumiy tomonlarini ko‘proq o‘rganadi. Statistik to‘plam bir nechta yakka miqdorlardan tashkil topadi. Bu yakka xodisalarda o‘ziga xos bo‘lgan jihatlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham to‘plamga umumiy bo‘lgan ya’ni juda ko‘p marta yakka xodisalarda takrorlanadigan jihatlarni aniqlash zarur. Buning uchun o‘rtacha miqdorlar hisoblanadi. O‘rtacha miqdorlarda yakka miqdorlarga xos individual bo‘lgan farqlar sezilmasdan, shu to‘plamdagi umumiy, tipik bo‘lgan jihatlar to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |