Vaqt omiliga asosan statistik kuzatish uzluksiz va uzlukli bo‘lishi mumkin.
Uzlukli statistik kuzatish o‘z navbatida davriy va vaqt-vaqti bilan o‘tkazib turiladigan statistik kuzatishlarga bo‘linadi.
Uzluksiz (joriy) kuzatish uzluksiz ravishda fakt sodir bo‘lishi bilan qayd qilinishi tushuniladi va u o‘rganilayotgan xodisa va jarayonlar to‘g‘risida tuliq ma’lumot tuplash imkonini beradi.
Joriy kuzatishga misol qilib, mahsulotlarning ishlab chiqarilishi hisobi, tayyor mahsulotlarning sotilishining hisobi va hokazo shu singarilarni aytish mumkin.
Uzlukli kuzatish ma’lum vaqt oralig‘ida (davriy) yoki vaqti -vaqti bilan, unga zaruriyat tug‘ilgan hollarda utkazilib turilishi mumkin.
Masalan, tovar qoldiqlari qayta baxolanish paytiga qayta hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |