Mavzu: Qo‘g‘irchoq turlari va teatr ko‘rish madaniyati
Mashg‘ulotning maqsadi:
ta’limiy : qo‘g‘irchoq turlari haqida atroflicha tushuncha berish, olgan bilimlarini yanada mustahkamlash;
tarbiyaviy: bolalarda qo‘g‘irchoq teatri va uning vositasida tarkib topadigan ahloqiy-estetik sifatlarni tarbiyalash, teatr ko‘rish madaniyatini shakllantirish. rivojlantiruvchi: qo‘g‘irchoq teatri vositasida yosh avlodni ma’naviy barkamol va ahloqan yetuk inson bo‘lib yetishishini ta’minlash, ijodkorlik qobiliyatlarini rivolantirish.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid turli rasmlar, tarqatma materiallar, qo‘g‘irchoqlar.
Mashg‘ulot turi: yangi bilimlarni beruvchi noan’anaviy mashg‘ulot.
Mashg‘ulot uslubi: savol-javob, ko‘rgazmali tarzdagi o‘yin.
Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: Assalomu alaykum aziz bolajonlar! Bugun sizlar bilan qo‘g‘irchoq va uning turlari, teatr ko‘rish madaniyati haqida suhbatlashamiz. Tarbiyachi: Qo‘g‘irchoqlarni yaxshi ko‘rasizlarmi?
Bolalar: Ha!
Tarbiyachi: Qanday qo‘g‘irchoqlarni yoqtirasizlar? (Bolalar birin-ketin javob beradilar)
Tarbiyachi: Juda yaxshi. Keling men sizlarga qo‘g‘irchoqning turlari haqida aytib beraman.
Qo‘g‘irchoq teatrining quyidagi to‘rt turini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar;
ip bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlar;
soyali qo‘g‘irchoqlar;
aktyori ko‘rinadigan qo‘g‘irchoqlardir.
(Tarbiyachi qo‘g‘irchoqlarning ushbu to‘rt ko‘rinishlari tasvirlangan rasmlarni hamda qo‘g‘irchoqlardan namunalarni bolalarga ko‘rsatadi. Ularning alohida
xususiyatlari, ularni boshqarish haqida tushuncha beradi).
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar! Teatr tomosha qilganda quyidagi tartib-qoidalarga rioya qilishimiz kerak bo‘ladi. Bu esa madaniyatli, axloq-odobli ekanligimizdan dalolat beradi. Ular quyidagilardan iborat:
teatr tomoshasiga o‘z vaqtida kelish zarur. Kech qolib kirilsa o‘zgalarga xalaqit bergan bo‘ladi;
tomosha vaqtida baland ovozda gapirmasliklik, shovqin solmaslik kerak;
tozalikka rioya qilinishi va farroshlar mehnati qadrlinishi lozim. YA’ni tomosha
zaliga har xil yegulik va ichimlik olib kirmaslik, uning qoldiqlarini tashlamaslik talab etiladi;
tomosha zalida yugurish, bir-birini quvlash, tomosha paytida o‘rnidan turib olishga
yo‘l qo‘yilmaydi;
tomosha vaqtida har xil luqma tashlab, gap qo‘shib, beo‘rin kulmaslik kerak. Aks
holda aktyorlar va o‘zgalarga xalaqit beradi;
tomosha tugagandan so‘ng tarbiyachining ruxsati bilan navbatma-navbat harakatlanish, bir-birini turtmaslik, o‘zidan kattalarga yo‘l berish lozim. (Mashg‘ulot so‘ngida barcha ma’lumotlar umumlashtiriladi va savol-javob orqali umumlashtiriladi. Bu jarayonda bolalarning faol ishtirokiga, ijodkorlik qobiliyati
katta e’tibor beriladi. Faol ishtirok etgan bolalar rag‘batlantiriladi). Shunday qilib, tajriba-sinov ishlarini olib borishda bolalar uchun ertak tomoshalarning qo‘yilishi ularda axloqiy-estetik sifatlarni shakllantirishning ta’sirchan omillaridan biri ekanligini tasdiqladi. Ertak tomoshalarning tarbiyaviy imkoniyatlari mazkur yosh davri bolalarida do‘stlik, o‘rtoqlik xissi, o‘zaro yordam berish, samimiylik, kattaga hurmat, kichiklarga izzat, o‘z-o‘zini munosib baholash,
o‘z kuchiga ishonish kabi sifatlarni samarali shakllantirilishini ta’minladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |