2.1 Bolalar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari
Bolaning ilk davri - bu maktabgacha yoshdagi bolani rivojlantirishning eng muhim davri. Ayni paytda chaqaloq kattalar, tengdoshlar, eski dunyo bilan yangi munosabatlarga o'tadi.
Psixologlar "uch yillik inqiroz" ga e'tibor berishadi, chunki ayni shu davirda maktabgacha yoshgacha bo'lgan bola, yaqin vaqtgacha itoat bo'lgan kattalarning vasiyligiga nisbatan qarshilik qila boshlaydi. Bundan tashqari o'z talab va istaglarni sigdirishga harakat qiladi, maqsadlarini amalga oshirishda qat'iyatlilikni namoyon eta boshlaydi. Bu shuni ko'rsatadiki, kattalar va bola o'rtasidagi munosabatlarning avvalgi turi bolaga katta mustaqillik berish va uning faoliyatini yangi mazmun bilan boyitish tomoniga o'zgarishi kerak. Maktabgacha ta'lim yoshida (3-6 (7) yosh) bola organizmi mustahkamlanishda davom etadi, skelet va muskullar to‘la rivojlanadi hamda baquvvat bo‘la boshlaydi, lekin bola ancha sekin o‘sadi. Maktabgacha yosh davri oxiriga kelib sut tishlar tushib, doimiy tishlar chiqa boshlaydi. Bola tobora katta odamlar turmushiga yaqin bo‘la boradi va uning ta'siriga uchraydi. Bu yoshda bola hali tajribasizligi va ko‘pincha yetarlicha nazorat qilinmasligi tufayli salga shikastlanib qoladi. Bola albatta to‘g‘ri rejimga rioya qilishi, ko‘p ishlarni o‘zi qilishga o‘rgana borishi va mehnatga o‘rgatilishi shart.
Bola intellektual rivojlanishi darajasiga ko‘ra, shu davr oxiriga kelib maktabga kirishga tayyor bo‘lishi kerak 3—7 yashar bolalar ko‘p rasm solishni, narsalar yopishtiripshi, ayrim harflarni so‘zlarni va xatto qisqa jumlalarni yozishni va o‘qishni yaxshi ko‘radilar.
Bolalar yuqumli kasalliklari ularda ancha ko‘p uchraydi, biroq yengilroq kechadi va kamdan-kam hollarda asorat beradi.
Limfa to‘qimasining zo‘r berib o‘sishi, burun bo‘shlig‘i ortiqlarining shakllanishi tugashi shu yoshdagi bolalarda angina, tonzillit, adenoidlar, gaymorit va boshqa kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi, bu kasalliklarning ko‘pchiligi o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning asorati yoki qattiq sovqotish oqibati hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshi (3 yoshdan 7 yoshgacha)-bolaning rivojlanishidagi eng muhim bosqich, chunki bu davrda bosh miya, organizm organlari va sistemalari ham sifat funksional jihatdan takomillashadi.
4 va 5 yashar bolalar go‘dak bolalarga qaraganda birmuncha sekin o‘sadilar va bu o‘sish yiliga o‘rta hisobda 4-6 santimetrga teng bo‘ladi. Hayotining 6-7-yillarida bo‘y o‘sishi 8-10 santimetrgacha tezlashadi. Bu bo‘y cho‘zilishining birinchi davridir. Maktabgacha tarbiya yoshining ikkinchi yarmida bo‘y o‘sishi endokrin sistemada funksional o‘zgarishlar bo‘lishiga (jumladan, gipofiz funksiyasining zo‘rayishiga) bog‘liq bo‘ladi.
Hayotining 4-yilida tana vaznining ortishi sekinlashadi va yiliga o‘rta xisobda 1,2 dan 1,5 kg ni, xayotining 5-yili 2 kg gacha, 6-yilda -2,5 kg ni tashkil etadi. Hayotining 6-7-yiliga borib bir yashar bolaning tana vazniga qaraganda ikki hissa ortadi.
Bolalar bo‘yining o‘sishi va vaznining ortishi bilan bir vaqtda ko‘krak qafasi aylanasida xam o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, hayotining 4-yilida u 0,5-1 sm, 5-6 yoshda 2-2,5 sm ga ortadi. Ko‘krak qafasi aylanasi kattaligi bolaning miqtiligiga, uning jismoniy rivojiga bog‘liq bo‘ladi.
Bola o‘sar ekan, gavda proporsiyasi ham o‘zgaradi. Masalan, xayotining 7-yilida oyoqlarining uzunligi yangi tug‘ilgan bolalarnikiga qaraganda uch hissadan, qo‘llari-21/2 hissadan ko‘proq ortadi, tana esa 2 hissa uzayadi. Bu yoshda asosan bola organizmining suyaklar to‘qimasi strukturasi shakllanishi tugaydi.
Umurtqa pog‘onasining bo‘yin, ko‘krak va bel bo‘limlarida fiziologik qiyshaymalar paydo bo‘lishi xayotining 1-yilidan boshlanadi va 6—7 yoshgacha davom etadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning skeleti ma'lum darajada tog‘ay to‘qimalaridai iborat bo‘ladi, shu sababli uning shakli noqulay ta'sirotlar (tananing noqulay vaziyatda bo‘lishi, uzoq vaqt tik turish, o‘tirish, o‘rinning, mebelning noqulay bo‘lishi) oqibatida osongina o‘zgaradi. Ana shu xususiyatlar hisobga olinmasa va bola to‘g‘ri jismoniy tarbiya qilinmasa, uning qomatida.o‘zgarishlar paydo bo‘ladi (bu qon aylanishi funksiyasiga, nafasga yomon ta'sir qiladi), suyaklar noto‘g‘ri o‘sadi.
Hayotining 1-yilidan boshlab va maktabgacha tarbiya yoshidagi davr mobaynida oyoq kafti gumbazi shakllanadi, uning to‘g‘ri shakllanishi uchun esa tegishli mashqlar qilish, faqat poshnali poyabzal kiyish kerak. Maktabgacha tarbiya yoshida bo‘g‘imlarning bog‘lam apparati ancha harakatchan bo‘lib qoladi, bunga muskullar, bog‘lamlar va paylarning kattalarnikiga qaraganda elastik bo‘lishi sabab bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi kichik bolalarda yozuvchi muskullar yetarli rizojlanmagan va ancha nimjon bo‘ladi, shu sababli bola ko‘pincha noqulay vaziyatda turadi - boshini tushiradi, yelkalarini qisadi, bukchayadi, ko‘kragini ichiga tortadi, 5 yoshga borib muskulatura, xususan oyoqlar muskulaturasi ancha rivojlanadi. Muskullar baquvvat bo‘lib qoladi, ularning mehnat qobiliyati ortadn.
Maktabgacha talim yoshida bronx-o‘pka apparati sifat jihatidan tez o‘sadi va takomillashadi. Nafas tezligi minugaga 26—22 tagacha kamayadi, nafas olish, chuqurroq nafas chiqarish esa davomliroq bo‘lib qoladi. Shu yoshdagi bolalarda qon aylanishi organlarida anchagina anatomik va funksional o‘zgarishlar paydo bo‘ladi: yurak massasi ortadi, shu tufayli yurak qisqarishlari kuchi va yurak chidamliligi oshadi. Yurak qisqarishlari soni minutiga 85 dan 95 atrofida. Arterial bosim yosh katta bo‘lishi bilan deyarli o‘zgarmaydi: 3—4 yoshda 95/59 mm simob ustunida, 5—6 yoshda 95/58 mm simob ustunida, 7 yoshda 97/58 mm simob ustunida bo‘ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshida markaziy nerv sistemasi morfologik va funksional jihatdan rivojlanshsda davom etadi. Ikkinchi signal sistemasi tez takomillashadi, uning yordamida so‘zga shartli reflekslar. paydo bo‘ladi. Shartli reflekslar tez paydo bo‘ladi, biroq birdan mustahkamlanmaydi va malakalar bolada dastlab barqaror bo‘lmaydi, osonlik bilan yo‘qoladi. Bosh miya po‘stlog‘ida qo‘zg‘olish va tormozlanish jarayonlari osonlik bilan tarqaladi, shu sababli bolalarning diqqati bekaror bo‘lib turadi, javob reaksiyalari emosional tabiatga ega bo‘ladi va ular tez charchab qoladilar. Shu yeababli, ma'lum harakat malakalari paydo bo‘lishi uchun ta'sirotlarni tez-tez takrorlab turish kerak. Bolalarda harakatlarning rivojlanishiga ma'lum tartibda jismoniy mashklar bilan shug‘ullanish yordam beradi. Bu yoshda yugurish, yurish, sakrash, narsa uloqtirish takomillashadi. 3-6 yoshli bolalar jismoniy rivojlanish dinamikasining o‘ziga xos xususiyapiari tahlili shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha yoshdagi davrida go‘yoki sog‘lomlikning va to‘laqonli jismoniy rivojlanishning poydevori qo‘yiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda tana hali yetarlicha turg‘un emas, harakat imkoniyatlari ham cheklangan. Ularning asab tizimi tez rivojlanadi, skeleti o‘sib, mushak tizimi mustahkamlanadi, harakatlar takomillashadi. Diqqat ancha barqarorlashib, bolalar eng sodda mehnat ko‘nikmalarini egallay boradilar. Gavdaning umumiy statik beqarorligi hamda dinamik imkoniyatlari cheklanganligi 3-4 yoshli bolalarga xos bo‘lib, bu yoshdagi bolalarda gavdaning yuqori qismi, yelka sathi mushaklari va bukuvchi mushaklar nisbatan yaxshi rivojlangan, 3-4 yoshlk bolalarda harakatlar yetarlicha muvofiq bo‘lmagani holda harakat faolligi yuqori darajada bo‘lib, bu harakatlarda yirik mushak guruhlari ishtirok etadi. Mazkur davrda uzoq muddat bir xil vaziyat saqlab turilsa yoki bir turli harakatlar bajarilaversa, tez toliqish kuzatiladi. 7 yoshgacha o‘pka to‘qimasining tuzilishi hali to‘la rivojlanmagan holda bo‘ladi; burun yo‘llari, traxeya va bronxlar nisbatan tor, shu sababli o‘pkaga havoning kelishi bir oz qiyinroq, qovurg‘alar birmuncha qiyarok, diafragma yuqoriroq joylashgan, shuning uchun nafas °lish harakatlari amplitudasi katta emas. Bola kattalarga nisbatan yuzaki va ancha tez-tez nafas oladi: 3-4 yeshli bolaning nafas olish sur'ati — bir daqiqada 30 marta, 5-6 yoshda - 25 marta, kattalarda 16-18 marta,
Bolalarning yuzaki nafas olishi o‘pkada havo aylanishining nisbatan yomon bo‘lishi, xavonyug o‘pkada bir oz turib qolishiga olib keladi, o‘sayottan srganizm esa to‘qimalarning kislor bilan yetarlicha ta'minlanishini talab qiladi. Aynan shuning uchun ham ochiq havoda o‘tkaziladigan jismoniy mashklar juda muhim bo‘lib, ular havo almashinishini faollashtiradi. 3-4 yoshli bolalarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi (O‘TS) 400-500 smZ ni, 5-6 yoshda esa 800-900 smZ.ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |