Musiqa savodi.
Musiqa tovushlari. Baland va past tovushlar («Pianino», «Davra raqsi»,
«Qushcha va o’rdak» va boshqalar). Uzun va qisqa tovushlar (aytim mashqlari,
«Chittigul», «Birinchi qo’ng’iroq» va boshqalar).
Cholg’uchilik, raqs va harakatlar.
Chapak chalib, musiqaga ritmik jo’r bo’lish («Andijon polkasi»,
«Chertmak», «Do’loncha», «Olma pishganda galing» va boshqalar).
Raqs tushish (raqsona kuylarga).
Musiqa tovushlarining baland va pastligini qo’l harakatlarida (yuqoriga va pastga ko’tarib, tushirib) ifodalash (aytim mashqlari, «Andijon polkasi»,
«Chittigul», «Pianino» va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |