Foydalanilgan adabiyotlar.
A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark
G. Sobell, U.S. Corporate and Government Sales.
A-Practical-Guide-to-Linux-Commands-Editors-and-Shell-Programming-2nd- Edition.
A Practical Guide to Linux Commands, Editors, and Shell Programming, second edition.
http://opensource.com
http://distrowatch.com
http://fedora.com
http://ubuntu.com
http://debian.com
http://www.wikipedia.org
http://www.intuit.ru
5- mavzu: Tarmoqni sozlash. NFS fayl tizimi.
Reja:
Lokal tarmoqni sozlash.
NFS fayl tizimi.
Samba fayl tizmi.
Kalit so'zlar: hisoblash tarmog'i, hub, switch, tarmoq qurilmalari, nfs , samba serverlari.
Lokal tarmoqni sozlash.
15Lokal hisoblash tarmog'i kompyuterlarni bir bir joyga to'plagan holda ularning o'rtasida ma'lumot almashishini, ularni bir chop etish qurilmasiga ulanishini va internetg a ulanishini ta'minlab beradi. Biz ushbu mavzuda Lokal hisoblash tarmoqni sozlashni ikki aspektini ko'rib chiqamiz: qurilmalarni sozlash va dasturiy ta'minotni sozlash.
Qurilmalarni sozlash. Har bir tizimda yoki lokal hisoblash tarmog'ining uzellarida tarmoq platalaridan iborat bo'ladi NIC (network interface card). Har bir tarmoq platalari tarmoqqa kabel yoki simsiz ulanish vositasida ulanadi, ikkala holatda ham har bir tizim markaziy hub ga ulanadi. Agar tarmoq, masalan internetga ulangan bo'lsa, unga router yoki gateway kerak bo'ladi.
Kopmyuterlarni ulash. Hozirgi kunda lokal hisoblash tarmog'i bazasidagi zamonaviy ethernet tarmoqlari, kompyuterlar yoki markaziy uzel bilan ulanishga ega. Uzellar ikki xil ko'rinishda bo'ladi: passiv (hub) va kamutativ (switch). Passiv ulanishda (hub) barcha tizimni birgalikda ulab, barcha tizim uchun ma'lumot uzatish tezligi bir xil bo'ladi. Switch orqali ulanganda har bir tizimning o'zining routeri ma'lumot uzatish qobilyatiga qarab moslashadi. Quyuda oddiy 4 ta kompyuterning bitta hub orqali ulanishi ko'rsatilgan (5.1-rasm). Ushbu ulanish passiv holatda ulangan.
15 A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark G. Sobell,
U.S. Corporate and Government Sales, pages 595-601.
5.1-rasm.
Tizimni sozlash. Apparat ta'minotni sozlab bo'lgandan keyin, har bir tizim tarmoqqa ulangan tarmoq adapteri haqida ma'lumotga ega bo'lgan holda sozlanishi kerak. Odatiy holda Fedora OT tarmoq menegerini, tarmoq adapterlari haqida ma'lumot olish uchun ishlatadi.
Tarmoq adapterni haqida, tizim quyidagi ma'lumotlarni bilishi kerak:
tarmoq IP addresi;
tarmoq maskasi, IP address uchun;
asosiy marshutizator IP addressi;
DNS tizimi IP addresslari;
Tizimning tarmiqdagi nomi hostname;
Tarmoq menegeri appleti. Fedora OT da tarmoq menegeri appleti ishchi oynaning panelida o'ng yuqori qismida joylashgan bo'ladi (5.2-rasm).
5.2-rasm.
Tarmoq menegeri appletini ustiga ikki marta bosish orqali tarmoq menegeri menyu oynasi ochiladi, ushbu menyuda tarmoqni yoki simsiz tarmoqni yoqib/o'chirib qo'yish mumkin.
Tarmoq menegeri appletini menyusidagi edit connection oynasini tanlab ikki marta bosish orqali the network connections window oynasi ochiladi (5.3-rasm). Alternativ tarzda terminal oynasida nm-connection- editor komandasini terish ochmoqchi bo'lgan oynamizni chaqirib olishimiz mumkin.
5.3-rasm.
Tarmoqqa ulanish oynasida simli, simsiz va boshqa tarmoq ulanishlarni sozlash imkoniyatini beruvchi ilova mavjud.
Tizim yangi tarmoq qurilmasini indentifikatsiya qlib, sozlashlarni amalga oshirgandan keyin, ushbu oynada tarmoqning sozlanmalarini o'zgartirish mumkin bo'ladi. O'zimizning tarmoq qurilmamizni sozlanmalarini o'zgartirish uchun edit oynasini belgilaymiz (4-rasm). nm-connection-editor komandasi edit oynasini ochib beradi. IPv4 sozlanma oynasida DHCP orqali avtanom tarzda IP sozlash yoki o'zimiz tomondan ma'lum bor oralqidagi IP addres sozlanmalarni amalga oshirgan holda ulanishni tanlash mumkin .
5.4-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |