Tizimni yuklash. Fedorani yuklashdan oldin, o'rnatish yoki live rejimga o'tish oynasi chiqishdan oldin, Linux hotiraga o'qilishi kerak. Ushbu jarayonga
4 A Practical Guide to Fedora and Red Hat Enterprise Linux, fifth edition, Mark G. Sobell, U.S. Corporate and Government Sales, pages 52-54.
minimal RAM uchun bir necha daqiqa sarflanadi. Tizim ishga tushirilayotgan vaqtda, avtanom tarzda yuklanishi uchun 10 soniya kutib turiladi (1.4-rasm).
1.4-rasm
Agar biz tizimni Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, GNOME desktop menegerni o'rnatish lozim. Qachonki biz Fedoraning Desktop Live Mediadan o'rnatganimizda avtanom tarzda liveuser nomi ostida foydalanuvchi qayd yozuvini yaratgan holda tizimga kirib GNOME ishchi oynasi ochiladi (1.5-rasm).
1.5-rasm.
Agar biz Fedora KDE live Mediadan o'rnatmoqchi bo'lsak, KDE desktop menegerini o'rnatishimiz kerak bo'ladi.
Tizimni qattiq diska o'rnatish. O'rnatish boshlanagan vaqtda Fedoraning asosiy oynasi ochiladi va bunda hech qanday amal bajarilmadi, keyingi qadamga o'tadi (1.6-rasm).
1.6-rasm.
Keyingi qadamda o'rnatilmoqchi bo'lgan tizimning tili tanlanadi. Tanlangan til bir vaqtning o'zida soatlar oraligini sozlanmasini sozlab beradi (1.7-rasm).
1.7-rasm.
Keyingi qadamda klaviatura tili tanlanadi (1.8-rasm).
1.8-rasm.
Fedorada tizimni har xil tipli saqlash qurilmalariga o'rnatish mumkin. Oddiy saqlash qurilmasi yoki maxsus saqlash qurilmasiga o'rnatish mumkin (1.9).
1.9-rasm.
Biz tizimni o'rnatishda oddiy saqlash qurilmasi-qattiq diskka o'rnatamiz. Saqlash qurilmasini tanlashimizda, ishchi oynada barcha
qurilmalarning ro'yhati chiqadi (1.10-rasm).
1.10-rasm.
Har bir saqlash qurilmasi, alohida qatorlarda ko'rsatiladi. Agar biz bir nechta saqlash qurilmasini tanlab ko'rsatsak, anaconda funksiyasi qaysi qurilmaga OT o'rnatilishi va qaysi qurilmaga fayl tizimi qo'shilishini aniq ko'rsatishni talab etiladi (1.11-rasm).
1.11-rasm.
Yuqoridagi oynaning chap tomonida barcha saqlash qurilmalari joylashgan bo'lsa, o'ng tomonda o'rtalishi kerak bo'lgan saqlash qurilmasi ro'yhati joylashgan. Agar bizning kompyuterimizda oldin Fedora yoki Red Hat Linux OT o'rnatilgan bo'lsa, tizimni yangilash taklif etiladi (1.12-rasm).
1.12-rasm.
Keyingi qadamda root foydalanuvchisi parollari kiritiladi va bu root foydalanuvchisining tizimdagi o'rni juda muhim hisoblanadi, shuning uchun unga qo'yiladigan parol esdan chiqmasligi lozim. Root foydalanuvchisi Windows OT dagi administrator foydalanuvchisi bilan bir darajadai foydalanuvchi hisoblanadi. Root foydalanuvchisi yordamida dasturlar paketi, tizimni yangilash va tizimga hizmat ko'rsatish kabi amallar bajariladi (1.13-rasm).
1.13-rasm.
Tizimni yuklovchi qismini sozlashda GRUB funksiyasidan foydalaniladi.
GRUB (Grand Unified Bootloader) - odatiy holatda tizimni yuklovchi funksiya hisoblanadi (grub DOS, Windows kabi OT lar muhitida ishlamaydi) (1.14-rasm).
1.14-rasm.
Agar kopmyuterda boshqa OT lar bo'lmasa yoki ularni o'chirib tashlasak, GRUB odatiy holatda o'rnatiladi. Agar kompyuterda boshqa OT lar o'rnatilgan bo'lsa, Fedora avtanom tarzda ularni aniqlaydi va yuklanishini sozlaydi.
Barcha sozlanmalar amalga oshgandan keyin tizim qayta yuklanib, foydalanuvchilar qayd yozuvi sozlanadi. Shu bilan tizim ishga tayyor holatga keladi (1.15-rasm).
1.15-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |