NFS serverini system-config-nfs komandasi yordamida sozlash. NFS serveri sozlanmalari oynasini ochish uchun system-config-nfs komandasini bajargan holda yoki asosiy menyudan System/Administration/Server settings/NFS ni tanlab ochish mumkin (5.6-rasm).
5.6-rasm.
Ushbu oyna orqali NFS serveridagi barcha sozlanmalarni sozlash hamda
/etc/export faylini generatsiya qlish mumkin. system-config-nfs utilitasi NFS orqali qaysi kataloglar umumiy va qaysilarini umumiy foydalanishga qo'yish kerakligini ta'minlab beradi. Har bir export ierarxiyasi resurs deb ataladi. Resurslarni umumiy foydalanishga qo'yish uchun qurilmalar panelida Add tugmasini bosib resursni ko'rsatib o'tamiz. Agar resursni o'zgartirmoqchi bo'lsak, o'zgartirilmoqchi bo'lgan resurs tanlanib qurilmalar panelidan Properties tugmasini bosib o'zgartiramiz.
NFS ning resurslar oynasi uchta qismdan iborat. Asosiy, umumiy va foydalanuvchilar ruxsatidan iborat (5.7-rasm). Asosiy oynada umumiy foydalanishga qo'yilishi kerak bo'lgan resurs ildiz katalogi ko'rsatiladi, undan keyin foydalanishi mimkin bo'lgan foydalanuvchilar host nomi yoki IP adresi yoziladi va umumiy foydalanishga qo'yilgan resursga nisbatan qanday huquq borligi ko'rsatiladi.
5.7-rasm.
/etc/exports: eksport qlinuvchi kataloglar ierarxiyasi. /etc/exports faylida NFS klient tomonidan montirlandigan kataloglar ierarxiyasi ro'yhati keltiriladi, bu fayl NFS serverini sozlashni amalga oshiradigan yagona fayl hisoblanadi. Export fayli
quyidagi aspektlarni nazorat qladi:
qaysi klient serverdagi fayllarga murojat qlishi mumkinligi;
serverdagi qaysi katalog ierarxiyasiga, har bir klient murojat qlishi mumkinligi;
qanday holatda har bir klient har bir katalog ierarxiyasiga murojat qlishi mumkinligi;
qanday tarzda foydalanuvchilarning nomi serverda tasvirlanishi;
NFS ning boshqa parametrlari;
Quyida har bir qatorning export faylida ko'rinishi tasvirlangan.
export-point client1 (option )[client2 (option)...]
export-point da export qlinayotgan katalog ierarxiyasi ildiz katalogi yo'li ko'rsatiladi, client -n da bir yoki bir nechta yoki bir qancha klientlarning nomi yoki IP addresi keltiriladi, ular bo'sh joy (spaces) bilan ajratilib ko'rsatiladi. system- config-nfs komandasi yordamida ham export qlinadigan kataloglar ierarxiyasini taxrirlash mumkin. Quyidagi misolda exports faylda, grapening /home katalogi ichidagi faylga nisbatan o'qish yozish (read and write) huquqi berilganligi, speedy ga faqat o'qish (readonly) huquqi berilganligi ifodalangan.
# cat /etc/exports
/home grape(rw,no_subtree_check)
/home speedy(ro,no_subtree_check)
Biz faylga nisbatan huquqni faqat tizimdagi bir foydalanuchiga IP adresini ko'rsatgan holda ham oshirish mumkin.
# cat /etc/exports
/home grape(rw,sync) 192.168.0.22(rw,sync)
Do'stlaringiz bilan baham: |