O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg’ona davlat universiteti



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana12.05.2023
Hajmi0,5 Mb.
#937623
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Til va madaniyat ,

bilingvizm
deb 
ataladi. Mazkur hodisani Kanada, Shveytsariya, Lotin Amerikasi, Belgiyada kuzatish 
mumkin. Masalan, Kanadada ingliz va fransuz, Shveytsariyada fransuz va nemis 
tillari davlat maqomiga ega. Shu bois bu mamlakatlarda bilingvizm sotsial hodisa 
sanaladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, yuqorida izoh berib o‘tilganlardan tashqari 
sotsiolingvistika shug‘ullanishi lozim bo‘lgan ko‘plab muammolar ham borki, ular
tilshunoslarimizdan o‘z yechimini kutmoqda. Mazkur masalalar talqiniga jahon 
tilshunoslari turlicha yondashmoqdalar. Quyida amerikalik tilshunoslarning bu 
sohadagi ishlariga qisqacha to‘xtalamiz. 
Eng avval shuni aytish kerakki, amerika tilshunosligida 
sotsiolingvistika 
va 
sotsiologiya
farqlab o‘rganiladi. Sotsiolingvistika birinchi navbatda tilning sotsial 
jihatdan ma’lum qoliplarga solingan qo‘llanish variantlarini o‘rgansa, sotsiologiya til 
bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni tekshiradi.
Amerikalik olimlar hozirgi industrial jamiyatda yashovchi jamoa tilini bir necha 
variantda olib o‘rganish lozimligini ta’kidlamoqdalar. Bunda amerikalik olimlar 
(hozirgi industrial jamiyatda yashovchi) jamoa tilini bir necha variantda olib o‘rganish 
lozimligini ta’kidlamoqdalar. Bunga amerikalik oq tanlilar hamda qora tanlilar 
so‘zlashuv tillari o‘rtasidagi tafovutlarni o‘rganish misol bo‘ladi. Mazkur jamiyatda 
qora tanlilar tili alohida 
Black English 
degan nom bilan ataladi.
Bizningcha, mazkur tezis bilan qo‘shilish qiyin, chunki industrlashgan jamiyat 
deganlari bilan oq va qora tanlilar tillari o‘rtasidagi sinfiy tafovutni xaspo‘shlab 
bo‘lmaydi. 
Amerika sotsiologiyasida tilni 
mikro - va makrosathlarga
bo‘lib o‘rganish g‘oyasi 
olg‘a suriladi. Mikrosathda asosiy e’tibor nutq hodisalarini so‘zlashuv muhitini 
hisobga olgan holda tahlil qilish lozimligiga qaratiladi. Mikrosath tahlilida asosiy 


o‘rinda nutqiy muloqot turadi. Muloqot esa, o‘z navbatida, kishilar o‘rtasida ro‘y 
beradi.
Sotsiologiyaning makro sathida e’tibor til variantlarining ijtimoiy va psixologik 
aspektlarda qo‘llanishiga qaratiladi. Albatta, til qo‘llanishining sotsial muammolarini 
bu taqlid o‘rganish ilmiy jihatdan ahamiyatga molikdir. Biroq amerikalik olimlar 
mikro - va makrosathlar o‘rtasidagi bog‘lanishga jiddiy ahamiyat bermaydilar.
Xulosa qilib aytish mumkinki, sotsiolingvistika muammolarini o‘rganishga 
qanday yo‘l bilan yondashishdan qat’iy nazar, bu urinishlarning har biri tilning 
jamiyatda real qo‘llanishi masalasi tavsifi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 
Til va jamiyatning o’zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani 
o’rganadi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan 
mustahkam bog’liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. 
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat 
qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko’p vazifali, hamma 
uchun umumiy bo’lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai 
nazaridan chegaralangan bo’lib, tilning nutqiy ko’rinishini tashkil etadi.
Masalan, o’zbek tiliga qarluq-chigil-uyg’ur dialekti asos bo’lgan. Bu sheva 
Farg’ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o’z ichiga oladi. O’zbek tili—
ko’p dialektli til. Bu hol o’zbek tilining o’ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish 
sharoiti va o’zbek millatining o’tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.
Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik 
qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy 
bog’langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug’dosh tili, keyin 
qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dialektlar urug’chilik davridan boshlab, jamiyat taraqqiyotining 
keyingi bosqichiga qadar son jihatdan ko’payib boradi. Bu qabilalarning yashash 
tarzi bilan bog’liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan 
sari ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til 
paydo bo’lishi uchun asos bo’ladi. Dialektlar sonining ko’payishi va ular asosida 
yangi-yangi tillarning vujudga kelishi til taraqqiyotining 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish