O`zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi universiteti


Imom Buxoriyning hadislar to`plami



Download 0,62 Mb.
bet3/5
Sana15.12.2022
Hajmi0,62 Mb.
#887810
1   2   3   4   5
Bog'liq
Imom Buxoriy to`plagan hadislarining bugungi kundagi ma`rifiy ahamiyati

2.2. Imom Buxoriyning hadislar to`plami
Buxoriy yaratgan «Al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. 1322 hadis va xabar jamlangan bu asar Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Uning o‘zbekcha tarjimasi 1990 yili Toshkentda nashr qilingan. Roviylarning kunyalariga bag‘ishlangan «Kitob al-kuna» («Kunyalar haqida kitob») 1940 yili Hindistonda chop etilgan. Buxoriyning «At-Ta’rix al-kabiyr» («Katta tarix») kitobi esa Turkiyada 9 jildda nashr qilingan. Asar qo‘lyozmasining ba’zi qismlari Haydarobod kutubxonasida saqlanadi. Shuningdek «At-ta’rix as-sag‘iyr» («Kichik tarix») ham hadis tarixiga oid qimmatli asar hisoblanadi. Bu asar Hindiston va Qohirada chop etilgan. Buxoriy yaratgan «Kitob al-favoid» («Foydali ashyolar haqida kitob»), «Al-Jomi’ al-kabiyr» («Katta tayanch»), «Xalq af’ol al-ibod», («Alloh bandalari ishlarining tabiati»), «Al-Musnad al-kabiyr» («Katta tayanch»), «At-tafsir al-kabiyr» («Katta tafsir»), «Kitob al-hiba» («Xayr-ehson haqida kitob») va boshqa asarlarning ba’zilari bizgacha yetib kelmagan, ba’zilari jahonning turli mamlakatlari kutubxonalarida saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar bor. Buxoriyning boshqa asarlari orasida «Tafsir al-Qur’on» («Qur’on tafsiri») kitobini ham alohida ta’kidlash kerak. Buxoriy asarlari musulmon dunyosining barcha madrasa va dorilfununlarida payg‘ambar (as) sunnatlari bo‘yicha asosiy darslik, qo‘llanma hisoblanadi. Jamoat arboblari, olimu ulamolar va din peshvolari Buxoriy asarlariga tayanib ish tutadilar.
Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi elyurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori (1997 yil 29 aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 yil 23 oktyabrda Samarqandda yubiley to‘ytantanalari bo‘lib o‘tdi. Alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi.3
Buxoriyning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 yil 4 noyabr; raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning «al-Jomi’ as-sahih»i tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniy-falsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy «Imom al-Buxoriy saboqlari» jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-ma’naviy merosimizdan bahramand etish, milliy, diniy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni uz oldiga maksad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan.
Imom Ismoil al-Buxoriy juda boy ijodiy meros qoldirgan. Uning “Al-jome’ as-sahih” (“Ishonchli to’plam”), “Al-adab al-mufrad” («Adab durdonalari»), “At-tarix al-kibor” (“Katta tarix”), “At-tarix as-sag’iyr”, (“Kichik tarix”), “Al-qiroatu xalfa-l-Imom” (“Imom ortida turib o’qish”), “Vaf’ul-yadini fi-s-saloti” (“Namozda ikki qo’lni ko’tarish”) kabi asarlari mavjud bo’lib, ularning qo’lyozmalari bizgacha yetib kelgan. Ammo “At-tarix al-avsat” (“O’rta tarix”), “At-tafsir al-kabir” (“Katta tafsir”), “Al-jome’ al-kabir” (“Katta to’plam”), “Kitob-ul-hiba” (“Hadya kitobi”) nomli asarlari ham bo’lganligi ma’lum, biroq ular bizgacha yetib kelmagan. SHubhasiz, yuqorida nomlari qayd etib o’tilgan asarlarining eng yirigi, shoh asari “Al-jome’ as-sahih”dir. Bu asar “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan ham dunyoga mashhur. 4 jilddan iborat mazkur kitobda payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bó kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.4 jilddan iborat mazkur kitobda payg’ambarimiz Muhammad Alayhis-salom hadislaridan tashqari, islom huquqshunosligi, islom marosimlari, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, tarix va etnografiyaga oid ma’lumotlar ham berilgan. Unga 600 ming hadisdan 7275 ta eng “sahih” hamda 4000 ta takrorlanmaydigan hadislar kiritilgan. Bó kitob Islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi.Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining bir jildiga odob-axloq masalalarini yorituvchi hadislar jamlangan bo’lsa, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) nomli asarda ham ijtimoiy turmushda hamda insonlar o’rtasida o’zaro munosabatlarni tashkil etish chog’ida amal qilinishi lozim bo’lgan odob-axloq qoidalari borasida yanada batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu asar 644 bobda bayon etilgan 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
Hadis ilmining rivojida oltin davrlangan hijri, hisob (milodiy to qqizinchi) asrda hadisshunoslikda katta muvaffaqiyatlar qo‘lga foyda. Chunonchi, butun islom dunyosidagi eng nufuzli manbalar deb tan olingan oltita ishonchli hadislar to‘plamining (as-sihoh as-sitta) mualliflari yashab ijod qilganlar. Yana shunisi diqqatga sazovorki, ushbu olti muhaddisning juda Markaziy osiyolik bo'lib, ular: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al-Hajjoj (206/819–261/874), Abu Iso Muhammad ibn Iso at- Termiziy (209/824–279/892), Imom Abu Dovud Sulaymon Sijistoniy (202/817–275/880), Imom Ahmad An-Nasoiy (215/830–303/915), Imom Abu Abdulloh Muxammad ibn Yazib ibn Mojja ( 209/824–273/886) kabi siymolardir. Shular ichidan “Hadis ilmida amir al-mo‘miniyn degan sharafli nomga buyuk mukofot bo‘lgan Imom al-Buxoriy alohida e’tiborga molik olimdir.
Imom al-Buxoriy «Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim», deb qayd etgan. Ul zot o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofiza (xotira) sining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Buxoriy ja’mi 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod bilar edi. Imom Ahmad ibn Xanbalning aytishicha: «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas». Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan Xolid ibn Ismoil shunday yozadi: «Imom Buxoriy bilan bizlar ustozning darsini eshitardik. Ustoz rivoyat qilgan hadislarni bizlar yozib olardik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o‘tirardi. Bir necha kunlar o‘tib, shu orada ustoz 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga – Sen nega hadislarni yozmaysan? – deb aytganimizda, - Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og‘zidan yodlab olayotirman, - deb, ustoz rivoyat qilgan hadislarni bir chekkadan yoddan o‘qib berdi». Buyuk muhaddis Imom Muslim ibn al-Hajjoj ham Buxoriyning hadis ilmi borasidagi buyukliklariga tan bergan va shunday degan edi: «Hasad qiluvchilardan bo‘lak hech kim sizga ta’na qilolmaydi. Dunyoda Sizga yetadigan muhaddis yo‘qligiga men guvohlik beraman». Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: Siz hamma muhaddislar imomi va hadislarning illati, zaifligini yaxshi biladigan mohir tabibi ekansiz. Muborak oyog‘ingizni bersangiz, men bir bo‘sa olay. Imom Buxoriy safardalik chog‘larida qaysi shaharga borsalar hadis ilmidan, dinushariatdan madrasalarda saboq berar edi. Uning shogirdlaridan biri Abu Ali Solih al-Bag‘dodiyning aytishicha Imom Buxoriyning Bag‘doddalik vaqtlarida olib borgan saboqlarida 20 mingdan ortiq talaba xozir bo‘lardi. Shayh Muhammad Yusuf al-Firabiyning aytishicha, Imom Buxoriyning «al-Jome’ as-Sahih» larini o‘zlaridan 90 ming kishi eshitgan ekan4
Imom Buxoriy o‘z vatanlari Buxoroga qaytgach tolibi ilmlarga hadisdan dars bergan. Arab xalifaligining Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad az-Zuhayliy Imom Buxoriyga: «Bundan buyon saroyga kelib turing va bolalarimga (ikkinchi rivoyatda saroy ahliga) «al-Jome’ as-Sahih» dan saboq bering», - deb maktub yuboradi. Imom Buxoriy bu taklifni qabul qilmay, quyidagi javobni bergan: «Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo‘lsa, bolalarini (ikkinchi rivoyatda saroy ahlini) uyimga yoki masjidimga yuborsin». Buxoriyning fazlini ko‘rolmagan hasadgo‘y kimsalarning fitna va ig‘volari tufayli amir az-Zuhayliy Imom Buxoriyni o‘z ona shahri Buxoroni tark etish haqida farmon beradi. Buxoriy Samarqandga yo‘l oladi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘idagi qarindoshlaridan birining uyiga tushib, shu yerda bir necha kun betob bo‘lib yotib qoladi va xijriy 256, milodiy 870 yili ramazon oyining oxirgi kuni vafot etadi. Ertasi hayit kuni janoza o‘qilib, shu Xartangda dafn qilinadi. Bu yer xozirda xalqimizning ziyoratgohiga aylangan. O‘z R Vazirlar Mahkamasining «Buyuk muhaddis imom al-buxoriy tavalludining 1225 yilligini nishonlash haqida»gi 1997 yil 29 apreldagi qarori asosida Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab quvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz dirxamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Imom Buxoriy umr bo‘yi o‘ta fidoyilik ila butun aql-zakovatini ishga solib xadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih va g‘ayri sahihga ajratgan. Bu mashaqqatli ish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalarimizdan biri sifatida tanitdi. Undan kelgusi vlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma’naviy meros – 20 dan ortiq asar qolgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»), «Al-Adab al-Mufrad» («Adab durdonalari»), «At-Tarix al kabir» («Katta tarix»), «At-Tarix as-sag‘ir» («Kichik tarix»), «At-Tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al-Jome’ al-kabir» («Katta to‘plam») va boshqalar. “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al Jome’ as-sahih” kitobi islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘I hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haqi va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”, - Prezidentimiz ushbu ta’rifi bilan Imom Buxoriyning islom madaniyatidagi buyuk hizmatiga munosib bahosini berdi28. Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» deb nomlangan 4 jildlik hadislar to‘plami Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob va islom manbasi sanaladi. 5
To‘plam Payg‘ambar hadislaridan tashqari, fiqh, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, o‘sha davr tarixi, etnografiyasiga oid ma’lumotlar mavjudligi bilan ham qimmatlidir. Imom Buxoriy o‘zi to‘plagan 600 ming hadisdan 7275 ta eng ishonarli «sahih»larini mazmuniga ko‘ra tasniflab, butkul yangicha tartibdagi hadislar to‘plamini yaratdi29. Imom Buxoriy axloq va odobga oid hadislarni jamlab «Al-Adab al-Mufrad» hadislar to‘plamini yaratdi. Unga 1322 ta hadis jam qilingan. Ul buyuk zot ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Ular orasida eng mashxurlariMuslim ibn Hattot, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Abu Zur’a, Abu Bakr ibn Xuzayma va boshqalardir. Movorounnahrlik mashxur muhaddislardan yana biri Abu Iso at-Termiziy (824/825-892)dir. Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlardagi mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini o‘rgangan. At-Termiziy hadis o‘rganish va ularni yig‘ish uchun 20 yil o‘zga yurtlarda bo‘ldi. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, ko‘plab hadislar xususida fikr almashdi. At-Termiziyning buyuk alloma bilan besh yil birgalikda yashashi va muloqotda bo‘lishi uning hayotida muhim o‘rin tutdi, xususan «Sahihi Termiziy» asarining yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Agar Imom Buxoriy har bir hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, Termiziy hadislarning darajasini aniqlashda «sahih»dan keyin «xasan» bosqichini kiritdi

Uning to'liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug'iyra ibn Bardazbeh al-Juafiy al-Buxoriy bo'lib, u hijriy hisobda 194-yil shavvol oyining 13-kuni (810-yil 20-iyul)da. Buxoro shahrida tavallud topgan. Boshqa ko'plab olimlardan farqli o'laroq al-Buxoriy tug'ilgan sana aniq ko'rsatilishiga sabab shuki, uning otasi Ismoil o'z davrining ilmli odamlaridan bo'lib, o'g'lining tug'ilgan kunini o'z qo' li bilan yozib olgan qog'oz zamondosh olimlar ixtiyoriga yet va shu xususda ham uning aniqligiga hech shubha yo'q. Al-Buxoriy yoshligidayoq otasi vafot etib, onasi tarbiyasida o‘sgan. U yoshiligidan aql-idrokli, o'tkir zehnli va ma'rifatga havosi kuchli bo'lib, turli ilm-fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini zo'r natija bilan egallaydi. Manbalarda ko'rsatilishicha, u o'n yoshidan eshitgan o'z yurtidagi turlirivoyatchilardan eshitgan hadislarni, Abdulloh ibn al-Muborak va Vakiy kabi olimlarning hadis to'plamlarinimutolaa qilib, yo bilanlagan, ustozi Shayx Dohiliyda riq qatnashgan. 825-yili o‘n olti yashar al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Hijozga qarab yo‘l oladi, muqaddas shaharlar Makka va Madinani ziyorat qilib, olti yil Hijozda yashab, hadis ilmidan o‘z bilimini.


Bundan tashqari, shaxsiy hisoblangan Damashq, Qohira, Basra, Kufa, Bag'dod kabi shaharlarda yashab, u joylardagi mashhur olimlardan hadislar bilan bir qatorda fiqh ilmidan ham ta'lim oladi, ham yirik olimlar davidara davarasida ilrumi. qatnashadi va ilm toliblariga dars ham beradi. Imom al-Buxoriy hayotining ko'p qismi oziq ellarda, musofirchilikda o'tadi. Bu haqda uning o‘zi: “Misr, Shom, Mesopatamiyaga ikki martadan, Basraga to‘rt marta borganman. Hijozda olti yil yashaganman, Bag‘dod va Kufa shaharlariga necha marta borganim hisobini bilmayman”, degan ekan. U safar chog‘ida ham, bir shaharda muqim turganda ham ilmini vaziyatga qarab tinimsiz ishlar, to‘plagan hadislarini oqqa ko‘chirar edi. Muallifning yozishicha, Bag'langan nur ustida ko'pincha ijod qilib, o'z vaqtida yorug'lik kunida sham yorug' kitob yozar ekan.
Ilm rasmga al-Buxoriy juda ko‘plab olimlardan ta’lim oladi. Nishopurlik al-Hakimning (1015-yilda vafot etgan) muammoicha, ustolarining soni to'qsontalar atrofida bo'lib, ular: Muhammad ibn Yusuf al-G'aryobiy, Ubaydulla ibn Muso al-Abosiy, Abu Bakr Abdulla ibn az-Zubayr al- Hamiydiy ibn Rohaviyh nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Is'hoq ibn Ibrohim, Imom Ahmad ibn Hanbal, Ali ibn al-Madaniy va boshqalardir.
O'z boshqaruv al-Buxoriy ham ko'pgina shogirdlariga ustozlik qilgan. Is’hoq ibn Muhammad ar-Ramodiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Muhammad ibn Xalaf ibn Qutayba, Ibrohim al-Harbiy, Abu Iso at-Termiziy, Muhammad ibn Nasr al-Marvaziy, Muslim ibn al-Hajjoj kabi yetuk olimlarning shogirdlaridir. .
Termizlik mashhur muhaddis Abu Iso at-Termiziy al-Buxoriyga ham shogird, ham safdosh hisoblanib, hujjat o‘zaro munosabatlari ibratli bo‘lgan. Uzoq yillar Sharqning turli-tuman mamlakatlariga safar qilgandan keyin umrining oxirlarida al-Buxoriy besh (863–868)-yil Nishopurda yashab, madrasada hadis ilmidan dars bergan. O'sha paytda Nishopur musulmon Sharqidagi eng yirik ilmiy markazlardan biriga aylanganligi sababli ko'p mashhur olimlar shu shaharda to'plangan edilar. Al-Buxoriyning at-Termiziy bilan uchrashuvi ham Nishopurda yuz berib, diyorimizdan
chiqqan ikki mashhur muhaddis o'rtasida unutilmas, qizg'in ilmiy bahslar, ko'pdan-ko'p ijodiy, do'stona uchrashuvlar bo'lib o'tadi. At-Termiziyning natijalariicha, u o‘z asarlari uchun ko‘p ma’lumotlarni al-Buxoriy bilan uchrashuvlaridan olgan. Shu bilan birga al-Buxoriy ham at-Termiziyning bilimini yuqori baholab: “Men sendan ko‘rgan foyda sen mendan ko‘rgan foydadan ortiqroq”, deb unga nisbatan chuqur hurmatini bildirgan. At-Termiziy o‘z ustozi va safdoshi al-Buxoriyni butun umri hurmatlab, o‘sha samimiy sadoqatda bo‘lgan. Arab tarixichisi Shamsuddin az-Zahabiyning (1274–1374) “Tazkirat ul-Hufoz” ​​(“Hofizlar haqida tazkira”) nomli asarida shikoyaticha, at-Termiziy o'z ustosining vafoti tufayli qattiq qayg'uga botib “ko'p yig'” laganidan hatgo ko'zlari ko'r bo'lib qolib, uzoq yillar ko'zi ojiz holda yashadi”.
Imom al-Buxoriy xorijdan qaytgan, o‘z vatani Buxoroda ko‘plab shogirdlar va ulamolarga hadis ilmidan saboq berish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ko'pchilik uni hurmat qilgan, ammo ba'zi hasadgo'y, qora niyatli kishilar al-Buxoriyni ko'rolmas edilar. kuchli hasadgo‘ylarning katta-harakati tufayli Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad az-Zuhaliy bilan al-Buxoriyning aloqasi buzilib qoladi. Bunga sabab, amir olimdan huzuriga kelib “Al-jome’ as-sahih”, “At-ta’rix” kitoblarini o‘qib berishni talab qiladi. Lekin al-Buxoriy “Men ilmni xor qilib, uni hokimlar eshigi oldiga olib bormayman, kimga ilm kerak bulsa, o‘zi izlasin. Lekin Alloh oxirat kuni ilmni yashirmay uni toliblarga sarf qilgani uchun meni kechiradi”, degan javobni aytadi. Amirga javob yoqmay, fitnachi, bo‘htonkor shaxslarning gapiga kirib al-Buxoriyga shaharni tark etishni buyuradi. Shundan keyin al-Buxoriy Samarqandga qarab yo‘l oladi va birmuncha muddat Xartang qishlog‘ida o‘z shogirdlari va qarindoshlari
Imom al-Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo‘lib, u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiqdir. Ulardan "Al-jome' as-sahih", "Al-adab al-mufrad", "At-ta'rix as-sag'iy", "At-ta'rix al-avsot", "At-ta'rixal" -kabir”, “Kitob al-ilol”, “Barr ul-volidayn”, “Asomi us-sahoba”, “Kitob al-kuna” va boshqalarni ko'rsatish mumkin. Buyuk alloning eng muhim asari, shubhasiz, “Al-jome’ as-sahih”dir. Buasar “Sahiyh al-Buxoriy” nomi bilan ham mashhur. Uning g‘oyat ahamiyatli tomoniga qarab, Imom al-Buxoriygacha o‘tgan muhaddislar o‘z to‘plamlariga eshitgan barcha hadislarini tanlab o‘tirmay qatorasiga kiritaverganlar. Imom al-Buxoriy esa turli roviylardan eshitgan hadislarni tabaqalarga bo‘lib, sud ishonchlilarini ajratib, alohida kitob yaratdi.6
Alloma ibn Salohning ta' yukoricha, al-Buxoriga ishonchli hadislarning soni takrorlari bilan birga 7275 ta bo'lib, takrorlanmaydigan holda esa 4000 hadisdan iborat.
Bu sharafli ishni birinchi al-Buxor tomonidan berilgan bo‘lib, keyin qator olimlar unga taqlid qilib, shu zaylda hadislar to‘plamini yaratganlar. Imom al-Buxoriyning bu yil asari yozilganiga 1200-yil boʻldi, oʻsha davrdan toki shu vaqtgacha u islom taʼlimotida Qurʼondan keyingi oʻrinda muhim manba sifatida yuqori baho kelinmoqda. Imom al-Buxoriyning ushbu asarining ko‘plab nusxalari turli shaharlarda tarqalgan. Hatto o'rta asrlarda yashagan ba'zi adib va ​​xattotlar uchun bu asar nusxalarini ko'chirish tirikchilik manbai ham bo'lgan. Jumladan, taniqli adib va ​​tarixchi an-Nuvayriy (1332-yilda vafot etgan) al-Buxoriyning ushbu asaridan sakkiz nusxa ko‘chirib, har birini ming dirhamdan sotgan. 1325-yilda ko'chirilgan sakkiz jilddan iborat go'zal bir nusxasi hozir Istanbulda saqlanmoqda. "Al-Jome' as-sahih"ga ko'pdan-ko'p sharhlar bitilgan bo'lib, muhim manba sifatida u qayta-qata nashr ham qilingan.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish