Mavzuning maksadi: Har qanday hodisani nazariy o‘rganish deganda uning mohiyatini turli nisbatlarda ko‘rib chiqish nazarda tutiladi. Ma’naviyat baqoning fanoda zuhuri bo‘lganligidan yaxlit va behududdir. Demak, uning o‘zga hodisalarga nisbatlari ham cheksiz bo‘lib, inson ilmi cheksizlikni yaxlit qamrab olishi mushkul. Na iloj, shu cheksiz nisbatlar aro biz uchun eng dolzarb va muhimlarini tanlab olishga to‘g‘ri keladi. “Ma’naviyat” tushunchasining mazmuni, - deb yozadi I.Karimov, - faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi”. Uning fikricha, “insonni inson qiladigan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan alohida o‘rin tutadi” .
Etikaning g‘oyat muhim tushunchalariga hayotning ma’nosi va mazmuni, baxt-saodatdir. Hayotning ma’nosi deb ongli insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi, uning umri, hayot faoliyatining umumiy yunalishini anglatuvchi jarayonlarga aytiladi. Hayotning ma’nosi insonning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, hayotda ko‘zlagan manfaati va belgilagan vazifalarida namoyon bo‘ladi. Inson hayotining ma’nosi — bu uning hayotining butun bosh yulidirki, kishining konkret maqsadlari ana shunga bog‘lik bo‘ladi, Inson faqat yeb-ichish, zurriyot qoldirish tirik emas, mehnat qilish, jamiyatda yashash, o‘zidan boshqa kishilar bilan ijtimoiy munosabatda bo‘lish jarayonida u inson sifatida shakllanadi, o‘sib-unadi, talant va iste’dodlarini namoyon qiladi. Rus shoiri A. Blok: “Inson hayotining ma’nosi tinib-tinchimaslik va doimiy tashvishdan iboratligini tushungan odam kalta fahmlikdan qutulgan bo‘ladi”, — degan edi. Demak, inson hayotining ma’nosi dunyoga kelib, unib-o‘sib, oila ko‘rib, farzandlarni tarbiyalab, o‘zi, oilasi, Vatani, millati, jamiyati uchun ijodiy mehnat qilib, o‘z umrini farovon, go‘zal, qiziqarli, maqsadga muvofiq qilib o‘tkazishdan iborat. Binobarin, hayotning ma’nosi yeyish, ichish, kiyinish,
M. Imomnazarov Milliy ma’naviyatimiz asoslari T-2006. B.4-5
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch T-2008
lazzatlanishdan iborat bo‘lmay, balki bularga erishishlik uchun yashash, mehnat qilish, ijod qilishdan iborat. Hayotning mazmuni inson hayotining qanday kechganligini ifodalaydi. Inson hayotining mazmuni deganda insonning jamiyat hayotidagi o‘z o‘rni va ahamiyatini belgilovchi butun faoliyati (avvalgi, hozirgi va kelajakdagi) asosiy mazmun anglash darajasi hamda uning namoyon bo‘lish darajasi tushuniladi. Xullas, o‘z hayotini, uning ma’nosi va mazmuni maqsadi, go‘zal va baxtli qilishga erishmog‘a lozim. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek: “Har bir odam “Men kimman o‘zi. Bu dunyoga nimaga keldim? Dunyoga kelib nima ish qildim?”, — deb o‘zidan so‘raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |