O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 2-KURS AGROKIMYO VA AGROTUPROQSHUNOSLIK SIRTQI YO‘NALISHI MUSTAQIL ISH BAJARDI: SIDDIQOVA M. TOSHKENT 2020
Sholi - biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Sholining xalq xo`jaligidagi axamiyati
2. Kelib chiqishi, tarqalishi, ekin maydonlari va xosildorligi
3. Sistematikasi, biologiyasi va navlari
4. Sholini almashlab ekishdagi o’rni va yerni ekishga tayyorlash, o’gitlash.
5. Sholini ekish, urug’ni ekishga tayyorlash, ekish muddatlari, usullari va me`yori.
6. Sholini parvarish qilish.
Yer yuzidagi ko`pchilik mamlakatlarda sholi eng asosiy va qadimgi oziq-ovqat ekini xisoblanadi. Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatligi va tez xazm bo`lishi bilan ajralib turadi.
Uning tarkibida organizm uchun kerak bo`lgan oziq moddalar:oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar bor guruch tarkibida 7,7% oqsil bor. U boshqa yormalarga nisbatan tez xazm bo`ladi va to’liq o’zlashadi.
Sholining kelib chiqishi markaziy janubiy Osiyo xisoblanadi. Akademik P.P.Vavilov sholi Xindistondagi madaniy o`simliklardan kelib chiqqanligi to`grisida yozadi.
Sholi dunyoning 108 mamlakatida ekiladi. Sholi maydonining 90% Osiyodagi tropik va subtropik mamlakatlariga to’g’ri keladi.
O’zbekistonda esa 1995 yilda 154,1 ming gektar,1996 yilda 176,7 ming gektar maydonga sholi ekilgan.
O’zbekistonda sholi xosildorligi oxirgi besh yillikda o`rtacha 30-35 sentnerni tashkil etadi.
Sholi suv bostirilib sug’oriladi, suv qatlami sholining o`sishi va rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. Sholipoyalarga suv bostirilishi yerda asosan oziq moddalar: ammiakli azot, xarakatchan fosfor, kaliy to’planishiga va ularni sholi ildiz tizimi o’zlashtirishga ijobiy tasir ko’rsatadi.
Sholi turli tuproqlarda o`sa oladi. Daryo vodiylaridagi chiqindi tuproqli yerlar sholi uchun ayniqsa qulay bo`ladi. Tarkibida loyqa zarrachalar va organik moddalar miqdori ko`p bo`lgan og’ir, soz tuproqli yerlarda sholi yaxshi o`sadi.
Sholi yetishtirishda almashlab ekishni axamiyati katta. O’zbekiston sholichilik ilmiy tekshirish instituti ma’lumotlariga qaraganda 4 va 6 dalali almashlab ekishda 40-60 s dan xosil olingan bo`lsa surunkasiga sholi ekilganda 25-27s xosil olingan.
Sholi ekish uchun yerni ishlash kuzgi shudgorlashdan boshlanadi. Yerni kuzda xaydash sholi xosildorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ekishdan oldin yer tekislanadi, mashinada sholi ekiladigan maydonlarda bir yo`la g’altaklash ishlari bilan qo’shib olib borish mumkin.
Sholi xosilini yig’ishtirib olish uchun dalani shunga tayyorlash kerak. Sholi donining sut pishish davrida pollarga kirayotgan paytida suv kamaytiriladi va mum pishish davrida umuman to’xtatiladi. Donning 85-90% tula pishish davrida sholini urishga kirishiladi.
Adabiyotlar:
1. X.Atabayeva, O.Qodirxujayev O`simlikshunoslik, T.Yangi asr avlodi.2006 yil (lotin alifbosida).
2. O.Mirzayev, T.Xudoyberganov Yem-xashak yetishtirish-Andijon 2003 y.
3. X.Atabayeva va boshq.O`simlikshunoslik, T.Mexnat.2004 y.
4. I.Karimov bir yillik va ko`p yillik Mustaqil yurt g`allasi, T.O`zbekiston 2003 y.
5. A.Omonov, X.Bo`riyev, L.G`afurova, A.Nurbekov Bir boshoq don.T.2004 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |