Xulosalar
Ayni paytda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan investitsiyalarning moliyalashtirish manbalariga, sarflanish ob’ektlariga ko’ra va texnologik tuzilmasi ham takomillashib bormoqda.
Investitsiya yoki kapital qo’yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan mablag’ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, KSFM va boshqa bir qancha omillarga bog’liq.
Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog’liqligini xarakterlovchi model - akselerator modeli deyiladi.
Pul to’lov, jamg’arish va qiymat o’lchovi funktsiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko’proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladi.
Pulga bo’lgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talab, ehtiyotkorlik vajidan pulga talab va moliyaviy aktivlar uchun pulga talab yig’indisidn iborat.
Pulga bo’lgan talab hajmi YaIM (daromad) hajmi, baholar darajasi, pulning aylanish tezligi va foiz stavkasiga bog’liq.
Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimi shakllangan.
Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi, majburiy zahiralash normasi va ochiq bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining eng progressiv usuli bo’lib, uni qo’llash ko’lami ortib boradi.
Asosiy adabiyotlar
Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada yuksaltirishdir G’ I.A.Karimov. – Toshkent: «O’zbekiston», 2010. – 34-50 b.
I.A.Karimov. “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari”. T.: O’zbekiston, 2009 yil. -56 b.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning «Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir» hamda «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua.–Toshkent: Iqtisodiyot.- 2010, 75-81, 96-97,130-138,151-156 b.b.
B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G’ofurov, B.K.Tuxliev. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2009, 35-49 b.b.
Vechkanov G.S., Vechkanova G.R. Makroekonomika.2-e izd.-SPb.:Piter, 2010, 30-40 s.s.
Vechkanov G.S., Vechkanova G.R. Makroekonomika; Uchebnik dlya vuzov , 3-e izd., dopolnennoe.-SPb.: Piter, 2009, 85-111 s.s.
Samuelson, Pol E., Nordxaus, Vilyam D. Makroekonomika,18-e izd.: per. s angl,-M.: OOO «I.D. Vilyams», 2009, 93-124 s.s.
Abel E., Bernanke B. Makroekonomika. 5-e izd.- SPb.: Piter, 2008, 155-232 s.s.
Kiseleva E.A. Makroekonomika: Ekspress kurs: uchebnoe posobie.- M.: KNORUS, 2008, 92-116 s.s.
Tarasevich L.S., Grebnikov P.I., Lusskiy A.I. Makroekonomika:Uchebnik.- 6-e izd. , ispr. i dop. –M.: Vo’sshee obrazovanie», 2006, 50--72 s.s.
Agapova T.A., Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab. i dop.- M.:Izdatelstvo “Delo i servis”, 2005. 98-103 s.s.
Ishmuhamedov A.E., Djumayev Z.A, Jumayev Q. X. Makroiqtisodiyot. (O'quv qo'llanma).-T.:O'zbekiston Yozubchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005. , 44-52 b.b
Axmedov D.K., Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti 2004, 46-58 b.b.
Do'stlaringiz bilan baham: |