26.Masala. Korxona j ismoniy shaxsdan xususiylashtirilgan kvartirani sotib oldi
va uni nomoddiy aktiv sifatida 0490 «Nomoddiy aktivlar» schyotiga o’tkazildi.
Notarial idorasiga sotish va sotib olish shartnomasini rasmiylashtirish uchun uning
xizmatiga 52100 so’m naqd pul to’landi. Xaridor bilan hisob-kitob muomalalari
korxonaning hisob-kitob schyotidan xaridoming omonat kassasidagi shaxsiy
schyotiga 11000000 so’m o’tkazib berildi? Bu muomala uchun omonat bankining
xizmatiga 78000 so’m to’lab berdi.
Notarial idorasiga va omonat bankining xizmati uchun to’langan 130100 so’m
chet tashkilotlar xizmati xaraj atlariga hisobdan chiqarilgan. Buxgalteriya hisobida
quyidagicha yozuv qilingan:
1. Notarial idorasining xizmatiga:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti - 52100 so’m;
Kredit 5010 “Kassa”schyoti - 52100 so’m;.
2. Sotib olish qiymatiga;
Debet 0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar” schyoti - 11000000 so’m
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti - 11000000 so’m .
3. Bank xizmati uchun:
Debet 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti - 78000 so’m.;
Kredit 5110-“Hisob-kitob schyoti” schyoti - 78000 so’m.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?
3. Xato va kamchiliklar ro’yxati jadvalini tuzing.
27.Masala.
Korxona ishlab chiqarish xarajatlari auditi jarayonida auditorlardan
korxona buxgalterlari tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan maslahattushuntirish ishlari berilishi lozimligi so’raldi:
1. Korxona transport vositasi shartnoma asosida ijaraga berilgan. Ijaraga oluvchi
neft mahsulotlari bilan ta’minlanganda (unga sotilganda) umumbelgilangan soliq
to’lovchi va yagona soliq to’lovchi bo’lgan korxonalar uchun qanday soliq oqibatlari
yuzaga keladi?
2. Asosiy vositalaming ta’mirlanishi bo’yicha amalga oshirilgan xarajatlar ishlab
chiqarish xaraj atlariga kiritiladimi yoki asosiy vositaning qiymatigami?
3. Elektr dvigatellar korxonaning asosiy vositasi hisoblanmish mexanizmlami
harakatlantiradigan bir qismdir. Ishlab chiqarish zamriyati bilan mashina va
uskunalaming elektr dvigatel, nasos singari ehtiyot qismlarini tez-tez almashtirishga
to’g’ri keladi. Bunda yangi elektr dvigatel xarid qilinib, foydalanishga berilganda u
asosiy vosita sifatida buxgalteriya o’tkazmasi orqali ifodalanadimi yoki unga ehtiyot
qism sifatida qaraladimi?
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan
foydalanishi lozim;
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim?