Oddiy tizimlarda bir funkstiyali elementlardan iborat, ya‘ni bittadan ortiq bo‘lmagan moddiy aloqaga ega bo‘lgan tizimlarda axborat aloqalari umuman mavjud bo‘lmasligi mumkin. Bunday tizimlarda ishlash jarayonini boshqarish uning strukturasi bilan aniqlanadi, ya‘ni ularda boshqarish strukturali boshqarish tamoyili bilan amalga oshiriladi. Bunday tizimlar misol sifatida Konsteptual modelda hammahal etuvchiqoidalar va ishchi yuklamani (elementlar jarayonlari) boshqarishni aniqlashtirish kerak.
Murakkab tizimlarda, ya‘ni ko‘p funkstional elementli yoki bittadan ortiq chiqish moddiy aloqalarga ega bo‘lgan tizimlarda boshqarish vositalari va mos axborot aloqalar mavjud bo‘ladi. Boshqarishgako‘rsatma berish uchun, ya‘ni qaysi element dastlabki ob‘ektni kachon va qaerdan olish, o‘zgartirish uchun qanday operastiyani (amalni) bajarish va qaerga uzatish kerakligini talab qiladi. Bunday tizimlarni dasturiy yoki algoritmik boshqarishtamoyilida ishlaydi deyiladi. Konsteptual modelda hammahal etuvchiqoidalar va ishchi yuklamani (elementlar jarayonlari) boshqarishni aniqlashtirish kerak.
Nazorat savollari.
Konsteptual modelni tasvirlash?
Murakkab tizimlarda nimalar kiradi?
Oddiy tizimlarda necha elementlardan iborat?
Strukturalash va boshqarishlar?
3-Ma’ruza. Modellarni yaratishda o`lchanish usullarini qo`llash.
Reja.
Texnologik jarayon va texnologik kattalik.
O‘lchash, o‘lchash usullari, o‘lchash turlari.
O‘lchov qurilmalari.
Nazorat o‘lchov asboblarini klassifikatsiyasi.O‘lchash xatoliklari.
O‘lchash xatoliklari. O‘lchashning sifat ko‘rsatkichlari
O‘lchash to‘g‘risida umumiy ma’lumot
Xom - ashyo yoki yarim fabrikatni tayyor mahsulotga aylantirish uchun yo‘naltirilgan ta’sirlar to‘plamiga texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayon va tayyor mahsulot sifatini xarakter-laydigan har xil fizik kattaliklarga texnologik kattalik deb ataladi.
Har qanday texnologik jarayon quyidagi elementlardan tuzilgan:
oddiy ishchi jarayonlar;
boshqarish operatsiyalari;
nazorat operatsiyalari.
Oddiy ishchi jarayon o‘z ichiga haqiqiy ishchi jarayon, o‘rnatish operatsiyalari, transport operatsiyalari va xizmat ko‘rsatish operatsiya-larini oladi.
Masalan, non ishlab chiqarishda oddiy ishchi jarayon xamir bo‘laklash mashinasida xamir zuvalalarini olish bo‘lsa, o‘rnatish operatsiyasi esa mashina ishchi organlarini aniq mahsulot yoki yarim fabrikat olishga mo‘ljallab o‘rnatishdir.
Transport operatsiyasida xamir zuvalalarini keyingi ishlov berish uchun (masalan, xamir lo‘ndalash mashinasiga) uzatiladi.
Mashina yoki agregatlarni tozalash va moylash xizmat ko‘rsatish operatsiyasi bilan bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |