OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI Axborot tizimlari va texnalogiyalari kafedrasi
Kompyuter grafikasi asoslari fanidan
MUSTAQIL ISH Mavzu: Garfikaga ishlov berish uchun yaratilgan texnalogiya turlari
Bajardi: 121-20-guruh Mamatkarimov Diyorbek
Tekshirdi: Ergashev Sirojiddin
JIZZAX 2022
Reja:
1. Kompyuter grafikasiga ishlov berish tarixi 2. Kompyuter grafikasining texnik-dasturiy va information asoslari
3. Grafika turlari va ularga ishlov beruvchi dastur va texnologiyalar
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Kompyuter grafikasiga ishlov berish tarixi Texnologiya rivojlanib borishi bilan 3D kompyuter grafikasi ham keng ommalasha boshladi, biroq 2D kompyuter grafikasi haligacha keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarish(harakatlantirish) usullarini o’rganadigan kompyuter ilmi sohasi kompyuter grafikasimi yuzada keltirdi.
Kompyuter grafikasining yaratilish davri 1960 yillarga to‘g’ri keladi. Kompyuter grafikasi va grafik tizimlari o‘sha vaqtdayoq o‘z qimmatiga ega edi. Bugungi kunda kompyuter grafikasi (KG) va kompyuter animasiyasi (KA) terminlaridan foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Kompyuter grafikasi tushunchasi o‘z tarkibiga statik tasvirlar bilan bog’liq barcha ishlarni birlashtirsa, kompyuter animatsiyasi esa bevosita dinamik o‘zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi. Grafika va animatsiyalarning o‘zaro birlashtirilishi (KG) va (KA)si abbreviaturasi imkoniyatlari hisoblanadi. O’tgan o’n yil mobaynida axborot vizualizatsiya va 3 o’lchamli hodisalar (arxetukura, metrologiya, meditsina, biologiya va hokazo) asosi hisoblangan maxsus vizualizatsiyalar kabi ixtisoslashgan sohalar keng miqyosda rivojlandi. Kompyuter grafikasi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Kompyuter tasviri hozirda televideniyeda, gazetalarda, masalan, ob- havo yangiliklari yoki tibbiy tekshiruv va jarrohlik muolajalarining barcha turlaridako’ng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Yaxshi ishlangan grafika murakkab statistikalarni tushunish va talqin qilishga qulay bo’lgan tarzda ifodalay oladi. Grafik ifodalashning namunalari – geografik xaritalar, iqtisodiy analizning tizim diagrammalari, struktura chizmalari, korxonalar va shu kabi qandaydir fikrlar to‘plamini ifodalovchi jarayonni tuzish va grafiklashtirish grafika deyiladi.
1-rasm. Kompyuter grafikasi tarixi 1970-yillar
Axborot vositalarida bunday grafikalar gazetalar, yangiliklar, hisobotlar va boshqa ko’rgazmali materiallarda foydalaniladi. Hayoliy narsani ko’rsatib berish uchun ko’plab muchli manbaalar rivojlantirildi. Kompyuter grafikasi – kompyuter yordamida yaratilgan, asosan, maxsus grafik apparat va dasturiy taminotlar vositasida yaratilgan tasviriy ifoda, ya’ni suratlar va filmlardir. Bu kompyuter ilmiy olamidagi ulkan va eng so’nggi sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi iborasi 1960- yilda birinchi bo’lib Boeing kompaniyasi kompyuter grafikasi tadqiqotchilari Verne Hudson va William Fetter tomonidan kashf etilgan. Iboraning qishqartma shakli CG (Computer Graphics) bo’lsada, ba’zan uni CGI («Computer Generated Imaginary», ya’ni kompyuterda hosil bo’lgan tasavvur) deb talqin qilinadi.
2-rasm. Grafik dasturlar
Interfaol grafika yaratilgandan keyin u televideniya va fotografiyada tasvirni yaratish va tayyorlashdagi eng asosiy texnik moslamalardan biri bo‘lib qoldi. Uning yutuqlaridan biri sintezlangan abstrakt obyektlarni, tasvirlarni EHM yordamida hosil qilishdir. Inson mashina grafikasidan foydalanish vaqtida juda ko‘p zerikarli va har xil mayda ishlardan (juda ko‘p miqdorda matnli varaqalar va sonli materiallarni ko‘rib chiqishdan) qutildi.
Tijorat grafikasiga tegishli bo‘lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijoratchining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o‘zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yana-da oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan.
Bu esa, o‘z navbatida, barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ко‘rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to‘plamini tahlil qilish imkonini beradi.
Computer graphics – bu, EHMning boshqaruvi asosida grafik ob’yektlarga kirish, ularni tasvirlash, o‘zgartirish, tahrirlash va undan chiqishdir. (Borkovskiy A.V. «Anglo-russkiy slovar po programmirovaniyu i informatike») Computer animation - bu, displey ekranida tasvirlarning «jonlanishi» , kompyuterdagi dinamik tasvirlarning sintezidir. ( «Anglorusskiy slovar po vichislitelnoy texnike» p/r Ye.K. Maslovskogo). Grafik dasturlarda odatda quyidagi ketma-ketlikda ish olib boriladi: Yangi faylni yaratish yoki mavjud faylni ochish. Ob’yekt yoki muxitni belgilash. Bu asbob va effektlarni tasvirlarning hammasiga emas, balki zarur, kerakligiga qo‘llashni bildiradi. Effektlarni joylashtirish yoki asboblarni grafik shaklda panelda aktivlashtirish. Belgilashni olib tashlash. Kompyuter grafikasi uch turga bo‘linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi. Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o‘zida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi 49 yordamida hatto tasvirga oid Yangi loyihalarni yaratish ko‘zda tutiladi.U multimedia muhitida ishlash imkoniyatini beradi.