O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
5A120102 – Lingvistika: o’zbek tili magistratura mutaxassisligi talabasi
Hayitova Nozakat
STAJIROVKA
bo‘yicha hisoboti
Stajirovka davomiyligi – 5 hafta (4-semestr)
Termiz: 2023
Stajirovka haqida qisqacha ma’lumot
Stajirovka muddati: 06.02.2023 – 11.03.2023;
Stajirovka o‘tagan tashkilot nomi: Termiz Davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi
OTM stajirovka rahbari: Rahimova Umida
Stajirovka qabul qiluvchi tashkilotdan rahbar: f.f.d. A.Eshmo'minov
2022-2023 o‘quv yilining II semestrida magistratura bosqichi talabalari safida stajirovka va ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kirishdim. Stajirovka o‘tashdan maqsad ilmiy tadqiqot olib borish malakalarini egallash, magistrlik dissertatsiyasini ilmiy faktlar bilan boyitish hamda fanning eng yangi yutuqlari negizida tadqiqot olib borishga o‘rganishdir. Stajirovkaga borish uchun dastlab stajirovka dasturini shakllantirib oldim va uni ilmiy rahbarim Rahimova Umidaga tasdiqlatdim. Stajirovka uchun kundalik daftar tayyorladim va uni stajirovka dasturi bilan birgalikda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdig‘idan o‘tkazdim.
Stajirovkaning tayyorlov bosqichi joriy yilning 31- yanvarda bo‘ldi. Termiz davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasi tashkilotchiligida stajirovka o‘tash joyi – Termiz davlat universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasiga bordik. Stajirovka rahbarim Rahimova Umida u yerdagi ilmiy-ijodiy muhit bilan tanishtirdi va ulardan kerakli maslahat va tavsiyalar oldim.
Stajirovka Termiz davlat universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasida 06.02.2023 dan 11.03.2023 gacha o‘taldi. Universitetda menga Rahimova Umida rahbarlik qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015-yil 30-oktyabrdagi 9-2015-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari talabalari tomonidan stajirovkani o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida tayyorlangan va universitet kengashining 2019-yil 31-yanvardagi 6-son yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan Dastur asosida stajirovka o‘taldi.
Stajirovkada maqsadli kasbiy ta’lim o‘quv reja va dasturlarini o‘zlashtirgan magistratura mutaxassisliklari talabalarida ilmiy-tadqiqot olib borish malakalarini shakllantirish, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish yo‘li orqali biz, magistrlarni eng yangi yutuqlari negizida tadqiqot olib borishga o‘rgatdi.
Stajirovka davomida fanning eng yangi yutuqlarini o‘rganish hamda magistrlik dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, magistrlik dissertatsiyasi (yoki uning bir qismi, bobi) uchun zarur bo‘lgan manbalar yig‘ildi, ular stajirovka o‘talayotgan joydagi mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda tahlil qilindi, zarur bo‘lgan tajriba-sinovlar o‘tkazildi, tajriba-sinovlar natijalari amaliyotchi pedagoglar, mutaxassislar muhokamasidan o‘tkazildi.
Bizning malakaviy amaliyotimiz mazkur vazifalarni o‘z ichiga oldi:
O‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha universitetda olgan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash;
Yuqori malakali, ko‘p yillik ish tajribasiga ega soha mutaxassislarining ish tajribalarini, tadqiqot olib borish, materiallarni tahlil qilish sir-asrorlarini o‘rganish;
Stajirovkaga borgan institut hayoti, uning faoliyat yo‘nalishi, ilmiy tadqiqot jarayoni bilan tanishish, institutdagi ishlarda faol qatnashish, mustaqil ish yuritish malakasini hosil qilish;
Tashkilotda o‘z mutaxassislik fani yuzasidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan mavzu tanlash, material to‘plash, ayrim sinov-tajriba ishlarini olib borish, tajribali mutaxassislar bilan suhbatlar o‘tkazish;
Tashkilotda reja asosida o‘tkazilgan ilmiy-nazariy anjumanlarda faol ishtirok etish va ularning tashkiliy ishlarida yordam berish.
Yuqoridagi va stajirovka Dasturida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi ishlar bajarildi:
Ilmiy rahbardan stajirovka kundaligini olish.
Termiz davlat universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasiga borish, universitet tomonidan tayinlanadigan stajirovka rahbarini aniqlash.
Stajirovka dasturida belgilangan topshiriqlarni bajarish yuzasidan maslahatlashib olish.
O‘zbekistondagi hamda boshqa mamlakatlardagi lingvopoetik tadqiqotlar haqida e’lon qilingan ishlar ro‘yxatini universitet tomonidan tayinlanadigan stajirovka rahbariga ko‘rsatish, stajirovka davomida yana qanday adabiyotlar ustida ishlashni kelishib olish.
O‘zbek tilida lingvopoetika qilingan ishlar jarayoni yoritilgan ilmiy ishlar bilan tanishib chiqish.
Termiz davlat universiteti O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi, bo‘limlari faoliyati bilan tanishish.
Universitetning yetakchi olimlari bilan tarjima jarayonida yuzaga keladigan yutuq va kamchililar, muammolar xususida suhbatlashish.
O‘zbekistondagi o’zbek tilida lingvopoetik tadqiqotlar haqida e’lon qilingan ishlar bilan tanishish, materiallar yig‘ish, tahlil qilish, magistrlik dissertatsiyasiga kiritilishi mumkin bo‘lgan materiallarni saralash, yozish.
Ilmiy rahbarim Suvanov Husniddin bilan birgalikda o’zbek tilida ijtimoiy- maishiy evfizimlar qilinayotgan yangiliklar, ilmiy ishlar haqida suhbatlashish, suhbat davomida magistrlik dissertatsiyasida foydalanish mumkin bo‘lgan muhim dalillarni qayd etish va ulardan foydalanish.
Termiz davlat universiteti kutubxonasiga borish va lingvopoetikaga oid ilmiy ishlar bilan tanishish. Termiz davlat universitetida o‘tkaziladigan yillik anjumanlar rejasi bilan tanishish va mavzu bo‘yicha anjumanga material tayyorlash, uni Termiz davlat universitetidagi stajirovka rahbariga ko‘rsatish, rahbarning maslahati asosida qayta tahrir qilish.
Termiz davlat universitetida gi stajirovka rahbaridan lingvopoetikaga oid dissertatsiyalar, avtoreferatlarni aniqlash va ular bilan tanishish.
Termiz davlat universitetidagi stajirovka rahbarining stajirovka natijalari haqidagi xulosasini yozdirish va imzolatish.
Har kuni bajarilgan ishlarni stajirovka kundaligiga qayd etib borish va Termiz davlat universitetidagi stajirovka rahbariga imzolatib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |