5.Topshiriqni bajarilish muddati: __________________________________________________________________
Ilmiy rahbar: ______________________ ___________
MAVZU: QO`L TO`PICHILARNING CHAQQONLIGINI TAKOMILLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH USULLARI
REJA:
I.Kirish II.Asosiy qism 2.1. Qo’l to’pi o’yinida o’rgatish usulubiyatlarining tavsifi.
2.2. Qo’l to’pi o’yinida hujum texnikasini o’rgatish usullari.
2.3. Qo’l to’pi o’yinida himoya texnikasini o’rgatish usullari.
2.4. Qo’l to’pi o’yinida darvozabonga o’yin texnikasini o’rgatish usullari.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH O’zbekistonning mustaqilligi va istiqboli yo’lidagi barcha islohotlar negizidagi tashkiliy, madaniy, sog’liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, sport va boshqa shu kabi muhim tadbirlar bugungi kunning asosiy vazifalariga aylanmoqda. Respublika Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek «Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta e’tibor berib kelinmoqda!»
Sport amaliyoti tajribasi shuni koʼrsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qoʼllaniladigan anʼanaviy uslub va vositalar koʼp yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida oʼz samaradorligini yoʼqotish yoki sustlashtirish mumkin. Natijada sport natijalari ham taraqqiyotidan toʼxtash ehtimoli emas. Bunday vaziyatning kelib chiqishi tabiiy holatdir. Chunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz boʼlmaydi, anʼanaviy yuklamalarga koʼnikma hosil boʼladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlarning sport maxoratini oʼstirishga “Qudrat”i yetmay qoladi. Yuqoridagi etilgan holatlar bizni sport mahoratini oshirish mashgʼulotlarida qo'lto'pi ixtisosligida taxsil oluvchi talabalarni maxsus jismoniy tayyorgarlik samaradorligini oshirishga moʼljallangan. Yildan - yilga sport gimnastika mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega boʼlib, ijro etilaѐtgan harakat kombinatsiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Bu esa oʼz navbatida maxsus jismoniy tayyorgarlikni bogʼliqligi yana ham katta dolzarblikni hosil qiladi. Shuning uchun jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida mashqning yagona shaklini oʼz vaqtida oʼzlashtirib olish uchun faqatgina tuzilishi jixatidan oʼxshash xarakatlarni oʼrganishga yoʼl qoʼymasdan, balki oʼzoʼzidan texnika bazasi boʼladigan qilib tuzish muhimdir.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun (2020 y.), «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» (2017 y.), «Sog’lom avlod» davlat dasturi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun (2000 y.) hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan qarorlar, farmonlar va nizomlarda o’quvchi-yoshlarni ma’naviy va jismoniy barkamolligini tarbiyalash kasb-hunarni egallashda zamonaviy bilimlar berish kabi muhim masalalar o’z ifodasini topgan.
Shu boisdan Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida boshqa sport turlari bilan bir qatorda qo’lto’piga alohida e’tibor qaratilib, muntazam shug’ullab institut to’lto’pi jamoasi tashkil qilinib viloyat shahar va respublika miqyosidagi musobaqalar faol ishtirok etib fahrli o’rinlarni egallab kelmoqda. Bunga misol qilib qo’lto’pi sport turi bo’yicha Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi Sirdaryoda bo’lib o’tgan Universiyada respublika bosqichida fahrli 3-o’rindi egallab instituti sharafini himoya qilib medallar taqdim etdi. Shuni alohida takidash kerakki mamlakatimizda qo’to’piga juda katta etibor qaratilgan.