III bob bo'yicha xulosa Mazkur bobda Surxondaryo shaharlari rivojlanishning asosiy muammolari va yo’nalishlari statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilingan. Shuningdek Shahar aholisi va uning ko’payishidagi asosiy muammolar va ularning yechimlari qisqacha yoritilgan.
Surxondaryo viloyatidagi shaharlar fuksiyalari xususan, vuiloyat ma’muriy markazi hisoblangan Termiz shahrining mintaqada tutgan o’rni, shaharlashuv jarayoni hamda asosiy ishlab chiqarish va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari viloyat nuqtayi nazaridan ko’rib chiqildi.
Shuningdek mazkur bobning Surxondaryo viloyati shaharlari va shahar aholisi rivojlanishining asosiy muammolari va istiqbollari deb nomlangan uchinchi rejasida viloyat shaharlari hamda shahar aholisining hozirgi kundagi asosiy muammolari ko’rib chiqilgan va viloyat shaharlarini rivojlantirish zarur ekanligi ta’kidlab o’tilganligi bilan bir qatorda viloyat shaharlarining iqtisodiy geografik o’rni baholangan.
Xulosa Hozirgi kunda jahon taraqqiyotini shaharlar boshqarib bormoqda. Masalan, biz bilgan o’sha mashhur Tokio, Nyu-York, London, Parij, Moskva shaharlari dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va moliyaviy markazlar sanaladi.
Mamlakatimiz ham shaharlar bilan yetarli taminlanganligini bajarilgan “Bituruv malakaviy ishi” dan ham ko’rishimiz mumkin. 2018 yil malumotlariga ko’ra respublikamizda jami shaharlar soni 119 tani tashkil etadi. Shaharchalar soni esa 1000 dan ortiqni tashkil etadi. Shunga qaramay, shaharlar rivojlanishida qator muammolar bor, ularning aksariyati mayda shaharlar, aholi soni kamchiliklar tashkil etadi, shahar qurilishi, planirovkasi, aholisining turmush tarzi qishloqlarga hosligini ko’rishimiz mumkin. Bu muammolarni hal etish borasida Respublika Prezidenti Sh. Mirziyoyev “Urbanizatsiya jarayonlarini tubtan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Farmonini qabul qildi va “O’zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish Konsepsiyasini” ishlab chiqishni lozim deb topdi. Shu bois yuqorida keltirilgan Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning farmoniga muvofiq shaharlar rivijlanishiga juda katta e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda 2009-yilda 965 ta qishloqqa shaharcha maqomi berilganligidan ham bilishimiz mumkinki respublika shaharlariga juda katta e’tibor qaratilayotgani bilishimiz mumkin.
Shu bois Surxondaryo viloyati shaharlariga ham katta e’tibor qaratilgan. Viloyatning deyarli barcha shahar va shaharchalari tekislik qismida, ya’ni Surxon- Sherabod vodiysida joylashgan. Bu viloyat shaharlarini yanada rivojlantirishga yaxshi imkon yaratib beradi. Surxondaryo viloyatining markazi hisoblangan Termiz shahri, yangi yerlarni o‘zlashtirish asosida vujudga kelgan bo’lsa Sherabod, Jarqo’rg’on, gidrotexnik inshootlar qurilishi munosabati bilan shakllangan shahar hisoblanadi. Umuman olganda, tekislik qismida kuchli zilzilalar va sel hodisalarining kamdan – kam kuzatilishi, katta miqdorda mineral hom ashyo zahiralarining aniqlanganligi, yer ustining tekisligi shaharlar shakllanishiga ijobiy ta’sir etsa, ichimlik suv manbalarining yetarli emasligi, iqlimning turli noqulayliklari, jazirama kunlarning ko’pligi bunga aks ta’sir qiladi. Ammo, shahar aholi manzilgohlarining juda ko’plab qismi shu hududda joylashgan bo’lib, ular ikki asosiy gidrologik havzalardan iborat. Viloyat shaharlari deyarli bitta meridian bo’ylab joylashgan ya’ni, Surxondaryo daryosi bo’ylab joylashganligini ko’rishimiz mumkin. Huddi shu yo‘nalishda viloyatning asosiy sanoat shaharlari Denov, Sharg’un, Sho’rchi, Boysun, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz va 85 ta shaharcha joylashgan. Ularda viloyat shahar aholisining 81 foizdan ortiqrog’i jamlangan. Daryo suvidan samarali foydalanish maqsadida o’tgan asrning oltmishinchi yillarida Janubiy Surxon suv ombori bunyod etilgan va shu omil Qumqo’rg’on shahri shakllanishida yetakchi o’rin egallagan. Mustaqillik yillarida To’palang daryosida shu nomdagi suv ombori barpo etildi va GES qurish ishlari davom ettirilmoqda. Bu esa kelajakda yangi “resurs” shaharchalar vujudga kelishiga imkon yaratadi. Viloyatning ikkinchi suv havzasi Sheroboddaryo bo‘lib, u uzunligi bo’yicha Surxondaryodan atigi 10 km.ga qisqa, ammo havza maydoni va, ayniqsa oqim hajmiga ko‘ra undan bir necha o’n barobar kichik. Shu tufayli mazkur daryo havzasida faqat bitta Sherobod shahri shakllangan, xolos. Shuningdek, Sherobod, Angor, Muzrabot tumanlarining yangi shaharchalari ham aynan shu havzaga tegishli. Hozirgi vaqtda viloyat aholisining ¼ qismi Sheroboddaryo havzasida istiqomat qiladi.
Viloyatda 2009-yilgi o’zgarishlar natijasida viloyat shaharlari 107 taga ko’paydi. Bu shaharlarning aksariyati agro shahar va shaharchalardan iborat. Shaharlarning ko’pida asosan qishloq xo’jalik mahsulotlari qayta ishlanadi.
Ushbu tadqiqotda viloyat shaharlarining rivojlanishida iqtisodiy geografik o’rin omilining ta’siri o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi viloyat shaharlarini o’rganishdan ko’rib chiqildi. Olib borilgan izlanishlar natijasiga ko’ra quyidagicha xulosaga kelish mumkin.
Viloyat iqtisodiy geografik o’rni barcha tarixiy rivojlanish bosqichlari davomida uning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko’rsatib kelgan. Geografik o’rni viloyat shaharlarining rivojlanishiga ham o’z ta’sirini ko’rsatib kelmoqda.
Surxondaryo viloyatning siyosiy geografik o’rni ham viloyat shaharlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ayniqsa viloyatning janubidan chegaradosh bo’lgan Afg’oniston Respublikasidagi geosiyosiy holat viloyatning nafaqat shaharlarining balki, viloyat iqtisodiy salohiyatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Viloyat shaharlarining rivojlanishiga viloyatga kiritilayotgan invistetsiyalar kamligi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Invistetsiyalar kamligiga ham sabab viloyatning geosiyosiy jihatdan notinch bo’lgan qo’shnisi borligidadir. Afg’oniston orqali qurilayotgan temir yo’l bitsa viloyatda juda katta o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda. Mazkur temir yo’l orqali O’zbekiston dengizga chiqish imkonini qo’lga kiritadi. Bu o’z navbatida Surxondaryo viloyatini rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, Termiz shari yanada gullab yashnashi va respublikaning eng yirik shaharlari qatoriga kirishi nazarta tutilgan. Bu esa albatta muhim ahamiyat kasb etadi.
Urbanizatsiya jarayonlarining davlat tomonidan samarali tartibga solinishini ta’minlash hamda yer uchastkalarining aylanmasi va ulardan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
Surxondaryo viloyati urbanizatsiyalashuv muammolari va ularning yechimlari mavzusi yuzasidan urbanizatsiya jarayonlarini yaxshilash masalasida quyidagi xulosalarni berish mumkin:
mutlaqo yangi uy-joy siyosatini amalga oshirish asosida urbanizatsiya jarayonlarini faollashtirish, ipotekani kreditlash va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslarini jalb qilish mexanizmlaridan foydalangan holda, arzonlashtirilgan turar joylarni qurishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida yangi uy-joy massivlarini bunyod etish;
jismoniy va yuridik shaxslar uchun turar joy va noturar joy bino va inshootlar ostidagi yer uchastkalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishni kafolatlash, yer uchastkalarini fuqarolik muomalasiga kiritish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Termiz, Denov va tuiman markazlari aholisining farovonligini ta’minlash, iqtisodiy va sanoat resurslaridan foydalanishni kengaytirish hisobiga ushbu shaharlar aholisini to‘liq va samarali bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, shuningdek hududlardagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari asosida texnoparklar tashkil qilish va ularning tizimini mustahkamlash;
Viloyat markazi va tuman markazlarida, xizmat va servis sohalarida aholining daromadlarini oshirish va barqaror ish joylarini yaratish omili sifatida aglomeratsiyalarning afzalliklaridan foydalanishni nazarda tutgan holda o‘rta shaharlarni, shu jumladan tuman markazlarini boshqarishda ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish;
Viloyat shaharlashuv jarayonini tezlashtirish maqsadida ichki transport yo’llarini yaxshilash va xizmat sifatini oshirish.
Ushbu magistrlik dissertatsiya natijasida yuqoridagi xulosalar qilindi.