O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Metall buyumlari ishlab chiqarish



Download 48,9 Kb.
bet4/14
Sana26.04.2023
Hajmi48,9 Kb.
#931976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Humoyn 030752

Metall buyumlari ishlab chiqarish besh jarayondan iborat. Metall buyumlari quyish bosim va kukun metallurgiyasi usullarida bajariladi. Quyish usulida buyumlar qoliplar yordamida tayyorlanadi. Masalan, isitish radiatorlari qum qoliplari yordamida, buyumlarning qismlari bosim orqali quyish va quvurlarga quyib aylantirish usulida ishlab chiqariladi. Bosim usuliga jo’valar yordamida chigirlash (prokatka) yo’li bilan tunuka, sim, tunukalarni shtam plarda qirqib yoki egib oshxona asboblari va idishlar, bosqon bilan bolg’alab turli buyumlar ishlab chiqarish kiradi. Kukun metallurgiyasi usulida qiyin eriydigan volframdan maydalab yuqori tebranishdagi tok yordamida qizdirish natijasida elektr lampalarining cho’g’lanish simlari olinadi. Metall buyumlari sirtiga mexanik ishlov berish to’rt usulda bajariladi:

  1. Tirnash (krasovka) — quym a buyumlarning sirtini aylanayotgan metal

cho’tkalar yordamida tekislash. 2. Jilvirlash — mayda buyumlarning sirtini aylanayotgan barabanlardagi jilvirlash kukuni yordam ida tekislash. 3. Silliqlash (shlifovka) — hunarm andchilik asboblarining kesuvchi qismlarini jilvirlash toshlari yordamida charxlash. 4. Sayqallash (polirovka) — alumin, latun va zanglamaydigan po’latdan qilingan buyumlar sirtini oynaday silliqlash.
Metall buyumlari qismlarini ulash besh usulda amalga oshiriladi:

  1. Parchinlash — idishlarning dastasini m ixparchin yordam ida ulash.

2.Biriktirish — alum in va ruxlangan idishlar ishlab chiqarishda tunukaning chetini buklash. 3. Kavsharlash — buyum qismlarini oson eriydigan qotishmalar bilan ulash. Oziq-ovqat idishlarining qismlari tarkibida 10% qo’rg’oshini bor qalayi bilan qolgan po’lat buyumlarining qismlari tarkibida — 39 % qo’rg’oshini bor qalayi bilan, alum in idishlari tarkibida 10% ruxi bor qalay bilan latun choynaklarining jo’m ragi tarkibida 46 yoki 64% ruxi bor mis qotishmasi va elektr sovitkichlarning doimiy tebranishdagi qismlari tarkibida 25 yoki 45 % kumushi bor latun bilan kavsharlanadi. 4. Taxtakachlash — o’rnashuvi zich bo’lgan quvurlarni bir-biriga kiritib, bosim natijasida biriktirish. 5. Payvandlash — qismlar uchini eritib ulash. Eritish uchun atsetilen yoki o’zgarmas tok ishlatiladi.
Po’lat buyumlariga issiqlik yordamida ishlov berish uch xil bo’ladi: 1. Yumshatish — muayyan haroratgacha qizdirib, pech bilan birga juda sekin sovitish natijasida buyumni ichki kuchlanishlardan xoli qilish. Bunda po’latning tarkibi mayda donali ferrit (sof temir) va sementitdan tashkil topadi. Hunarmandchilik asboblari va uy-ro’zg’or mashinalarining qismlariga shunday ishlov beriladi. 2. Chiniqtirish — muayyan haroratgacha qizdirib, sovuq suvda sovitish natijasida buyumning qattiqligini oshirish. Bunda po’latning tarkibidagi karbon temir cham baragiga o ‘rn ash g an ich a qolaveradi. Hunarmandchilik asboblarining kesuvchi qismi shu usulda toblanadi. 3. Bo’shatish — 723°C gacha qizdirib, pech bilan birga sekin sovitish natijasida toblash. Bunda hosil bo’lgan ichki kuchlanish olib tashlanadi.
Qora metall buyumlarini yemirilishdan saqlash. Metall buyumlar ikki xil usulda yemiriladi: 1. Kimyoviy yemirilish. Rangli metallar havodagi kislorod t a ‘sirida oksid pardasi bilan qoplanganligi tufayli elektr-kimyoviy yemirilishga chidamli bo’ladi. Misning nam havoda ko’karishi, kumush va misning vodorodli oltingugurt muhitida qorayishi ham kimyoviy yemirilishga kiradi. 2. Elektr-kim yoviy yemirilish.
Qora metall buyumlarni yemirilishdan saqlash uchun quyidagi uch usul qo’llaniladi:

    1. Metallni passivlashtirish. Buning uchun metall legirlanadi yoki buyum

sirti sayqallanadi.

    1. Tashqi muhitni passivlashtirish. Bu maqsadda ingibitor (aminlar,

ammoniy va benzoy kislotasi tuzlari) va qurituvchilar (silikagel) ishlatiladi. Qimmatbaho elektron asboblar tashish paytida ingibitor shimdirilgan qog’ozga o’raladi yoki qutilarga joylashdan oldin asbob qurituvchi solingan polietilen xaltachaga berkitiladi. Ingibitor asbob ustida suyuq bo’lmagan parda hosil qiladi. Qurituvchi namni shimib oladi.

    1. Metallni tashqi muhitdan ayirish. Bunga erishish uchun buyumlarning

usti zanglamaydigan metall yoki boshqa moddalar bilan qoplanadi. Metall bilan qoplash usuli buyumni yemirishdan saqlashiga qarab, anod va katod turlariga bo’linadi. Anod qoplash usulida, masalan, po’latni ruxlashda va latunni nikellashda, birinchi navbatda qoplangan qatlam yemiriladi. Katod qoplashda esa, masalan, po’lat ustini nikellashda, aksincha, birinchi navbatda buyum yemiriladi. Ammo qalayi oziqaviy kislotalar eritmasida kompleks tuzlar hosil qilishi sababli manfiy potensialga ega bo’lib, konserva bankasini yemirishdan saqlaydi.
Qoplash buyumlarni metall eritmasi botirish va galvan usullarida bajariladi. Birinchi usul bo’yicha qoplashda yengil eruvchi metallar, chunonchi qalay va rux ishlatiladi. Rux bilan qoplashda qirov shaklida naqsh solish uchun eritmaga 0,15 % alumin qo’shiladi. Galvan usulida qoplashda o’zgarmas tok qo’llaniladi. Buyumga manfiy tok zaryadini, tosga esa musbat zaryadni ulab, qoplanadigan metall tuzga botiriladi. Nikel g’ovak qatlam hosil qilgani uchun nikellanadigan buyum avval mis bilan qoplanadi.
Metall boim agan moddalar bilan qoplashga oksidlash, sirlash. bo’yash va polimer bilan qoplash usullari kiradi. Oksid qatlamlar kimyoviy va elektr-kimyoviy usullarda hosil qilinadi. Masalan, hunarmandchilik asboblari yoki deraza-eshik anjomlari natriy ishqori va natriy nitratining qaynoq eritmasiga botirib olinsa, ustida temir oksidining qora rangli qatlami hosil bo’ladi. U namga chidamsizligi uchun tashishda buyumlar yog’lanadi. Alumin idishlari va attorlik buyumlari sirtida elektroliz usulida 15 mkm qalinlikdagi oksid qatlami hosil qilinadi. Elektrolizda buyum anod vazifasini bajargani uchun jarayonga anodlash deyiladi. Qatlam ilma-teshikli bo’lganligi sababli buyumlar bo’yaladi. Qora metalldan yasalgan idishlarni sirlashda silikat emali ishlatiladi. Uning tarkibi 50% krem nezyom, 20% soda, 30% alumin oksidi va ozgina titan oksididan iborat. Idishlarning chekkasiga surtiladigan sir tarkibida kobalt oksidi ham bor. Ba’zi tovarlarning ichi, shuningdek, dazmollarning tagi o’tga chidamli teflon (tetraftor etan) bilan qoplanadi.



    1. Download 48,9 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish