«O‘zbekiston respublikasi oliy majlisiga saylov to‘G‘risida»gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish haqida


II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI



Download 486 Kb.
bet4/4
Sana27.02.2017
Hajmi486 Kb.
#3440
1   2   3   4
II. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING SENATINI ShAKLLANTIRISh TARTIBI

50-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatini shakllantirish

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata) (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, Senat a’zolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.

Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

Senatning o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senatning vakolat muddati — besh yil.

51-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунига hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladi.

52-modda. Senatga saylov o‘tkazish muddatlari

Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi.

53-modda. Senat a’zoligiga saylanadigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat a’zoligiga saylanish uchun nomzod bo‘lishi mumkin.

54-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlisining vakolatliligi

Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisi, agar unda deputatlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi.

55-modda. Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish, ovoz berishni o‘tkazish

Davlat hokimiyati vakillik organlarining qo‘shma majlisini chaqirish, Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish, shuningdek ovoz berishni o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida Senat a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risidagi nizom Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

56-modda. Senat a’zolarining saylovi bo‘yicha ovoz berish natijalarini aniqlash

Ovoz berish natijalariga ko‘ra boshqa nomzodlarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan Senat a’zoligiga nomzodlar, basharti davlat hokimiyati vakillik organlarining majlisda hozir bo‘lgan deputatlarining ellik foizidan ortig‘i ularni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan deb hisoblanadi.

57-modda. Takroriy ovoz berish

Agar ovoz berish chog‘ida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa, saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun ovozlarning zarur miqdorini to‘plamagan nomzodlar bo‘yicha davlat hokimiyati vakillik organlarining ana shu qo‘shma majlisining o‘zida takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.

58-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari

Markaziy saylov komissiyasi davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining bayonnomalari asosida, bu bayonnomalar kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay, Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi.

Agar saylov davomida, ovozlarni sanab chiqishda, yashirin ovoz berish natijalarini aniqlashda ushbu Qonun talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.

59-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari ustidan shikoyat berish

Davlat hokimiyati vakillik organlari qo‘shma majlislarining, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining Senat a’zolarining saylovi to‘g‘risidagi qarorlari ustidan qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat berilishi mumkin.

60-modda. Senat a’zolarining takroriy saylovi

Senat a’zolarining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

a) agar saylov haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

b) agar takroriy ovoz berish natijasida belgilangan miqdorda Senat a’zolari saylanmagan bo‘lsa.

Ushbu modda birinchi qismining «б» бандида nazarda tutilgan hollarda takroriy saylov saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligi uchun o‘tkaziladi.

Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.

Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish va takroriy saylov o‘tkazish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

61-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolarining saylovini o‘tkazish

Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi.

Senat vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Senat a’zosining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa Senatning yangi a’zosi saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

62-modda. Senatni shakllantirish yakunlarini e’lon qilish

Markaziy saylov komissiyasi Senatni shakllantirish yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Senat a’zolarining ro‘yxatini ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.

III. YaKUNLOVChI QOIDALAR

63-modda. Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni

Qonunchilik palatasi deputatiga va Senat a’zosiga tegishincha Qonunchilik palatasi deputatining hamda Senat a’zosining guvohnomasi va ko‘krak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Qonunchilik palatasi deputatining va Senat a’zosining guvohnomasi hamda ko‘krak nishoni namunalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

64-modda. Saylovning moliyaviy ta’minoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senat a’zoligiga nomzodlarni boshqa mablag‘lar hisobidan moliyaviy ta’minlash va moddiy jihatdan o‘zga tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.

Siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar saylov o‘tkazish uchun o‘z mablag‘larini ixtiyoriy ravishda berishlari mumkin. Bu mablag‘larni Markaziy saylov komissiyasi saylov kampaniyasi vaqtida foydalanish uchun qabul qilib oladi.

65-modda. Ushbu Qonunni buzganlik uchun javobgarlik

Олдинги tahrirga qarang.

Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylash va saylanish, saylovoldi tashviqoti olib borish huquqlarini amalga oshirishlariga zo‘ravonlik, aldash, tahdid qilish yoki boshqa yo‘l bilan qarshilik ko‘rsatuvchi shaxslar, shuningdek soxta saylov hujjatlari tuzgan, ovozlarni atayin noto‘g‘ri sanab chiqqan, ovoz berish yashirinligini buzgan yoki ushbu Qonun boshqacha tarzda buzilishiga yo‘l qo‘ygan saylov komissiyalarining a’zolari, boshqa mansabdor shaxslar, siyosiy partiyalarning vakillari qonunga muvofiq javobgar bo‘ladilar. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod yoki Senat a’zoligiga nomzod to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni e’lon qilgan yoki o‘zgacha tarzda tarqatgan shaxslar ham javobgarlikka tortiladilar.

(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)



 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 146-147-моддаларига qarang.

Олдинги tahrirga qarang.

Ovoz berish kuniga qadar uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga) joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.



(65-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Manba: www.lex.uz
Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish