«O‘zbekiston respublikasi oliy majlisiga saylov to‘G‘risida»gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish haqida


-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish



Download 486 Kb.
bet3/4
Sana27.02.2017
Hajmi486 Kb.
#3440
1   2   3   4
33-modda. Fuqarolarni saylovchilar ro‘yxatlari bilan tanishtirish

Олдинги tahrirga qarang.

Saylovchilarning ro‘yxatlari saylovga o‘n besh kun qolganida, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa stasionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida esa saylovga yetti kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim qilinadi. Uchastka saylov komissiyasi ro‘yxat bilan tanishish joyi va vaqti to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etadi.

(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati ta’minlanadi.

34-modda. Saylovchilar ro‘yxatlari xususida bahslashuv

Har bir fuqaro saylovchilar ro‘yxatidagi xato yoki noaniqlik to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasiga arz qilishi mumkin. Uchastka saylov komissiyasi 24 soat ichida bunday arizani ko‘rib chiqishi va xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud arizachiga uning arizasi rad etilganligi to‘g‘risida asoslantirilgan javob berishi shart.

Saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 272-моддасига qarang.

Олдинги tahrirga qarang.

35-modda. Saylov byulleteni

Олдинги tahrirga qarang.

Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tug‘ilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatiladi.

(35-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risida tushuntirish bo‘lishi kerak.

Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining ko‘pchilik aholisi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi.

(35-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

36-modda. Saylov byulletenlarini yetkazib berish

Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan saylovga kamida uch kun qolganida oladilar. Saylov byulletenlari berilganligi va olinganligini tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais o‘rinbosari yoxud kotibi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydilar.

Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Saylov byulletenining o‘ng tomoni yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki a’zosi imzo qo‘yadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi. Komissiya tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.

7-bob. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash

37-modda. Ovoz berish binosi

Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda o‘tkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdorda kabinalar yoki xonalar tayyorlangan bo‘lishi, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Saylov qutilari ularning yoniga ovoz beruvchilar albatta yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalaridan o‘tib boradigan qilib joylashtiriladi. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir o‘tkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish mas’uliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida bo‘ladi.

38-modda. Ovoz berish vaqti va joyi

Олдинги tahrirga qarang.

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha o‘tkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida o‘n kun qolganida saylovchilarni xabardor qiladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa stasionar davolash muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida, agar ro‘yxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib bo‘lgan bo‘lsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini e’lon qilishi mumkin.

(38-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

39-modda. Ovoz berishning boshlanishi

Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki qismi hozir bo‘lgandagina ochiladi. Saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari hozirligida saylov qutisini muhrlaydi, saylov byulletenlari va saylovchilarning ro‘yxatlarini komissiya a’zolari o‘rtasida taqsimlaydi hamda saylov boshlanganligini e’lon qiladi. Saylov byulletenlarining umumiy soni alohida hujjat bilan rasmiylashtiriladi.

40-modda. Saylovchining shaxsini aniqlash

Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining a’zosiga o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatadi hamda saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

Biron-bir sababga ko‘ra saylovchilar ro‘yxatiga familiyasi kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar ro‘yxati ilovasiga kiritiladi.

41-modda. Ovoz berish tartibi

Saylov byulleteni ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to‘ldiriladi. Saylov byulletenini to‘ldirish vaqtida ovoz beruvchidan boshqa shaxslarning hozir bo‘lishi taqiqlanadi. Saylov byulletenini mustaqil ravishda to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan va nomzodlarning ishonchli vakillaridan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.

Олдинги tahrirga qarang.

Saylovda saylovchi o‘zi yoqlab ovoz berayotgan deputatlikka nomzodning familiyasi ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi-krestik qo‘yadi.

(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Ovoz beruvchi to‘ldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.

Buzib qo‘yilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga ko‘ra yangisi bilan almashtirilishi mumkin. Buzib qo‘yilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, bekor qilinishi va alohida saqlanishi lozim.

Олдинги tahrirga qarang.

Saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berish saylovga o‘n kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi. Muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning, ommaviy axborot vositalari vakillarining e’tiboriga yetkaziladi.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligi sabablari (ta’til, xizmat safari, chet elga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida o‘z yashash joyidagi uchastka saylov komissiyasidan saylov varaqasini oladi. Saylovchi saylov varaqasini olganligi haqida uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.

Saylov varaqasi maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan to‘ldiriladi.

Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov varaqasini yopiq konvertda uchastka saylov komissiyasida qoldiradi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka saylov komissiyasi ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular komissiyaning muhri va saylovchining imzosi bilan tasdiqlanadi.

Saylov varaqasining shakli va uni tayyorlash tartibi, shuningdek saylov varaqalarini saylov uchastkalariga yetkazib berish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

(41-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan beshinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Ayrim saylovchilar salomatligining yaxshi emasligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, ularning iltimosiga binoan, uchastka saylov komissiyasi komissiya a’zolariga ovoz berishni ana shu saylovchilar turgan joyda tashkil etishni topshiradi.

42-modda. Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish

Ovoz berish tugagach, saylov qutilarini ochishdan oldin uchastka saylov komissiyasining a’zolari hozirligida saylov varaqalari solingan yopiq konvertlar qutilarga tashlanadi. Foydalanilmagan barcha saylov byulletenlari uchastka saylov komissiyasi tomonidan sanab chiqiladi va bekor qilinadi.

Saylov qutilari uchastka saylov komissiyasining raisi ovoz berish tugaganini e’lon qilganidan keyin uchastka saylov komissiyasi tomonidan ochiladi. Ovoz berish tugaguniga qadar saylov qutilarini ochish qat’iyan taqiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi uchastkadagi saylovchilarning umumiy sonini, saylov byulletenlari olgan saylovchilarning sonini aniqlaydi.

Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida har bir deputatlikka nomzod bo‘yicha berilgan ovozlarni alohida-alohida sanab chiqadi.

Saylov qutilaridagi saylov byulletenlari va varaqalariga asosan uchastka saylov komissiyasi:

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning umumiy sonini;

Олдинги tahrirga qarang.

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

(42-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Saylovchilar tomonidan saylov byulletenlari va varaqalariga qo‘shimcha tarzda yozilgan fuqarolarning familiyalari bo‘yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

Олдинги tahrirga qarang.

Belgilanmagan namunadagi saylov byulletenlari va varaqalari, shuningdek ovoz berish chog‘ida bittadan ortiq kvadratga belgi-krestik qo‘yilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgi qo‘yilmagan saylov byulletenlari va varaqalari haqiqiy emas deb topiladi. Saylov byulletenining, varaqasining haqiqiyligi shubha tug‘dirsa, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qo‘yish orqali hal etiladi.

(42-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

Saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili ishtirok etishi mumkin.

Ovozlarni sanab chiqish natijalari uchastka saylov komissiyasining majlisida ko‘rib chiqiladi va saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, boshqa a’zolari tomonidan imzolanadigan bayonnomada aks ettiriladi. Shundan keyin bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais o‘rinbosari tomonidan o‘qib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning ko‘chirma nusxasi uchastka saylov komissiyasi binosida hamma tanishib chiqishi uchun 48 soatdan kam bo‘lmagan muddatga osib qo‘yiladi. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi tegishli okrug saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Ovozlarni sanab chiqish jarayonida ishtirok etayotgan siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish huquqiga ega.

(42-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонунига asosan sakkizinchi — o‘ninchi qismlari bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

43-modda. Okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash

Saylov okruglari bo‘yicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etilgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:

okrug bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;

Олдинги tahrirga qarang.

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

(43-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Қонунhujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Okrug bo‘yicha saylov natijalari saylov komissiyasi majlisida aniqlanadi va bayonnomada aks ettiriladi. Bayonnoma saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari tomonidan imzolanadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi.

44-modda. Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovining natijalarini aniqlash

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar asosida:

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha saylovchilarning umumiy sonini;

saylov byulletenlari va varaqalari olgan saylovchilarning sonini;

ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning sonini;

Олдинги tahrirga qarang.

har bir deputatlikka nomzodni yoqlab berilgan ovozlar sonini;

(44-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari va varaqalari sonini aniqlaydi.

Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar yarmidan ko‘pining ovozini olgan deputatlikka nomzod deputat etib saylangan deb hisoblanadi.

Agar saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning o‘ttiz uch foizidan kami ishtirok etgan bo‘lsa, saylov o‘tmagan deb topiladi.

Saylov chog‘ida yo‘l qo‘yilib, oqibat natijada ovoz berish yakunlariga ta’sir qilgan qoidabuzarlik tufayli saylov umuman yoki ayrim saylov okruglari yoxud ayrim saylov uchastkalari bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Saylovni haqiqiy emas deb topishga doir qaror Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va bu qaror ustidan saylov yakunlari e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.

Ayrim saylov uchastkalarida saylov haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ana shu uchastkalar bo‘yicha ovoz berish natijalarisiz ham umuman saylov haqiqiy deb topilishi mumkin ekanligi inobatga olingan holda bu natijalar Markaziy saylov komissiyasining qaroriga binoan saylovning umumiy natijalaridan chiqarib tashlanadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari bo‘yicha bayonnoma tuzadi va qaror qabul qiladi.

Олдинги tahrirga qarang.

45-modda. Takroriy ovoz berish

Agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan birontasi ham saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berishni o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etgan holda ikki hafta ichida o‘tkaziladi.

Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan ko‘proq olgan deputatlikka nomzod, saylangan deb hisoblanadi.

Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.

(45-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 3 dekabrdagi 714-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 51-son, 514-modda)

46-modda. Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:

a) agar saylov okrugida saylov o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;

b) agar takroriy ovoz berish Qonunchilik palatasiga deputat saylanganligini aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa;

v) agar saylov okrugi bo‘yicha deputatlikka ko‘pi bilan ikki nomzod ovozga qo‘yilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bo‘lsa.

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi Markaziy saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda Markaziy saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan avvalgi saylov uchastkalarida va saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Qonunchilik palatasi deputatining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oylik muddat ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

47-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovini o‘tkazish

Markaziy saylov komissiyasi ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan, boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda tegishli saylov okruglarida yangi saylov o‘tkaziladi. Saylov Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov o‘tkazilishiga kamida bir oy qolganida tayinlanadi va ushbu Qonunning talablariga rioya qilgan holda tashkil etiladi. Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun, uchastka saylov komissiyalari esa o‘n besh kun qolganida tuziladi. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘n besh kun qolganida tugallanadi.

Qonunchilik palatasi vakolat muddatining tugashiga olti oydan kam vaqt qolganida Qonunchilik palatasi deputatining o‘rni bo‘shab qolsa, bo‘shab qolgan o‘ringa yangi deputat saylovi o‘tkazilmasligi mumkin.

Олдинги tahrirga qarang.

71-bob. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlarni saylash tartibi

471-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati mazkur harakatning oliy organi (Konferensiyasi) tomonidan Markaziy saylov komissiyasi belgilaydigan muddatlarda saylanadi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.

472-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari etib saylanadigan shaxslarga ushbu Qonun 2-moddasining иккинчи va учинчи қисмларидаhamda 25-моддасида nazarda tutilgan talablar qo‘yiladi.

473-modda. Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining vakili O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar ro‘yxatini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi. Ro‘yxatga quyidagilar ilova qilinadi:

O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining mazkur harakatdan Qonunchilik palatasiga deputatlar saylash to‘g‘risidagi qarori;

O‘zbekiston ekologik harakati oliy organi majlisi bayonnomasidan ko‘chirma, unda O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi ko‘rsatiladi;

saylangan deputatning deputat etib ro‘yxatga olingan taqdirda bajarib turgan ishidan (xizmatidan) bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining hujjatlarni taqdim etgan vakiliga ularning qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi. Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining vakiliga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.

474-modda. O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovi

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga deputatlar saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan hollarda O‘zbekiston ekologik harakatidan deputatlarning takroriy saylovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarining takroriy saylovini o‘tkazish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

475-modda. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga saylangan ayrim deputatlarning vakolatlarini haqiqiy emas deb topgan taqdirda, shuningdek deputat chaqirib olingan yoki boshqa sabablarga ko‘ra deputatlik vakolatlari muddatidan oldin tugatilgan hollarda yangi saylov o‘tkaziladi.

(Qonun 71-bob bilan O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонунига asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

8-bob. Deputatlarni ro‘yxatga olish va saylov yakunlarini e’lon qilish

48-modda. Qonunchilik palatasi deputatlarini ro‘yxatga olish

Олдинги tahrirga qarang.

Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalaridan olingan bayonnomalar, O‘zbekiston ekologik harakati oliy organining tegishli qarori asosida Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi va bu haqda deputatlarni xabardor etadi.

Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan shaxslar Markaziy saylov komissiyasiga Qonunchilik palatasi deputatining maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan vazifalarni o‘z zimmasidan soqit qilganligi to‘g‘risida yozma ravishda ma’lum qilishi shart.

Deputat etib saylangan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan shaxslar Markaziy saylov Komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran Qonunchilik palatasi deputati maqomiga ega bo‘ladi.

(48-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

49-modda. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovining yakunlarini e’lon qilish

Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni va Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlarning ro‘yxatini deputatlarning familiyasi, ismi, otasining ismini, tug‘ilgan yili, partiyaga mansubligi, egallab turgan lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, saylov okrugining tartib raqami va nomini ko‘rsatgan holda o‘n kundan kechiktirmay matbuotda e’lon qiladi.


Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish