«O‘zbekiston respublikasi oliy majlisiga saylov to‘G‘risida»gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish haqida


-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili



Download 486 Kb.
bet2/4
Sana27.02.2017
Hajmi486 Kb.
#3440
1   2   3   4
171-modda. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili

Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiya saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a’zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli.

(Qonun 171-modda bilan O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонунига asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

18-modda. Saylov komissiyalarining qarorlari ustidan tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish

Олдинги tahrirga qarang.

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan ana shu qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida yuqori saylov komissiyasiga yoki sudga shikoyat qilishlari mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ustidan qaror qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin. Shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga olti kundan kam vaqt qolganda esa darhol ko‘rib chiqilishi kerak. Shikoyat bergan shaxslar shikoyat ko‘rib chiqilishida bevosita ishtirok etish huquqiga ega.

(18-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

4-bob. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish va ularni ro‘yxatga olish

19-modda. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish

Saylov kampaniyasi boshlanganligi avvalgi chaqiriq Qonunchilik palatasi deputatlarining vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

20-modda. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqi

Олдинги tahrirga qarang.

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish huquqiga siyosiy partiyalar egadirlar.

(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan, saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi kamida qirq ming saylovchining imzosini to‘plagan taqdirdagina deputatlikka nomzodlar ko‘rsatishi mumkin.

(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Belgilangan namunadagi imzo varaqalari saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingandan keyin Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi.

Олдинги tahrirga qarang.

Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahri) siyosiy partiya qirq ming saylovchining ko‘pi bilan sakkiz foizi imzosini to‘plashi mumkin.

(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

Imzo varaqalarida imzolar soxtalashtirilgan taqdirda Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyaning saylovda qatnashish huquqini rad etadi.

(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

21-modda. Saylovda ishtirok etish uchun siyosiy partiyalar taqdim etadigan hujjatlar

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

partiya rahbari tomonidan imzolangan saylovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza;

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi;

(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

imzo varaqalari.

Ushbu moddaning биринчи қисмида ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilgach, Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana qayd etilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyaning saylovda qatnashishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Saylovda ishtirok etuvchi siyosiy partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish tartibiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi.

22-modda. Deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan nomzodlar ko‘rsatish

Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugaydi.

Deputatlikka nomzodlar siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan ko‘rsatiladi.

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiyalar deputatlikka bir yuz o‘ttiz besh nafar nomzod, ya’ni har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod ko‘rsatishga vakolatlidir. Bir shaxs faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzod tanlash tartibini siyosiy partiyalarning o‘zlari hal etadilar.

(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

Xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi lozim.

(22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 27 avgustdagi 671-II-son Қонуни tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 37-son, 408-modda)

Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Олдинги tahrirga qarang.

(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

231-modda. Imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirish

Siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshiriladi.

Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish uchun ichki ishlar organlarining, adliya organlarining, shuningdek aholini hisobga olish bilan shug‘ullanuvchi muassasalarning mutaxassislarini jalb etishi mumkin. Ularning xulosalari Markaziy saylov komissiyasi imzo varaqalaridagi imzolarni soxtalashtirilgan deb topishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Imzo varaqlari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tekshirilishi jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.

(231-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

24-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etiladigan hujjatlar

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiyaning rahbari deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

siyosiy partiya yuqori organining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;

siyosiy partiya yuqori organi majlisining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi, shuningdek saylov okrugining nomi va tartib raqami ko‘rsatiladi;

(24-modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

deputatlikka nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;

deputatlikka nomzodning, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, bajarib turgan ishidan (xizmatidan) bo‘shash to‘g‘risidagi arizasi.

Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.

Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yetti kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Qonun talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Олдинги tahrirga qarang.

Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Qonun talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga belgilangan tartibda ma’lum qiladi.

(24-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

25-modda. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

Quyidagilar:

Олдинги tahrirga qarang.

sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;

(25-moddaning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan fuqarolar;

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;

diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydilar.

26-modda. Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish

Олдинги tahrirga qarang.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugashiga yetti kun qolganida to‘xtatadi.

(26-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Ushbu Qonunga muvofiq deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilgan shaxsga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi beriladi.

Deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish saylovga o‘ttiz besh kun qolganida tugallanadi.

Олдинги tahrirga qarang.

Deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddat ichida tegishli okrug saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni deputatlikka nomzodning familiyasini, ismi va otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini, ish va yashash joyini, shuningdek uni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda mahalliy matbuotda e’lon qiladi.

(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

5-bob. Saylovoldi tashviqoti. Deputatlikka nomzodlar faoliyatining kafolatlari

Олдинги tahrirga qarang.

27-modda. Saylovoldi tashviqoti

Saylovoldi tashviqoti — saylov kampaniyasi davrida amalga oshiriladigan va saylovchilarni deputatlikka nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berishga undashga qaratilgan faoliyat.

Saylovoldi tashviqoti deputatlikka nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berish boshlanishiga bir kun qolganida saylovoldi tashviqotiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Saylovoldi tashviqotini saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi.

(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

271-modda. Saylovoldi tashviqotini olib borish turlari, shakllari va usullari

Saylovoldi tashviqoti quyidagi tarzda olib boriladi:

siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi to‘g‘risidagi axborotni o‘zining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish;

deputatlikka nomzod to‘g‘risidagi axborotni uni yoqlab ovoz berishga da’vat etgan holda tarqatish.

Saylovoldi tashviqoti omma oldida munozaralar, bahslar, matbuot konferensiyalari, intervyular, so‘zga chiqishlar, saylovchilarning yig‘ilishlari, deputatlikka nomzod, siyosiy partiya to‘g‘risidagi roliklarni joylashtirish shaklida olib borilishi mumkin.

Saylovoldi tashviqoti:

ommaviy axborot vositalari, shuningdek televidenie, umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i) orqali;

bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boshqa materiallarni) chiqarish hamda tarqatish orqali;

saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar saylovoldi tashviqotini olib borishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlari, shakllari va usullaridan ham foydalanishi mumkin.

(271-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

272-modda. Saylovoldi tashviqotini ommaviy axborot vositalari orqali olib borish

Saylovoldi tashviqoti olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga hajmiga ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqti va nashr maydonini bepul berish yo‘li bilan teng sharoitlar ta’minlanadi.

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonun hujjatlariga muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi mumkin.

Saylov kampaniyasida ishtirok etuvchi ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.

Ommaviy axborot vositalarida tarqatiladigan axborot haqiqatga mos bo‘lishi, deputatlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak. Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni, shuningdek deputatlikka nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Saylovoldi tashviqoti maqsadida ommaviy axborot vositalaridan foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalar bilan kelishilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

(272-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

273-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish

Siyosiy partiyalarga bosma, ko‘rgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.

Bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa ma’lumotlar;

tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);

tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi to‘g‘risidagi axborot.

Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qo‘yiladi.

(273-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

274-modda. Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini olib borish

Deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqoti uchun teng sharoitlar yaratib beriladi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan mustaqil ravishda o‘tkaziladi. Ularni o‘tkazish joyi va vaqti, qoida tariqasida, uchastka saylov komissiyalari bilan kelishib olinadi, mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari deputatlikka nomzodlarga, siyosiy partiyalarga saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun jihozlangan xonalarni bepul ajratishi, zarur ma’lumot va axborot materiallarini olishda yordam ko‘rsatishi shart.

Deputatlikka nomzod yoki uning ishonchli vakillari boshqa deputatlikka nomzodlar yoki ularning ishonchli vakillari bilan birgalikda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishga yoxud boshqa deputatlikka nomzodlar, siyosiy partiyalar tomonidan tashkil etilgan saylovchilar bilan uchrashuvlarda ishtirok etishga haqli.

(274-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

28-modda. Ishonchli vakillar

Олдинги tahrirga qarang.

Deputatlikka nomzod o‘n nafarga qadar ishonchli vakilga ega bo‘lishi mumkin. Ishonchli vakillar nomzod deputat etib saylanishi uchun tashviqot yuritadilar, davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, saylovchilar bilan o‘zaro munosabatlarda, shuningdek saylov komissiyalarida nomzodning manfaatlarini himoya qiladilar.

(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va bu haqda okrug saylov komissiyasiga ma’lum qiladi. Saylov komissiyasi ishonchli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga guvohnoma beradi.

Deputatlikka nomzod okrug saylov komissiyasiga ma’lum qilgan holda saylovga qadar o‘z ishonchli vakilini istagan vaqtda vakolatidan mahrum qilishi va uni boshqasi bilan almashtirishi mumkin. Ishonchli vakil istagan vaqtda o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga haqli.

Ishonchli vakil saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin emas.

29-modda. Deputatlikka nomzodlarni saylovoldi tadbirlarida ishtirok etishlari uchun ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalaridan ozod qilish

Deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olingan shaxs saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, saylovoldi yig‘ilishlarida so‘zga chiqish, televidenie ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlarida qatnashish vaqtida, o‘rtacha oylik ish haqi saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod bo‘lish huquqiga ega.

30-modda. Deputatlikka nomzodning transportda tekinga yurish huquqi

Deputatlikka nomzod ro‘yxatga olinganidan keyin tegishli saylov okrugi doirasida davlat yo‘lovchilar transportining barcha turlarida (shahar yo‘lovchilar transportidan, taksidan va transport boshqa turlarining buyurtma yo‘nalishlaridan tashqari) tekinga yurish huquqiga ega. Saylov okrugidan tashqarida yashovchi deputatlikka nomzod ham saylov okrugiga kelish va undan yashash joyiga qaytishda ana shunday huquqdan foydalanadi.

31-modda. Deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etish. Deputatlikka nomzodlikdan voz kechish

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiya u yoki bu shaxsni deputatlikka nomzod etib ko‘rsatish to‘g‘risidagi o‘z qarorini saylovga kechi bilan besh kun qolganda bekor qilish huquqiga ega, bu shaxs Markaziy saylov komissiyasi tomonidan deputatlikka nomzodlik maqomidan mahrum etilishi mumkin. Siyosiy partiya deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish muddati tugaguniga qadar Markaziy saylov komissiyasiga yangi nomzodni ro‘yxatga olish to‘g‘risida taklif kiritishi mumkin.

(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

Siyosiy partiya faoliyatining tugatilganligi deputatlikka nomzodni shu partiyadan saylovda ishtirok etish huquqidan mahrum etadi.

(31-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Deputatlikka nomzod saylovga qadar istagan vaqtda nomzodlikdan voz kechishi mumkin. Buning uchun u Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat qiladi.

6-bob. Saylovchilarning ro‘yxatlari. Saylov byulleteni

32-modda. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish

Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi.

Har bir saylovchi faqat bitta saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.

Saylovchilar ro‘yxati har bir saylov uchastkasi bo‘yicha uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi va uni komissiya raisi bilan kotibi imzolaydi. Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar ro‘yxatini tuzish ishida qatnashishga jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.

Tumanlar va shaharlarning hokimliklari saylovchilar hisobga olinishini ta’minlaydilar hamda uchastka saylov komissiyalariga tegishli hududda istiqomat qiluvchi saylovchilar to‘g‘risida saylovchilar ro‘yxatini tuzish uchun zarur ma’lumotlarni beradilar.

Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilar oila a’zolari va boshqa saylovchilarning, agar ular harbiy qismlar joylashgan yerda istiqomat qilsalar, ro‘yxatlari harbiy qismlarning komandirlari taqdim etgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Harbiy qismlardan tashqarida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchilar o‘zlarining yashash joylari bo‘yicha umumiy asoslarda saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladilar.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa stasionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalari bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatlari mazkur muassasalar (idoralar) rahbarlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi.

(32-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Saylovchilarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatlarida ovoz berishni tashkil etish uchun qulay bo‘lgan tartibda ko‘rsatiladi.

Ro‘yxatda har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va yashash joyi manzili ko‘rsatiladi.


Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish