«O‘zbekiston respublikasi oliy majlisiga saylov to‘G‘risida»gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish haqida



Download 486 Kb.
bet1/4
Sana27.02.2017
Hajmi486 Kb.
#3440
  1   2   3   4
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA

(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 y., 9-10-son, 132-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004 y., 37-son, 408-modda; 2004 y., 51-son, 514-modda; 2008 y., 52-son, 510-modda; 2012 y., 51-son, 574-modda)

1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунига (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994 yil, № 1, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 3, 38-modda; 1999 yil, № 9, 206-modda; 2000 yil, № 5-6, 153-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (илова qilinmoqda).



O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003 yil 29 avgust,

518-II-son



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA

(yangi tahriri)

I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV TO‘G‘RISIDA

1-bob. Umumiy qoidalar

1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata) (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) besh yil muddatga saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat.

Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

Qonunchilik palatasining o‘n besh deputati O‘zbekiston ekologik harakatidan saylanadi.

(1-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

2-modda. Umumiy saylov huquqi

Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kuni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) saylash huquqiga egadirlar.

Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar.

3-modda. Teng saylov huquqi

Har bir fuqaro — saylovchi bir ovozga ega.

Fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.

4-modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi

Олдинги tahrirga qarang.

Qonunchilik palatasining bir yuz o‘ttiz besh deputati fuqarolar tomonidan bevosita saylanadi.

(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

5-modda. Yashirin ovoz berish

Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz beruvchilarning xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

6-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi oshkoralik

Qonunchilik palatasi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.

Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishlaridan, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan yeri va ish vaqtidan voqif etadilar, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan tanishtiradilar, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar (bundan buyon matnda deputatlikka nomzodlar deb yuritiladi) xususidagi ma’lumotlar, ovoz berish va saylov yakunlaridan xabardor qiladilar.

O‘zbekiston Respublikasining ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradilar.

Олдинги tahrirga qarang.

Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan bittadan kuzatuvchi, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egadirlar. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalariga (bundan buyon matnda okrug saylov komissiyalari deb yuritiladi) saylovga kamida o‘n besh kun qolganida ma’lum qiladilar.

Okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan namunadagi mandatni manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin kuzatuvchiga besh kun ichida beradi.

(6-moddaning to‘rtinchi — oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Kuzatuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

Олдинги tahrirga qarang.

okrug va uchastka saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;

(6-modda yettinchi qismining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo‘lish;

(6-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонунига asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

saylov uchastkasida hozir bo‘lish hamda tayyorgarlik ishlarining borishini, ovoz berish uchun saylov qutilarining joylashtirilishi va muhrlanishini, fuqarolarga saylov byulletenlarining berilishini kuzatish;

ovozlarni sanab chiqishda va uchastka saylov komissiyasining bayonnomalarini tuzishda hozir bo‘lish;

saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan nusxalarini so‘rash va ularni olish;

agar saylov uchastkasida ushbu Qonunning buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asos bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida yuqori saylov komissiyasiga ma’lum qilish.

Kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:

saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;

saylovchilarga ta’sir o‘tkazish, biron-bir tashviqot materiali yoki adabiyoti tarqatish;

saylovchilardan ular kimni yoqlab ovoz berganliklarini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron-bir tarzda yordam ko‘rsatish;

uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashda, ularni ochishda, ovozlarni sanab chiqishda aralashish.

2-bob. Saylov okruglari va saylov uchastkalari

7-modda. Saylov okruglarini tuzish

Олдинги tahrirga qarang.

Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz o‘ttiz beshta hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.

(7-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari (bundan buyon matnda saylov okruglari deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining ma’muriy-hududiy tuzilishini inobatga olgan holda belgilanadi.

Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi. Har bir saylov uchun saylov okrugiga to‘g‘ri keladigan saylovchilar normasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Markaziy saylov komissiyasi saylov okruglari ro‘yxatini ularning chegaralari va saylovchilar sonini ko‘rsatgan holda saylovga kamida yetmish besh kun qolganida e’lon qiladi.

8-modda. Saylov uchastkalari tuzish tartibi va normasi

Saylov uchastkalari tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlarning chegaralarini inobatga olgan holda, saylovchilarga mumkin qadar ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida tuziladi. Saylov uchastkalari harbiy qismlarda ham tuziladi va qism joylashgan yerdagi saylov okrugiga kiradi. Saylov uchastkalarining chegaralari tegishli saylov okrugi doirasidan chiqib ketmasligi kerak.

Олдинги tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriylar va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa stasionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu saylov uchastkalari o‘zlari joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekistondan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masala Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.

(8-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 19 dekabrdagi O‘RQ-340-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2012 y., 51-son, 574-modda)

Saylov uchastkalari tuman, shahar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Harbiy qismlarda saylov uchastkalari qismlar yoki harbiy qo‘shilmalar komandirlarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.

Saylov uchastkalari saylovga kamida oltmish kun qolganida tuziladi. Harbiy qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan yerlarda ham saylov uchastkalari ana shu muddatda, alohida hollarda esa istisno tariqasida saylovga kamida besh kun qolganida tuziladi.

Saylov uchastkalari, qoida tariqasida, kamida yigirma nafar va ko‘pi bilan uch ming nafar saylovchidan iborat etib tuziladi.

Ovoz berishni tashkil etish uchun har bir saylov uchastkasiga tuman, shahar hokimligi bino ajratadi.

Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasining va ovoz berish binosining joylashgan yerini ko‘rsatgan holda har bir saylov uchastkasining chegaralari to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etishni tashkil qiladi.

3-bob. Saylov komissiyalari

9-modda. Saylov komissiyalari tizimi

Qonunchilik palatasiga saylov quyidagilar tomonidan tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

Markaziy saylov komissiyasi;

okrug saylov komissiyalari;

uchastka saylov komissiyalari.

10-modda. Markaziy saylov komissiyasini tuzish

Markaziy saylov komissiyasi «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунига muvofiq tuziladi.

11-modda. Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari

Markaziy saylov komissiyasi:

1) O‘zbekiston Respublikasining butun hududida ushbu Qonunning ijrosini nazorat qiladi va uning bir xil tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi, saylovni tashkil etishga doir masalalar yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida yo‘riqnomalar chiqaradi hamda tushuntirishlar berib boradi;

2) saylov okruglarini tuzadi, ularga nom va tartib raqami beradi;

3) okrug saylov komissiyalarini tuzadi va ularning joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi;

4) saylov komissiyalarining faoliyatini yo‘naltirib boradi, ularning tarkibiga o‘zgartishlar kiritish tartibini belgilaydi, okrug saylov komissiyalarining qarorlarini, agar bu qarorlar ushbu Qonunga zid bo‘lsa, mustaqil tarzda yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan bekor qilishi mumkin;

5) O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkalarini qaysi saylov okrugiga birkitish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;

Олдинги tahrirga qarang.

6) deputatlikka nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalarning tegishli hujjatlarini qabul qilib oladi;

(11-moddaning oltinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

7) deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga oladi;

8) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

9) pul mablag‘larini saylov komissiyalariga taqsimlaydi, saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi, saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;

10) Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenlarining, saylovchilar ro‘yxatlarining, imzo varaqalarining, saylov komissiyalari bayonnomalarining, saylovga doir boshqa hujjatlarning namuna va shakllarini, saylov qutilarining va saylov komissiyalari muhrlarining namunalarini, saylovga doir hujjatlarni saqlash tartibini belgilaydi;

11) siyosiy partiyalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;

12) saylovning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha umumiy yakunini chiqaradi, saylangan deputatlarni ro‘yxatga oladi, Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylov yakunlariga doir ma’lumotlarni va saylangan deputatlarning ro‘yxatini matbuotda e’lon qiladi;

13) deputatlarga Qonunchilik palatasi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishonini beradi;

14) saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

15) ushbu Qonun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladigan tarzda buzilganligiga doir materiallarni prokuratura organlariga oshiradi;

16) saylovni tashkil etish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlar arxivlarga topshirilishini ta’minlaydi;

17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

12-modda. Okrug saylov komissiyasini tuzish

Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va kamida olti nafar boshqa a’zosidan iborat tarkibda tuziladi. Okrug saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari

Okrug saylov komissiyasi:

1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi;

2) saylov uchastkalarini tuzadi, saylov okrugi bo‘yicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini ko‘rsatgan holda ularning ro‘yxatini e’lon qiladi;

3) uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

4) mablag‘larni uchastka saylov komissiyalari o‘rtasida taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport, aloqa vositalari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi va saylov okrugida saylovni moddiy-texnika jihatidan ta’minlashning boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi;

Олдинги tahrirga qarang.

(13-moddaning 5 va 6-bandlari O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-194-sonli Қонуни bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008 y., 52-son, 510-modda)

7) deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlarni ta’minlaydi;

8) Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan deputatlikka nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qiladi va bu nomzodlarga tegishli guvohnomalar beradi;

9) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga ko‘maklashadi;

10) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatga oladi va bu vakillarga tegishli guvohnomalar beradi;

11) siyosiy partiyalar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlatning boshqa organlari hamda jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;

12) saylovchilar ro‘yxatlari tuzilishi va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;

13) saylov okrugi bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan namunaga muvofiq saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi, byulletenlar tayyorlanishi va uchastka saylov komissiyalari ular bilan ta’minlanishini tashkil etadi;

14) saylov okrugi bo‘yicha saylov natijalarini aniqlaydi va Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi;

15) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek bo‘shab qolgan o‘ringa deputat saylovi o‘tkazilishini tashkil etadi;

16) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni ko‘rib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

17) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

14-modda. Uchastka saylov komissiyasini tuzish

Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Uchastka saylov komissiyasi saylovga kamida qirq kun qolganida besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan rais, rais o‘rinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi. Agar komissiya yetti nafargacha a’zodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.

Uchastka saylov komissiyasi tarkibining soni zarur hollarda ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini idora rahbari amalga oshiradi.

15-modda. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari

Uchastka saylov komissiyasi:

1) uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzadi;

2) saylovchilarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ro‘yxatda yo‘l qo‘yilgan xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi arizalarni qabul qiladi va ko‘rib chiqadi hamda ro‘yxatga tegishli o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani hal etadi;

3) saylov kuni o‘z turar joyida bo‘lish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilardan saylov konvertlarini qabul qilib oladi;

4) aholini saylov kuni va ovoz berish joyi to‘g‘risida xabardor etadi;

5) ovoz berish binolari va saylov qutilari hamda boshqa saylov ashyolari tayyorlab qo‘yilishini ta’minlaydi;

6) saylov kuni saylov uchastkasida ovoz berishni tashkil etadi;

7) saylov uchastkasida berilgan ovozlarni hisoblab chiqadi;

8) saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ovoz berishni tashkil etish masalalari yuzasidan tushgan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

9) ushbu Qonun va boshqa qonunlarga muvofiq o‘zga vakolatlarni amalga oshiradi.

16-modda. Saylov komissiyalariga a’zolik

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda Markaziy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolari jamoatchilikning obro‘li vakillari orasidan tayinlanadi.

Komissiyaning a’zosi shaxsan bergan arizasiga muvofiq, shuningdek vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda o‘z vazifasini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Komissiya a’zosini vakolatlaridan mahrum etish huquqi komissiyani tuzgan organga tegishli bo‘lib, komissiya a’zosi ushbu Qonun talablarini buzgan yoki o‘z vazifalarini muntazam ravishda e’tiborsiz qoldirib kelgan taqdirda vakolatlaridan mahrum etiladi.

Zarurat bo‘lganda saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Qonunda belgilangan tartibda tayinlanadi.

Saylov komissiyasining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va boshqa a’zolari siyosiy partiyaning a’zosi bo‘lishlari mumkin emas. Deputatlikka nomzodlar saylov komissiyalariga a’zo bo‘lishlari mumkin emas.

Bir shaxs faqat bitta saylov komissiyasiga a’zo bo‘lishi mumkin.

17-modda. Saylov komissiyalarining ishini tashkil etish va ularning vakolat muddati

Saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis o‘tkazilayotgan kundagi komissiya tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Komissiya qarori ochiq ovoz berish orqali komissiya umumiy tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Qarorga rozi bo‘lmagan komissiya a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini bayon etishga haqlidirlar, bu fikr yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi. Agar ovozlar teng bo‘linib qolsa, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi kuchga ega bo‘ladi.

Saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori quyi saylov komissiyalari, shuningdek barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlarning, korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining ijrosi uchun majburiydir.

Saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi yoki boshqa a’zosi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida, o‘rtacha oylik ish haqi saylov o‘tkazish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan saqlangan holda, ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.

Davlat organlari va jamoat birlashmalari organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar saylov komissiyalariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishda yordam berishlari, ularning ishi uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.

Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish uchun kerakli binolar va jihozlarni saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishlari shart.

Saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalari organlariga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular komissiya tomonidan qo‘yilgan masalani ko‘pi bilan uch kun ichida ko‘rib chiqishlari va saylov komissiyasiga javob qaytarishlari shart.

Markaziy saylov komissiyasining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Қонунига muvofiq tugatilishi mumkin.

Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatini tugatadi.

Олдинги tahrirga qarang.


Download 486 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish