Oliy Majlis
binosi
shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil
Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish
uchun nomzod boʻlishi mumkin.
Oʻzbekiston parlamenti keng, koʻp qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinish prinsipiga asoslanib, davlatning boshqa
idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Qonunchilik,
davlat boshqaruvining muhim masalalarini koʻrib chiqishda va hal etishda ishtirok etadi,
davlat byudjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oshiradi hamda qator davlat
organlarini shakllantirishda qatnashadi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati oʻz
vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qonunchilik palatasi
tarkibida quyidagi deputatlar fraksiyalari: Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi deputatlar
fraksiyasi, Oʻzbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi,
Oʻzbekiston "Adolat" sotsialdemokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi (bu uchchala fraksiya
"Demokratik blok"ka birlashgan), Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi,
Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi faoliyat olib borayapti.
Qonunchilik palatasi deputatlari professional, doimiy asosda ishlaydi. Senatda doimiy asosda
ishlovchi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining 1/4 igacha boʻlgan miqdorda
belgilangan.
Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi Spiker va uning oʻrinbosarlarini, Oliy Majlisning Senati
esa Senat raisi va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.
Parlamentning Qonunchilik palatasi majlislari sessiyalar davrida oʻtkaziladi. Sessiyalar, qoida
tariqasida, sentabrning 1ish kunidan boshlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi ish quniga qadar
oʻtkaziladi. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida 3-marta oʻtkaziladi.
Qonunchilik palatasi va Senat majlislarida, shuningdek, ularning organlari majlislarida
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti, Bosh Vazir, Vazirlar Mahkamasining aʼzolari, respublika
Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi raislari, Bosh prokurori, Markaziy bank
boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin. Qonunchilik palatasi va uning organlari
majlislarida Senat raisi, Senat va uning organlari majlislarida Qonunchilik palatasi Spikeri
ishtirok etishi mumkin. Qonunchilik palatasi va Senat alohidaalohida majlis oʻtkazadilar.
Qonunchilik palatasi va Senatning qoʻshma majlislari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
qasamyod qilganda, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy hayotining , ichki va tashqi siyosatining eng
muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda
oʻtkaziladi. Palatalarning kelishuviga binoan qoʻshma majlislar boshqa masalalar yuzasidan
ham oʻtkazilishi mumkin.
Parlamentning Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatini samarali tashkil etish, qoʻmitalar
ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi boʻyicha takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki
tarzda koʻrib chiqishni tashkil etish maqsadida ularning tarkibida Kengashlar tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi oʻz vakolatlari muddatiga
tegishincha deputatlar va senatorlar orasidan qoʻmitalarni saylaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari (2005) Byudjet va
iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi; Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Xalqaro
ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi; Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi;
Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va sport
masalalari qoʻmitasi; Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi
boshqarish organlari qoʻmitasi; Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari
qoʻmitasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (2005) Byudjet va iqtisodiy
islohotlar masalalari qoʻmitasi; Qonunchilik va sudhuquq masalalari qoʻmitasi;Mudofaa va
xavfsizlik masalalari qoʻmitasi; Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi; Fan, taʼlim, madaniyat va
sport masalalari qoʻmitasi; Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi.
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subʼyektlar tomonidan dastlab
Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun
Senatga yuboriladi. Senat esa qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa, u Qonunchilik palatasiga qaytariladi.
Parlamentning yuqori va quyi palatalari oʻrtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf
etish maqsadida kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin. Oliy Majlis Senati tomonidan
maʼqullangan qonun 10 kun ichida Prezidentga imzolash uchun yuboriladi. Prezidentning
qonunni imzolash muddati 30 kun etib belgilangan. Respublika Prezidenti qaytadan
muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan parlamentga
qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Oliy Majlisning ikkala
palatasida ham uchdan ikki qismdan iborat koʻpchilik ovoz bilan maʼqullansa, qonun
Prezident tomonidan 14 kun ichida imzolanishi kerak. Qonun belgilangan tartibda eʼlon
qilinishi lozim.
Qonunchilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat aʼzolari oʻz
vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi
faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasi deputati va Senat aʼzolari
daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining nashrlari: "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi", "Xalq soʻzi" — "Narodnoye slovo" gazetalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo hamkorlikni keng yoʻlga qoʻygan. MDH
davlatlari va boshqa rivojlangan xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan shartnomalar
tuzilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining
"Oʻzbekistonda demokratiyalashtirish jarayonining rivojlanishiga koʻmaklashish" va
"Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish" loyihalari muvaffaqiyatli bajarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Toshkent shahrining Xalklar
doʻstligi prospektidagi binoda, Senat esa Mustaqillik maydonidagi binoda ish olib boradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi binosi mujassamoti yechimida
meʼmor maʼmuriy jamoat binolariga xos mumtoz uslubdan foydalangan. Bino tarhi murabba
shaklida (86x86 m), ustunlar qatori bilan qamrab olingan, ustunlar boshasiga barglar
guldastasi ishlangan. Bino tarzlari tilla rang yaxlit oynalar bilan qoplangan, oynavand devor
tepadan pastga tushguncha 3-marta ichkariga kiritilib oʻziga xos koʻrinish kasb etgan. Bino
feruza rang gumbaz (balandligi 11,5 m, diametri 34,5 m) bilan yopilgan, gumbaz ustiga
anʼanaviy tojsimon oynavand tuynuk ishlangan. Bino atrofidagi oq ustunlar feruza gumbaz
hamda tilla rang oynalar bilan uygʻunlikda binoga koʻrkamlik, salobat baxsh etgan. Binoning
500 oʻrinli majlislar zali aylana shaklidagi amfiteatr uslubida hal etilgan (Prezidium va notiqlar
minbari ham boʻlinmalarning biriga joylashtirilgan), zalning galereyali 2yarusidan mehmonlar
va ommaviy axborot vakillariga joy ajratilgan. 1,2 va 3qavatlarda ish xonalari, parlament
guruhlarining majlislari uchun kichik zallar joylashgan. Bino ichki bezaklarida yogʻoch
oʻymakorligi (S. Rahmatullayev, H. Odilov, H. Gʻaniyev, M. Ibrohimova), ganchkorlik (M.
Sultonov, Mirvohid Usmonov, A.Poʻlatov, M. Qosimov va boshqalar), naqqoshlik (X. Nuraliyev,
3. Boltaboyev va boshqalar)dan mahorat bilan foydalanilgan (ayniqsa, gumbaz osti naqshlari
jozibador), miniatyura rasmlar bilan ziynatlangan (Gʻ. Kamolov, X. Nazarov, F. Rahmatullayev).
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi — 2005-yil sobiq Hukumat uyi binosi
oʻrnida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan bunyod etildi. Bino 3
qismdan tashkil topgan: markaziy kirish qismi va uning ikki yonidagi oʻng va chap
qanotlardan iborat, 4 qavatli qilib qurilgan, shuningdek yer osti qavatiga ham ega. Markaziy
qismi hashamatli 4 ta ustunda joylashgan 3 ta ichki gumbazli peshtoqdan tashkil topgan,
peshtoq orqali keng va yorugʻ miyonsaroy (vestibyul)ga kiriladi, miyonsaroy aylana shaklidagi
salobatli majlislar zali bilan bogʻlangan. Miyonsaroyning tepasidagi qavatda kichik majlislar
zallari joylashgan. Binoning chap qanotida senatorlar ish xonalari, qabulxonalar, Konstitutsion
sud ishchi xonalari hamda Hisob palatasi ishxonalari va zallari joilashgan. Binoning oʻng
qanotini senatorlarning ishxonalari, saqlanib qolgan va taʼmirlangan "Bahor" konsert zali
uchun mashq zallari va boshqalar qoʻshimcha xonalar egallagan. Binoning ichki va tashqi
pardozlarida mahalliy va zamonaviy ashyolardan tayyorlangan milliy meʼmoriy bezaklar
ishlatilgan. Ichki bezaklarda ganchkorlik (M. Usmonov, A. Poʻlatov, X.Azizov va boshqalar),
Do'stlaringiz bilan baham: |