6. Qo‘shimcha mashg‘ulot va ko‘rsatmalar_________________________
7. Loyihani topshirish davri:
1
|
2
|
3
|
4
|
Grafik
qismi
|
Ximoya
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Раҳбар:_____________________Абдумўминов.О.Р Sana ______________
Mundarija
Kirish………………………………………...
Texnologik qism……………………………..
Buyum tavsifi………………………………..
Texnologik sxema…………………………....
Hisob-kitob qismi…………………………….
Ishlab chiqarish nazorati……………………..
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi…..
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………..
Kirish
Mustaqillik yillari davomida qo’llanilib kelayotgan bosqichma-bosqich islohotlar siyosati O’zbekiston aholisi hayotida farovonlikni oshirishda anchagina ijtimoiy-iqtisodiy yangiliklar olib keldi. Shu bilan birga rivojlanib kelayotgan Respublika jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi va o’z mavqeiga ega bo’ldi.
Demak, faol investitsion siyosat yuritish va mavjud barcha moliyaviy intellectual va boshqa resurslarni import o’rnini bosuvchi va eksportga chiqarish mumkin bo’lgan qo’l ostimizdagi o’z zaminimiz homashyosini qayta ishlash, ishlab chiqarish sohasini yaratishda kattadir.
Iqtisodiy asoslangan investitsion rejalarni bajarish va O’zbekiston iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlariga tashqi davlatlar sarmoyasi va kreditlarni jalb etish, amalda xalq xo’jaligida tarkibiy o’zgarishlarni rivojlantirish maqsadida belgilangan eng muhim va ustuvor vazifa deb qaralmoqda.
Respublikamizda bu vazifani samarali bajarish uchun investitsion faoliyat yuritilishiga qulay muhit va zarur bo’lgan shart-sharoitlar, huquqiy me’yorlar yaratildi, anchagina yetakchi donor-davlatlar va xalqaro moliyaviy va sanoat tashkilot va o’z investitsiyalari, kreditlarini ajratishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi.
Respublika xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli o’rin egallaydi. Bu esa o’z homashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va uy-joy konstruksiyalariga bo’lgan yuqori ehtiyoj va malakali mutaxassislarning borligi bilan belgilanadi.
Beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo’llanmalar quyidagilar bo’lishi kerak: to’ldiruvchilar sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli to’ldiruvchilarni ko’plab ishlab chiqarishni tashkil etish, beton to’ldiruvchilarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko’lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; to’ldiruvchilar hossalarini aniqlashda homashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo’llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo’llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko’lamda qo’llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor.
Beton to’ldiruvchilari asosiy qurilish materiallari hisoblanadi. Ularni ishlab chiqarish kun sayin o’sib bormoqda. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo’llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda ilmiy-texnik yutuqlarni qurilishda qo’llash.
Beton deb bog’lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to’ldiruvchilarning ma’lum proporsional miqdorlarda olingani qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi.
Sement va to’ldiruvhi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi(avtoklav ishlov berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun to’ldiruvchilarni inert ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton hususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton tarkibini loyihalashda hisobga olish taqozo etiladi.
To’ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog’ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar va boshqalar)danfoydalaniladi. Bunday arzon to’ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini arzonlashtiradi, chunki to’l;diruvchi betonning 58-90%ni, sement esa 10-15% hajmini tashkil etadi. Keying yillarda qurilishda g’ovak sun’iy to’ldiruvchilardan tayyorlangan yengil beton keng qo’llanilmoqda.G’ovakli to’ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa uning issiqlikni tutib qolish hususiyatini yaxshilaydi.
Texnologik qism
Issiqlikni izolyatsiya qiluvchi devorbop panellar, monolit devorlar va har xil yuk ko’taruvchi konstruksiyalar tayyorlashda yengil g’ovak to’ldiruvchilarni ishlatib samarali yengil betonlar olish imkonini beradi.
Og’ir to’ldiruvchilarni ishlatib samarali yengil to’ldiruvchilarga almashtirish natijasida betonning hususiyatlarini kerakli darajada o’zgartirish, zichligini kamaytirish, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqalarni yaxshilash mumkin. Shuningdek ayrim g’ovak to’ldiruvchilarning yetarli mustahkamligi asosida yuqori mustahkamlikdagi konstruksion yengil betonlar tayyorlanadi.
Respublikamizda tabiiy g’ovak to’ldiruvchilar zahirasi chegaralanganligi sababli sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar olishga ehtiyoj seziladi. Shu sababli O’zbekistonning turli rayonlarida sun’iy g’ovak to’ldiruvchilar (keramzit, agloporit va boshqa) ishlab chiqaruvchi korxonalar qurilgan. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarni ishlab chiqarish korxonalari kimyo (mahalliy homashyodan foydalanish) bor joylarda va unga talab bo’lgan rayonlarda quriladi. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning tannarxi tabiiy to’ldiruvchilarga nisbatan yuqori, lekin chetdan keltiriladigan to’ldiruvchilarga nisbatan arzonroqdir. Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning yuqori sifati va samaradorligi sababli betonlar olishda keng qo’llaniladi.
Sun’iy g’ovak to’ldiruvchilarning eng ko’p ishlatiladigan turi , bu keramzitdir.
Giltuproqning ba’zi turlari kuydirishda ko’pchiydi va bunday gillar asosida keramzit olinadi. Sanoatda keramzit shag’ali va keramzit qumi olinadi, kam miqdorda keramzit chaqiq toshi ishlab chiqariladi. Keramzit shag’ali donasi yumaloq shaklda, strukturasi g’ovak va yacheykasimon bo’ladi. Keramzit donasining yuza qismi zich qatlam bilan qoplangan, rangi qo’ng’ir qora, bo’linganda qoramtir bo’ladi.
Gilning ko’pchishi ikkita jarayonga bog’liq gaz ajralishi va gilning piroplastik holatga o’tishidir. Gaz ajralishi - bu temir oksidlarining organic moddalar bilan birikishidan keying qaytarilish reaksiyasi bo’lib birikmalarning oksidlanishi, gidroslyuda va boshqa suvli birikmalarni degidrotatsiyasi, karbonatlarning dissotsiatsiyasiga bog’liq.
Gilning piroplastik holatga o’tishi, gilda yuqori haroratda suyuq fazaning (eritma) hosil bo’lishidir. Natijada gil yumshaydi, plastic deformatsiya qobiliyati yuzaga keladi, ajralayotgan gazlar asosida ko’pchiydi va natijada gaz o’tkazmaydigan materiakga aylanadi.
Keramzit ishlab chiqarishda homashyo sifatida cho’kindi jinslarga kiruvchi gil jinslar ishlatiladi. Homashyo material sifatida metamorfik tog’ jinslariga mansub toshsimon gilli jinslar – gil slaneslari va argillitlar ishlatiladi. Gil jinslar murakkab mineralogik tarkib bilan farqlanadi va ularda gil minerallar (kaolinit, montmorillonit, gidroslyudalar) dan tashqari kvars, dala shpati, karbonatlar, temir, organic qo’shimchalardan iborat bo’ladi. Gil minerallari gil moddalaridan iborat bo’ladi. Gil deb, tarkibida 30% dan ko’p gil moddalar bo’lgan gil jinslarga aytiladi. Keramzit sihlab chiqarish uchun montmorillonit va gidroslyudali gillar ishlatiladi, ularning tarkibida 30% gacha kvars mavjud bo’ladi. Gilning umumiy tarkibida SiO2-70% gacha, Al2O3-12% gacha(ba’zida 20% gacha), Fe2O3+FeO-10% gacha, organik qo’shimchalar 1-2% mavjud bo’lishi kerak.
Keramzit ishlab chiqarishda u yoki bu gil hom ashyosining yaroqli ekanligi himashyo hususiyatlarini maxsus tekshirish orqali belgilanadi.
Gil homashyosiga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi:
Birinchi talab, bu gilning kuydirishda ko’pchishidir. Gilning ko’pchishi-ko’pchish koeffitsienti bilan harakterlanadi va quyidagi formula bilan ifodalanadi:
,
bu yerda: Vk-ko’pchigan keramzit granulalarining hajmi;
Vc-pishirishdan oldingi hom granulalarning hajmi.
Ko’pchish koeffitsientini boshqa formula bilan ham ifodalash mumkin:
bu yerda: pc – quruq hom granulaning zichligi;
pk – ko’pchigan keramzit granulasining zichligi;
Пn – quruq hom granulaning pishirishdagi massa bo’yicha yo’qotishi, %
Keramzit ishlab chiqarishda gil homashyosining ko’pchish koeffitsienti 2 dan kam bo’lmasligi (3-4 bo’lsa yaxshi) kerak.
Gil homashyosiga qo’yiladigan ikkinchi talab, bu uning oson eruvchanlgidir, ya’ni homashyoni kuydirish 1250˚C dan oshmasligi kerak, aks holda gil tarkibidagi gazlar erkin chiqib ketadi va natijada hom gil granulasi ko’pchimaydi.
Gil homashyosiga qo’yiladigan uchinchi talab, bu kerakli ko’pchish intervali hisoblanadi. Bu pishirish harorati chegarasi bilan, ko’pchish boshlanishi harorati orasidagi farq hisoblanadi. Ko’pchish harorati deb, zichligi 0,95 g/sm3 ga teng keramzit granulalarining hosil bo’lish haroratiga aytiladi. Pishirish harorati chegarasi esa keramzit granulasi yuzasining erigan suyuq qatlam bilan qoplanishi harorati tushuniladi.
Buyum tavsifi
O’zRST 9758-96 “Qurilish ishlаridа ishlаtilаdigаn g’оvаk to’ldirgichlаr. Sinаsh usullаri” bo’yichа kеrаmzit shаg’аli dоnа yirikligi аsоsidа quyidаgi frаksiyalаrdа ishlаb chiqаrilаdi: 5-10; 10-20 vа 20-40mm.
Hаr bir frаksiya uchun nоminаl o’lchаmgа nisbаtаn10% gаchа yirik dоnаlаr ruхsаt etilаdi. Bаrаbаn tipidаgi elаklаr (grохоt)ning sаmаrаdаrligi yuqоri emаsligi, kеrаmzitni frаksiyalаrgа to’liq аjrаtish qiyin kеchаdi.
Kеrаmzit shаg’аlining uymа zichligigа ko’rа 10tа mаrkаgа bo’linаdi: M250-800, bundа M250 mаrkаli kеrаmzit shаg’аlining uymа zichligi 250 kg/m3, M300 mаrkаli kеrаmzit shаg’аlining uymа zichligi 300 kg/m3 vа hоkаzо. Uymа zichlik mаtеriаlning frаksiyalаri bo’yichа o’lchоv idishlаridа аniqlаnаdi. Kеrаmzit shаg’аlining frаksiyalаri qаnchа yirik bo’lsа, uymа zichligi Shunchа kichik bo’lаdi, chunki yirik frаksiyalаr nisbаtаn ko’p ko’pchigаn grаnulаlаrdаn tаshkil tоpаdi. Kеrаmzit shаg’аlining uymа zichligi bo’yichа mаrkаsi uchun silindrdа mаydаlаnishgа bo’lgаn mustаhkаmligi stаndаrtdа ko’zdа tutilgаn.
Do'stlaringiz bilan baham: |