Metaforalar ular yashab kelayotgan ‘ar bir til qadar qadimiy-dir. Ular badiiy asarning ekspressivligini, tasviriylik va obraz-lilik darajasini belgilovchi muhim omil sanaladi. Metaforalar predmet va hodisalarni, ularga xos xususiyatni qiyoslash hamda o‘xshatish natijasida yuzaga keluvchi so‘zlarning ko‘chma ma’nosiga asoslangan nutqiy ekspressiyadir. Unga adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid tadqiqotlarda “qisqartirilgan qiyos”1, «belgilar qiyoslanishining tugallangan formasi»2, «o‘xshashli ko‘chim»3, «o‘ta kuchli zakovat ifodasi»4, kabi ta’riflar beriladi. Darhaqiqat, meta-foralar trop turlari orasida eng xarakterli, emotsional-ekspressivlikni ifodalashda serma’sul ifoda vositalaridan bo‘lib, u ijodkorning ma’orati va kuchli zakovati natijasida namoyon bo‘ladi. SHuning bilan birgalikda unga leksik ma’no taraqqiyotini ko‘rsatuvchi til hodisasi sifatida ham qaraladi. YA’ni lingvistik metaforalar ( «yazqkovqe metafora»5) tilning luat sostavini boyitishga xizmat qilsa, nutqqa xos badiiy metaforalar («ne yazqkovoy», «poetik», «individual-avtorskoy», «badiiy»)6 emotsional-ekspressivlik, poetizmni yaratishda muhim vosita sanaladi.
Metaforalar aslida nomi yo‘q bo‘lgan narsa-tasavvurlarni nomlash, ularni atashning eng muhim vositalaridan biri. Ammo bu
vositadan foydalanish faqat ana shu e’tiyojgagina boliq emas, u inson tabiatidagi obrazli ifodaga o‘chlikdan, bir aloqadorlikni, nomi bor narsalarga ham metaforik yo‘l bilan ifodalashga insonda ichki bir tabiiy intilish mavjudligidan yuzaga keladi.1
Metaforalar ham ozaki, ham badiiy nutqda qo‘llanuvchi eng taosirchan vosita bo‘lib, predmet ma’nosini bildirgan metaforadan ko‘ra belgi va ‘arakat bilan boliq metaforalarda obrazlilik kuchli bo‘ladi.
Yulduzchalar to‘nib yotar dil burjida,
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qaboimning ‘ovuchida,
Ko‘z uchida qaraysiz, ko‘z uchida.( Iqbol Mirzo)
Metonimiyada asosan, biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko‘chiriladi. Bu predmet yoki voqea-hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o‘zaro bolangan bo‘ladi. Ana shunday boliqlik asosida nom ko‘chish esa turli xil bo‘lishi mumkin:
1. Biror narsa ichidagi predmetning nomi o‘sha narsaga o‘tkaziladi.
2. Muallifning nomi uning asari o‘rnida qo‘llanadi.
3. ‘arakat yoki uning natijasi shu harakatni bajaruvchi qurol nomi bilan almashtiriladi.
4. Biror predmetni u yasalgan material bilan almashtirish.
5. Ma’lum joy, ‘udud, mamlakat, davlatda yashab turgan kishilar ma’nosi, shu erga, mamlakat yoki davlatga ko‘chiriladi.
6. Konkret tushuncha nomi o‘rnida abstrakt ot qo‘llanishi mumkin.
Metonimiya prozada keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, she’riyatda esa bir oz cheklangan. SHuning uchun ham she’riy asarlarda o‘xshatish, metafora, sifatlash, jonlantirish, mubolaadan ko‘ra metonimiyali satrlar kam uchraydi.
Zal da’shatdan tushsin silkinib.
Zal qalqisin misoli tobut”
Do'stlaringiz bilan baham: |