Оъзбекистон республикаси олий ва оърта



Download 2,25 Mb.
bet49/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#228327
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
Bog'liq
ADAB.NAZAR MAJMUA-1

Ritorik so‘roq va ritorik murojaat. Ritorik so‘roq stilistik figuralardan biri bo‘lib, ifodalanmoqchi bo‘lgan fikrni so‘roq shaklida berishdir.

Nega cho‘chib tushding?

Murg‘ak tasavvur,

Go‘dak xayolingga

Nimalar keldi. G‘.G‘ulom

Ba’zan ifodalanmoqchi bo‘lgan fikr birovga murojaat shaklida berilish ham mumkin. Buni ritorik murojaat deyiladi.

SHundoq qolurmu, qolurmu?

Hamon vaxshatda qolurmu?

Nafs, shaxvat qurbonlari,

Sizga ishonib bo‘lurmu?

Turkistonning istiqboli

Siz xoinlarga qolurmu? Hamza.

Ritorik so‘roq va murojaat fikrning emotsionalligini oshiradi,

uni hayajonli qiladi.



Apostrofa. Ayrim hollarda shoir poetik fikrni ifodalash uchun

jonsiz narsalarga xuddi jonlidek murojaat qilishi mumkin.

Ey, Farg‘ona!

Mushkul kunlar bolasini tishida tishlab

YUvib, tarab, sevib, quchib, o‘pib, opichlab,

Ey, baxtlarni balog‘atga etkazgan ona! H.Olimjon.

Ba’zan tili yo‘q, murojaatga javob berolmaydigan narsaga

murojaat qilib, javob kutish tarzida ifodalanishi mumkin:

To‘xta, bulbul, men kuylayin, jon bulbul,

Sen tinglagin qalbimdagi torimni. Zulfiya.

Ayrim hollarda esa shoir o‘zi yo‘q, yoki o‘tmishda o‘tib ketgan kishilarga murojaat qilish tarzida o‘z fikrlarini ifodalashi ham mumkin.

Ey, o‘rtoq Navoiy, zo‘rsan, yiriksan,

Sen tirik shoirsan, ruhan tiriksan SHayxzoda.

Bular apostrofa deyiladi.



Anakoluf (gr. noizchillik). Anakoluf she’riyatda uchraydigan

sintaktik xatoliklardir: gap bo‘laklarining moslashmasdan qolishi, jumlani noto‘g‘ri tuzish, so‘zni xato talaffuz qilish va ‘.k. Bunday xatoliklar yo shoir tomonidan o‘zi sezmagan holda sodir bo‘ladi yoki ataylab qilinadi. Masalan, hayajonli nutqda inson noto‘g‘ri gapirishi mumkin. SHu kabi, shoir ham iboraga keskinlik berish uchun ataylab xatolikka yo‘l qo‘yishi mumkin. Biroq anakoluf ibora mazmunini xiralashtirmaydi.

CHiroqlardan olib nurni

Salqin bog‘da

Fontan yonida

Ikki yosh qalb so‘zlar sevgini Zulfiya

Biroq har qanday xatolikni, g‘alizlik va mujmallikni ham anakoluf (poetik vosita) ekan deb oqlayverish mumkin emas.

Keng paxtazor barini o‘par

Har tong kulib chiqqanda quyosh.

G‘ayrat to‘lgan bilakda zafar

Hamlangga tog‘ qilolmas bardosh. Z.Obidov

«Keng paxtazor barini (etagini yoki hammasini) o‘par», «bilakda zafar»?



Amfiboliya (g‘alizlik, ikki ma’nolilik). Amfiboliya ifodaning g‘aliz bo‘lib qolishi, aytilmoqchi bo‘lganidan boshqacha ma’no chiqib qolishdir.

1) gapni noto‘g‘ri tuzish natijasida mazmunni aniq tushunib bo‘lmaydi;

2) inversiya, misra ko‘chirish natijasida yuz beradi;

3) sintaktik konstruksiya (jumla)ning juda murakkab qilib tuzilishi oqibatida yuz beradi.



Soletsizm. Soletsizm morfologik yoki grammatik xatolik bo‘lib, ko‘pincha so‘zlarni noto‘g‘ri o‘zgartirish, noto‘g‘ri qo‘shimcha qo‘shish natijasida sodir bo‘ladi, biroq mazmun buzilmaydi.

Na ko‘kning fanori o‘chmasdan,

Na yulduz sayr etib ko‘chmasdan,

Na ufq o‘ramay yoqut-zar,

Na bulut silkitmay oltin par. Uyg‘un

Bu o‘rinda «na» hamda «ma» kabilarning bittasi ortiqcha.



Anafora (yuqoriga chiqish). Stilistik figuralarning biri bo‘lib, she’riyatda bir xil tovushlar, so‘z yoki iboralarning takrorlanib, ma’noni chuqurlashtirishidir.

Misra boshida:

Bir o‘lkakim, tuprog‘ida oltin gullaydi,

Bir o‘lkakim, qishilarida shivillar bahor.

Bir o‘lkakim, sal ko‘rmasa quyosh sog‘inar,

Bir o‘lkakim, g‘ayratidan asabi chaqnar Oybek



Epifora(takror). Epifora anaforaning aksi bo‘lib, misra oxirida yoki bandning oxirida keladigan takrordir.

Misra oxirida:

O‘ylamangki, tag‘in zavol izlayman,

Yo‘q, jahon kezaman, visol izlayman.

So‘z, rang izlayman, timsol izlayman,

Jangdor qo‘shiqda kamol izlayman Mirtemir

Band oxirida:

Kuz yoysa ham yo‘llarga hazon,

Qor ko‘msa ham borliqni butun.

Ko‘klam kelib ursa ham handon,

Eshigingdan o‘taman bir kun.
Sochlaringga tushsa hamki oq,

Peshonangni bossa ham ajin,

Kirganda ham gavdangga titroq

Eshigingdan o‘taman bir kun. O.Matjon.

Bandlar oxirida takrorlanib keladigan epifora misralar refren bo‘ladi. Qo‘shiqlarda esa ma’lum bandlar qaytarilib keladi. Buni naqorat deb yuritiladi.

Naqorat mustaqil band sifatida takrorlanadi. Unda she’rning asosiy g‘oyasi ta’kidlanadi.

Radif ham epiforaning bir ko‘rinishi bo‘lib, misra oxiridagi takrordir. Radif qofiyalanuvchi so‘zdan keyin keladi. Radifning epiforadan farqi shandaki, radif asosan aruzda bo‘lib, she’rning boshidan oxirigacha keladigan izchil takrordir. Epifora esa she’rda boshdan oxirigacha kelishi shart emas.

Radif:


Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,

Qondir jigarim, xoh inon, xoh inonma.


Hijron kechasi charxi falakka yetar xoh.

Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma.


Ellipsis (gr. tushib qolish). Ellipsis ifodada biror so‘zning tushib qolishidir. Biroq bu kabi tushib qolgan so‘z oson anglashiladi.

O‘zbek supasiday sahnada gilam ( solingan)

CHiroqday yonardi go‘yo kamalak

Ba’zan kesim so‘zlar o‘rnida undov so‘zlar keladi.



Parallelizm. Ikki hodisani yonma-yon qo‘yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash, yo bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish.

  1. Tematik parallelizm. Ikkita bir xil hodisani bir-biriga

parallel qilib tasvirlash.

SHishani zargarga berdim,

Kimyo bo‘lgaymi deb.

CHin ko‘ngilni yorga berdim

Oshno bo‘lgaymi deb.

Bu o‘rinda bir-birining ochilishiga yordam beradigan ikki mavzu, ikki motiv beriladi. Tematik parallelizmlar ayniqsa xalq og‘zaki ijodida katta o‘rin tutadi.

1. Sintaktik parallelizm. Bir xil qurilishdagi, bir xil

tuzilishdagi ikki jumla.

Ayb emasdir sevmak, sevilmak,

Ayb emasdir sevgim bor desam.

Sevgisi hur, tolei baland

Ayb emasdir seni yor desam Uyg‘un

3.Strofik parallelizm: har bandda bir xil sintaktik yoki leksik

iboralarni takrorlash orqali turlicha ma’noni ifodalash.


U qo‘shiq kuyladi yor sha’niga mast,

SHo‘xchan she’rlar aytdi sevgi nomidan.

Hammani kuldirdi, qiz esa faqat

Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan.


U qo‘shiq kuyladi yor shaoniga mast

Yig‘lab faryod chekdi sevgi nomidan.

Hammani yig‘latdi, qiz esa faqat

Beparvo jilmayib o‘tdi yonidan. A.Oripov

Bundan tashqari, ritmik parallelizm va tovushlar parallelizmi

ham bo‘ladi. Biroq ular o‘zbek she]riyatida juda kam uchraydi.



Asindeton (bog‘lovchisizlik). Stilistik figuralardan bo‘lib, so‘z

va jumlalar o‘rtasidagi bog‘lovchining tushib qolishi yoki ataylab ishlatilmasligi hollaridir. Bog‘lovchining bu kabi tushib qolishi sababli jumlaning siqiqligi shiddat kasb etadi.

YUvib tarab, sevib, quchib, o‘pib, opichlab. H.Olimjon

Polisindeton. Asindetonning aksi bo‘lib, bunda bog‘lovchi yo ko‘p bo‘ladi, yoki ataylab ko‘p ishlatiladi. Unda bir necha so‘z yoki ibora bir xil bog‘lovchi bilan bog‘lanib keladi.

Qomatlardan va qoshlardan ketdi so‘z,

Na lab qoldi, na zulf qoldi va na ko‘z. SHayxzoda

Gradatsiya (lat.- kuchayib borish). Bir xil yoki ma’nosi bir-biriga yaqin turadigan so‘z yoki iboralarni takrorlab ta’kidlash yo‘li bilan mazmunni chuqurlashtirish yoki aksincha. Gradatsiya 2 xil bo‘ladi:



  • klimaks - ma’noni kuchaytirish;

  • antiklimaks - ma’noni susaytirish.

Ma’noni kuchaytirish:

Otang xo‘rlandimi?

Onang o‘ldimi?

YO sen yetim qoldingmi?

Qayg‘urma qo‘zim. G‘.G‘ulom

yoki:


Tilimi tilimni ming tilim qilgan

Qovunlar bog‘ladi yukin qovg‘aga G‘.G‘ulom

Gradatsiya hodisasi nasrda ham uchraydi:

Qo‘l loy, yuz loy, non loy, Qon loyga oqadi

O‘lik emas, tirik ham loy tishlaydi. Oybek

Anakoluf. Sintaktik moslashmaganlik. Biroq ma’no buzilmaydi.

Na ko‘kning fanori o‘chmasdan,

Na bulut sayr etib ko‘chmasdan

Na ufq o‘ramay yoqut - zar,

Na bulut silkitmay oltin par. Uyg‘un

Amfiboliya. Amfiboliyada esa ma’no buziladi. Ma’noning noaniqligi, aytilmoqchi bo‘lgandan boshqacha ma’no chiqib qoladi. Ikki ma’nolilik, chalkash ibora.

Keng paxtazor barini o‘par

Har tong kulib chiqqanda quyosh.

G‘ayrat to‘lgan bilakda zafar

Hamlangga tog‘ qilolmas bardosh. Z.Obidov

Soletsizm. Mazmun buzilmaydigan morfologik yoki grammatik xatolik.

CHiroqlardan olib nurni

Salqin bog‘da

Fontan yonida

Ikki yosh qalb so‘zlar sevgini Zulfiya

Apokopa. So‘z oxiridagi tovushlarning tushib qolishi natijasida vujudga keladigan xatolik. Mazmunga zarar yetkazmasdan so‘zni qisqartirish.

Sinkopa. So‘z o‘rtasidagi unlilarning tushib qolishi.


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish