Sinekdoxa hodisasi, asli metonimiyaning bir ko‘rinishidir. CHunki unda ham metaforadan farqli ravishda o‘xshashlikdan ko‘ra zamon va makonda boliqlik, aloqadorlik ji’atlari ustun keladi. Bunda butun orqali qism, yoki qism orqali butun, yo’ud ko‘plik orqali birlik (yoki aksincha) ifodalanishi mumkin.
Meni unutolmay qiynalar qishloq,
Turnalar yilaydi osmonlarida.
Tovonimni qo‘msab qabardi tuproq,
Qolarman tuproqning tovonlariga
Fikrni isbotlash, uni badiiy ifodalash maqsadida maqol keltirish san’ati mumtoz adabiyotimizda “Irsoli masal” nomi bilan ma’lum. Bu she’riy san’atga Navoiy, Lutfiy, Jomiy, Bobur, Muqimiy kabi buyuk mutafakkirlarimizning ko‘p bor murojaat qilganlari ularning meros she’riyatida o‘z aksini topgan. Mumtoz she’riy san’at haqida ko‘pgina izlanishlar olib borgan A.’ojia’medov “Mumtoz badiiyat malo‘ati” kitobida bu san’at to‘risida fikr yuritib, misol tariqasida A.Navoiyning quyidagi baytini keltiradi:
O‘qlaring ko‘nglumga tushgach, kuydi ham ko‘z, ham badan,
Kim kuyar ulu quru chun naysitona tushdi o‘t.
yaoni “qamishzor(nayiston)ga o‘t tushsa, xo‘lu quru baravar yonadi” maqoli birinchi misrada aytilayotgan fikrni dalillash vositasida yanada chuqurlashtirishga xizmat qilgan”. SHuningdek, muallif “irsoli masalayn” (ikkita maqol keltirish) - barcha baytlarda maqol ishlatish kabi ‘olatlarni ham eotirof etib, maqol hamma vaqt ham o‘zgarishsiz, aynan keltirilmay, uning mazmuni baozi o‘zgarishlar bilan she’r mazmuniga singdirib yuborilishini ham taokidlaydi.
Ma’naviy san’atlar: mubolag‘a, tamsil, tajohuli orifona, ruju, irsoli masal, tazmin, talmih v.b.
Lafziy san’atlar: iyhom, tanosub, ishtiqoq, tardu aks, raddi matla’, tajnis
Poetik sintaksis she’rdagi gap qurilishi, so‘zlarning tartibidir. Kompozitsion va sintaktik tugallik poetik misra va bandning muhim xususiyati hisoblanadi. Poeziya ixcham va ifodali, ma’lum rejaga solingan bo‘ladi. Bunga ortiqcha so‘zlarni chiqarib tashlash, so‘zlarni chuqur va qattiq shoirona saralash, gap qurilishini mazmun va vazn, qofiyaga muvofiq tuzish bilan erishiladi. Inversiya, ko‘chuv, ritorik so‘roq va ritorik murojaat, apostrofa, anakoluf, anafora va epifora, parallelizm, asindeton va polisideton kabilar poetik sintaksis vositalaridir.
Inversiya. Inversiya she’riy nutqda ifodalilikni oshiradi va
vaznni saqlash uchun gapdagi so‘zlarning tartibini poetik ehtiyojlarga ko‘ra qayta qurishdir.
O‘zbek tilida ega oldin, kesim esa gap oxirida, aniqlanmish
aniqlovchidan so‘ng keladi. Inversiyada ana shu tartib vazn va mazmun talabi bilan o‘zgartiriladi.
Sira ajab emasdur Mashhad ham aylab bazm,
Bir Qiyot farzandiga ta’zimda bo‘lsa jahon. A.Oripov
Bir Qiyot farzandiga Mashhad ham bazm aylab, jahon ta’zimda bo‘lsa sira ajab emasdir.
SHe’riyatda inversiya muhim g‘oyaviy-estetik fikrni tashuvchi so‘zlarni ta’kidlaydi, asosiy g‘oyani birinchi planga chiqarish imkonini beradi, she’riy nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Bundan tashqari inversiya ritmni rivojlantiradi, kechinmani yorqinlashtiradi. Lekin she’rda so‘z tartibini o‘zgartirish mumkin ekan deb, zo‘rma-zo‘raki so‘zlarning o‘rnini o‘zgartira berish yaramaydi.
Ko‘chuv. SHe’rda har bir misra tugal bo‘lishi kerak. Lekin ba’zan misra bu kabi tugal bo‘lmasligi ham mumkin. Buni ko‘chuv deyiladi. Ko‘chuv she’rdagi zeriktiruvchi bir xillikni yo‘qotish vositasi ham bo‘ladi. U she’rga jonli tilga xos tabiiylik baxsh etadi. SHuning uchun ham dramaturgiyada (she’riy dramalarda) ko‘chuvdan unumli foydalaniladi.
Men bir qora kunda tug‘ildim,
Tug‘ildimu shu on bo‘g‘ildim.
Men tug‘ilib ko‘z ochgan dunyo =
Xarob edi, buzg‘un, benavo.
Vayronada izillardi el
Menga qondosh, jondosh bo‘lgan el =
Gado edi, qashshoq edi xor,
Qalbi to‘la nafrat, alam, zor
Umrida hech shodlikning sasin =
Tinglamagan, Baxt ostonasin
Odam bo‘lib aslo ko‘rmagan,
Sevinch bilan oshno bo‘lmagan. H.Olimjon
Do'stlaringiz bilan baham: |