Epitet-sifatlash tasviriy vositalarning xarakterli ko‘rinishi bo‘lib, u voqelik, tuyu va predmetning o‘ziga xos tomonlarini sifatlarini aniqlab, taokidlab, ajratib, bo‘rttirib ko‘rsatadi. Bu xususiyati bilan, “sifatlash badiiy aniqlovchi”1 sanaladi.
Sifatlashlar “she’r misralari uchun yo‘l ko‘rsatkich”2dir, - deb taoriflaydi L.Ozerov. Zero, chiroyli original sifatlashlar asar oyasi, qimmatini belgilashda “yo‘l ko‘rsatkich”lari kabi juda zarur va ahamiyatlidir.
SHoirona e’tiros va did bilan topilgan epitet poetik obraz elementi sifatida, asosan, she’r oyasini ochib berishga, so‘ngra shoir shaxsi, uning olami, ijodiy individualligi haqida ma’lum tasavvur tudirishga qodir bo‘ladi, bunday epitetga qarab ko‘p narsani - shoirning oyaviy pozitsiyasini, estetik qarashlarini, isteododi va she’riy uquvini, emotsional va intellektual iqtidorini tadqiq qilsa bo‘ladi.
Xazin qarish oqar
yiingizdan.
Qoracho‘da alamlar farron...
Har tong
tongday yostig‘ingizda
Gullar ochiladi - zaofaron.
Jonlantirish tasviriy vositalarning qadimiy turi bo‘lib, ozaki nutqda ham, badiiy nutqda ham muhim o‘rin tutadi. U tasvirning yorqin, jonli, obrazli chiqishini ta’minlovchi asosiy omildir. Jonlantirish xalq ozaki ijodi namunalari – ertaklar, masallar va dostonlarda juda ko‘p uchraydi. Mumtoz adabiyotimizda “tashxis” (jonlantirish) va “intoq” (“so‘zlatish, gapirtirish”) nomi bilan yuritiladigan bu maonaviy san’atning go‘zal namunalari ko‘pgina adabiy meroslarimizda o‘ziga xos aksini topgan.
Ma’lumki, jonlantirish metaforaning maxsus turi bo‘lib, “unda kishilarning ‘arakatlari, ‘is-tuyulari, so‘zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi. Boshqacha aytganda, jonsiz predmetlarni insonlar kabi ‘arakat qiladigan, fikrlaydigan, so‘zlaydigan qilib tasvirlash jonlantirishdir ”.
Jonlantirish jonlantirilayotgan oboektni hisobga olgan ‘olda 4 xil yo‘nalishli bo‘lishi mumkin:
a) jonsiz predmetni jonlantirish;
b) jonli mavjudotlarga insonga xos xususiyatlarni taqish;
v) tabiat hodisalarini jonlantirish;
g) ‘issiy tushunchalarni jonlantirish.
Jonlantirish jonlantirilayotgan oboektga qaysi xususiyatlarni ko‘chirish hisobidan ham farqlanadi:
a) ‘arakat-’olatlarning ko‘chishi;
b) nutqiy qobiliyatning ko‘chishi.
‘arakat-’olatning o‘zi ham insonga va boshqa mavjudotlarga xos bo‘lgan ‘arakat-’olat ji’atidan farqlanadi. Jonsiz narsalar yoki mavjudotlarda insonga xos xususiyatlarning aks etishi rus filologiyasida personifikatsiya ( shaxslashtirish) deb atalib, mumtoz adabiyotimizdagi intoq san’atini uning bir ko‘rinishi sifatida e’tirof etish mumkin.
Badiiy adabiyotda barcha tasviriy vositalarning o‘ziga xos xususiyati va o‘rni bor. Ular badiiy asarda ijodkor oyasini, maq-sadini yoritishda muhim omil sanaladi. SHuningdek, jonlantirish ham badiiy asarda o‘ziga xos muayyan funksiyalarni bajaradi:
a) jonli tasvir inson ru’iyati olamini, uning ichki ‘issiyoti, dardlarini kashf qiladi. Bunda jonlantirilayotgan oboekt ru’iyati va qa’ramonning ‘olat, kayfiyati uyun aks etadi;
b) yorqin, obrazli badiiy tasvir yaratadi;
v) milliy ru’ni aks ettiradi;
g) majoziy fikr ifodalashning muhim omili hisoblanadi, ayniqsa, jonlantirilayotgan oboekt nutq qobiliyatiga ega bo‘lsa.
Qo‘qonda askiya qilayotgandek
tuyuladi ‘atto choyxonalar ham.
Engashib gap tashlar piyolalarga
go‘yoki qiqirlab choynaklar bu dam.
CHollarning soqoli xushnud silkinar,
yangi bir payrovga shaylanar labi.
Piyola chayqalib kular qo‘llarda,
uzoq nashoa qilar choynakning gapi.
Do'stlaringiz bilan baham: |