Оъзбекистон республикаси олий ва оърта


Zamin otli bir Sayyorani Ikki bo‘lak qilib so‘ydilar. G‘arb dedilar bitta porani



Download 2,25 Mb.
bet37/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,25 Mb.
#228327
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124
Bog'liq
ADAB.NAZAR MAJMUA-1

Zamin otli bir Sayyorani


Ikki bo‘lak qilib so‘ydilar.

G‘arb dedilar bitta porani


Bir porani SHarq deb qo‘ydilar. E.Vohidov

Qoliplovchi qofiya: a b b a

Ba’zi tunlar qattiq - qattiq

Bo‘kirdi - da qo‘ydi sellar

Quturadi vaxshiy ellar

Ucha yozdi ko‘rpa - yostiq Oybek

Juft qofiya: a a b b v v g g

Ikki do‘stga aytib SHaraf - shon


Oqar edi toshqin Zarafshon

Olam sari sochib yangi ong

Sekin - sekin yoriSHardi tong. H.Olimjon

Mumtoz adabiyotda masnaviylar xudda shunday qofiyalanadi.

Nedur ahvoling, ey zori g‘aribim,

Visolim davlatidin benasibim.

CHekarding g‘am tog‘in holing nechundir,

Bu yukdan jimmi chun noming nechukdir. Navoiy.

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,

Arz etayin emdi yozib nomalar.

Adl qulog‘i - la eshit holimi

Zulm qilur baski menga zolimi Muqimiy

SHunday qofiyalash yo‘li bilan yozilgan asarlar masnaviy deyiladi.

Uzilgan qofiya: a b v b

Tong otarchog‘ida juda sog‘inib

Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.

Loyqa haylatlar chashmaday tindi

Pok - pokiza yurak - bir qatra simob. G‘.G‘ulom

Uchlik qofiya: a a b a
Qofiyaning bu turi xalq qo‘shiqlari uchun xarakterli bo‘lib, yozma adabiyotga ham o‘sha erdan kirib kelgan.

Olma ekilmasmidi,

Tagi chopilmasmidi.

Nega qariga berding?

Tegim topilmasmidi

Ruboiy ham xuddi shunday qofiyalanadi:

Ayrim hollarda ruboiyning qofiyasi a a a a bo‘lishi ham mumkin.
Sen gulsanu men haqir bulbuldurmen,

Sen shu’lasanu ul shu’laga men quldurmen,

Nisbat yo‘qtur deb ijtinob aylama kim,

SHaxmen elga, vale senga quldurmen

Bobur.

So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin,

So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin,

Insonni so‘z ayladi judo hayvondin

Bilkim, guhari SHarifroq yo‘q ondin

Navoiy


Bunday ruboiy taronai ruboiy deyiladi.

Zanjirli qofiya: a b a b v b v g v g d g

Qofiyaning bu turi G‘arbiy Evropada t e r s e t yoki tersina deb yuritiladigan uch misrali bandlardan tashkil topgan she’rlarda yoki shunday misralardan tuzilgan epik poemalarda uchraydi. M.Dantening «Ilohiy komediya» asari ana shunday tersina bilan yozilgan. Bu xususiyat A.Oripovning tarjimasida ham yaxlit berilgan.

Ternarnaya rifma - bu ham uch misrali bandlarda uchraydigan qofiya turi bo‘lib, zanjirli qofiyadan farqli o‘laroq, a a b v v b s s b bo‘ladi. G‘.G‘ulomda ana shunday ternarnaya rifmaning o‘ziga xos ko‘rinishi uchraydi: a b v a b v

Ko‘rmasdan, bilmasdan uylanish

Turmushday eng shirin ne’matga

Alamni o‘rtoqlash emasmi?
Tanimay to‘satdan bo‘lgan yosh

YASHashda eng chuqur kulfatga

Sudrovchi yov tunin qiymasmi? G‘.G‘ulom. Tagduzi

SHe’r turlari, ulardagi misralarnig soni va bandlarning xususiyatiga qarab, zanjir qofiyaning boshqa bir qator turlarini uchratish mumkin.

Katren (to‘rtlik). To‘rt misrali bandlardan tashkil topgan she’r bo‘lib, qofiyasi a b a b s d d s e g e g e g

SHe’rim! YAna o‘zing yaxshisan,

Boqqa kirsang, gullar SHarmanda.

Bir men emas, hayot SHaxsisan,

Jonim kabi yaSHaysan tanda.
YUragimning dardi - naqshisan,

Qilolmaymen seni hech qanda!

O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?

Ishqimsanki, she’rim, yaxshisan.


Sen orada ko‘prik bo‘ldingda,

Teyne bilan o‘rtoq tutindim,

Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda,

Saharda qon tupursam, mayli,

Men - Majnunman; she’rim sen Layli! Nosir.

Sekstika (oltilik). Qofiya sistemasi avvass avavss aavsssv avsavs

Detsima (o‘nlik). Qofiyasi: Avvaassdds yoki avavssdeed

Detsima ispan poeziyasidan kelib chiqqan bo‘lib, uning qofiyasida mujskaya va jenskaya rifma baravar bo‘ladi.

Rondelp. Uch bandli she’r bo‘lib, qofiyasi avva avav avvaa

Ayrim qofiyalash sistemalari o‘SHanday qofiya sistemasini birinchi marta ishlatgan asar nomi bilan ataladi. M., A.S.Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romani 14 qatorli bandlardan tashkil topgan bo‘lib, qofiyalash sistemasi quyidagicha: abab aabb abba aa

Bunday qofiyalash sistemasi «oneginskaya strofa» nomi bilan yuritiladi.

G‘.G‘ulom she’riyatida (ayniqsa ijodining dastlabki bosqichida yaratilgan she’rlarida) turli-tuman qofiyalash sistemalarining ishlatilganligini ko‘ramiz.

«Go‘zallik nimada» - aaab aaab

«Surnay» - aabva

«Bo‘lsin» - aabv

«Beviqor qor» - aabbv bbba

«CHaman» - aaaaaa bbbbba

«Salom va tabrik» - aaabb

«Paranji» - aaaa bbbaa

Oybekning «Na’matak» she’ri qofiyasi ham juda nodir bo‘lib, hech erda uchramaydi.

a v d j i a

b g e z k

v d j i a

b g e z k

a v d j i a

Qofiyalangan proza. Qofiya prozada ham bo‘lishi mumkin. Qofiyalangan proza saj’ deyiladi. Sajh namunasini xalq og‘zaki ijodida ko‘p uchratamiz. Ertaklarda: bor ekanda yo‘q ekan, och ekanda to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasavul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, toshbaqa tarozidor ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan

Maqollarda: «Otalar so‘zi - aqlning ko‘zi»

«Ming o‘yla, bir so‘yla»

«Qari bilganni pari bilmas»

Xalq dostonlarida: «Bir so‘zni eshitib, Intizor oym ertaroq bormay, uncha- buncha so‘zga quloq solmay, oltin ko‘shkning ustida turib, ko‘shkning pastida asp jallob buni ko‘rib, og‘zi angrayib turdi».

Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida: «Dehqonki dona sochar, erni yormoq bilan rizq yo‘lin ochar. Agar rostlik va salohi bordur, uyi solih nokasidin nomadordir. Olam ma’murligi alardin, olam ahli masrurligi alardin. Har qayon qilsalar harakat, elga ham qut etkurur ham barakot».

Qofiyali prozada yozish usuli boshqa.

Saj’ usulida yozilgan asarlar musajja deyiladi.

Qofiyali proza yozish usuli ham boshqa xalqlar adabiyotida ham bor. M.R.Rollanning «Kola Bryunpon» romani.

Oq she’r. Oq she’r qofiyasiz she’r bo‘lib, unda qofiya o‘rnini vazn, intonatsiya va boshqa vositalarning mukammalligi bosishi kerak. Qadimgi yunon poeziyasida, Gomer dostonlarida qofiya bo‘lmagan. SHekspir dramalari ham qofiyasiz yoziladi. M. Pushkinning «Boris Godupov», SHayxzodaning «Mirzo Ulug‘bek», Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yaSHaydi» poemasi qofiyasiz oq she’rda yozilgan. O‘zbek adabiyotida SHayxzoda va Mirtemirlar oq she’r namunasini yaratganlar. SHayxzodaning «Urug‘ socharlar» she’r buning namunasidir.

Qofiyadan keyingi elementlar. Ba’zi she’rlarda qofiyadan keyin ham ayrim so‘z, birikma yoki butun-butun jumla bir xilda takrorlanib kelishi mumkin. Qofiyadosh so‘zlardan keyin aynan takrorlanib keladigan yordamchi so‘zlar, alohida so‘z yoki jumlalar barmoq sistemasidagi she’rlarda hamda yirik epik asarlarda boshdan oxirigacha davom etadigan izchil takror bo‘lmasdan, o‘tkinchi, epizodik xarakterga ega bo‘ladi. Bunday takror qofiyadosh so‘zlardan keyin misra oxiridagina bo‘lmasdan band oxirida ham bo‘lishi mumkin.

Tavtalogik qofiya ham aslida misra oxiridagi takrorga kiradi.

Erdagi tangrilarning qora qanotin

YOndirib, naxra ochding nurga, bahorga.

Biz azalgi tunlarning oltin saboxin.

O‘ndik kurashlardan so‘ng mirqib bahorga Oybek


Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish