Tuk-tuk, ship-ship.
Tuk-tuk, ship-ship.
To‘q-to‘q, sib-sib.
To‘q-to‘q, sib-sib. SH.Sulaymon. Turksib ashulasi
Ritm she’rning tomir urushidir. U she’rda muxim estetik ahamiyatga egadir. V.Mayakovskiy ritmni she’rning asosiy energiyasi, degan edi. Bir o‘lchovdagi ohangdosh parchalarning ma’lum tartibda qaytirilishi ritmni keltirib chiqaradi.
Vodiylarni yayov kezganda 4-5=9
Bir ajib his bor edi menda 4-5=9
CHappar urib gullagan bog‘in 4-5=9
O‘par edim Vatan tuprog‘in. 4-5=9 H.Olimjon
Osmonda bir tilim xandalak 3-3-3=9
Misoli muallaq sariq oy 3-3-3=9
Otadan ajralgan farzandek 3-3-3=9
Taqdirning zarbidan qaddi yoy 3-3-3=9
Zulfiya
Odam zoti dunyodaki bor 2-2-4=9
Uning bilan muhabbatdir yor 2-2-4=9
Keltirilgan she’riy parchalarnig har uchovi ham 9 bo‘g‘inli. Lekin bo‘g‘inlarning turli miqdorda guruhlanishi natijasida, har uch misol-ning ritmi bir-biridan farq qiladi.
Barmoq tizimida misralardagi bir xil hijolar tizimining takrorlanishi ritm yaratadi. Bu kabi takrorlanish natijasida turoq xosil bo‘ladi. Aruzda esa uzun va qisqa hijolarning bir hilda takrorlanishidan hosil bo‘ladigan ohang ritm bo‘ladi. Masalan,
Bu vatan maqtovlarini har qancha yozsang oz ekan,
Dilga dil, tilga ko‘ngil albatta jo‘r ovoz ekan. G‘.G‘ulom.
- u - -/- u - -/- u - -/- u -
yoki
Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman
Uqurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman A.Oripov
u - - -/u - - -/u- - -/u - - -
Meni SHaydo qiladurg‘on bu ko‘ngildir, bu ko‘ngil,
Xoru rasvo qiladurg‘on bu ko‘ngildir, bu ko‘ngil.
Uu - -/uu - -/uu - -/uu -
Kuzung ne balo qaro bo‘libdur
Kim jonga balo qaro bo‘lubdur. Navoiy
- -u/u - - -/u - -
Erkin she’rda esa, misralarning mazmuniga muvofiq oxang bilan o‘qilishi natijasida ritm hosil bo‘ladi.
Bu yo‘llar 3
ko‘p qadim yo‘llardir 3-3-=6
jahoning 3
fotihi Iskandar 3-3-=6
Rum qaysari 4
qotil CHingiz 4
Botu 2
Jo‘ji 2
Temurlang 3
qoldirib 3
kimsasiz ish 4
CHindan mo‘g‘il o‘chi 2-2-2=6
borliqni 3
joniga qilib teng 3-3=6
qon deya 3
qon deya 3
bosaroq kechmishdir 3-3-=6 G‘.G‘ulom
SHe’rdagi ohang, tinish belgilari (vergul)ga qarab to‘xtalish - sukun natijasida ritm hosil bo‘ladi. Ritm mazmunni chuqurroq ochishga yordam beradi. Ritm ta’sirida misralar emotsionallik kasb etadi. Umuman, she’r ritmik nutqqa qurilgan bo‘ladi. Ritm she’rda qofiya tizimining o‘zgarishi bilan ham o‘zgaradi. SHoirda ritm tuyg‘usi rivojlangan bo‘ladi.
PAUZA - nutq davomida zarur bo‘lgan to‘xtalishdir. Ana shunday to‘xtalish bilan aytilmoqchi bo‘lgan fikr ta’kidlanadi. Pauza ohangga ko‘ra bayon, undov yoki so‘roq ma’nosiga ega bo‘lishi mumkin. Ayniqsa she’riy nutqda uning ahamiyati beqiyosdir. Pauza turoqni belgilaydi, ayrim so‘zlarning ahamiyatini ta’kidlaydi, she’rga hayajon bag‘ishlaydi. SHe’rdagi bandlar ham pauza bilan bir-biridan ajraladi. SHe’rdagi har bir tovush, so‘z va misra muayyan ohang, to‘xtalish bilan o‘qiladigan mazmunni to‘g‘ri ifodalaydi. Pauza har bir intonatsion bo‘lak oxirida keladi. Intonatsion pauza ritmik pauzadar farq qiladi.
Ritmik pauza misralar oxiridi va turoqlar oxirida yuz beradigan to‘xtalishdir. Misra oxiridagi pauza misra orasida, turoqdan keyin keladigan pauzadan ikki barobar katta bo‘ladi:
a) katta ritmik pauza;
b) kichik ritmik pauza.
Katta ritmik pauza bir turoqdan keyin kelib, misrani ikkiga bo‘lib yuborishi xam mumkin. Katta ritmik pauza qatorlarning oxirini eslatadi. U shu bilan misralarni bir-biridan ajratadi. Katta ritmik pauza sezura deyiladi. Sezura (yorish, kesish) kuchli ohangdor to‘xtalishdir. Msira qanchalik uzun bo‘lsa, sezura shunchalik zarur. Sezura she’rdagi uzoq to‘xtalishdir. Kichik to‘xtalish misradagi so‘zlarni bir-biridan ajratsa, sezura misrani ikkiga ajratadi. V.Mayakovskiy she’rlarida har bir misra undagi sezuraga ko‘ra zinalarga bo‘linadi, ba’zan bir so‘zning o‘zi alohida satrda qoladi.
TUROQ - bo‘g‘inlarning misralararo ma’lum tartibda guruhlanishidir. Turoqlilik barmoq tizimining o‘ziga xos xususiyatidir. Turoq ham she’rda ritmni uyushtiruvchi muhim unsur, vosita vazifasini bajaradi. Biroq turoq bilan ruknning farqi shundaki, turoq faqatgina so‘zdan keyin tushsa, rukn so‘zni ikkiga bo‘lib, uning o‘rtasiga ham tushishi mumkin. Aruzda rukn 1 hijodan 5 hijogacha bo‘lishi mumkin. Barmoqdagi turoq esa 1 bo‘g‘indan 8 bo‘g‘ingacha bo‘ladi.
Misralardagi turoqlar soni turlicha bo‘lib, 1 dan 4 gacha bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘inlar miqdori jihatidan bir xil bo‘lgan turkum she’rda turoqlar turlicha bo‘lishi mumkin.
Na ko‘kning fanori o‘chmasdan 3-3-3=9
Vodiylarni yayov kezganda 4+5=9
Odam zoti dunyodaki bor 2+2+4+1=9
Turoq ichida ham turoqchalar bo‘lishi mumkin. Biroq bunday turoqchalar butun she’r davomida izchil takrorlanmasdan, she’rning u yoki bu o‘rnida vaqtincha keladi va o‘SHa o‘rinda ritmni kuchaytirish vazifasini bajaradi.
Meni / qurSHar // salqin / bir havo
Suv ustidan // tun / quyuladi
SHunda / qancha // qancha // gaplarni
Esga solib//oy/ham to‘ladi.
H.Olimjon
4 /2-2/-5/2-3/ = 9
4-5 (1-4) = 9
4/ 2-2/ -5/ 2-3/=9
4-5/ 1-4/=9
Ichki turoq misralararo turoqlar tarkibida paydo bo‘lib, she’rning vaznini belgilashda betaraf bo‘ladi.
MISRA - she’riy qatordir. Misra ko‘pincha tugal jumla bo‘ladi. Ayrim hollarda misra tugallanmasdan, uning davomi keyingi qatorga o‘tib ketishi ham mumkin.
SHodlik yo‘lga boshladi meni,
Baxtiyorlik bo‘ldi odatim.
SHoir bo‘lib shodlik va baxtni
Kuylamaklik zo‘r saodatim. H.Olimjon
BAND - tugal mazmun bilan bir-biriga bog‘langan poetik tuyg‘uning muxtasar bir bo‘lagini ifoda etadi va bir nafas bilan aytiladi. Band ma’lum qofiya tartibi bilan birlashtirilgan bo‘ladi. Qofiya banddagi misralarni payvandlab, o‘SHa bandni boshqa banddan ajratib turadi. Band ham musiqiylikni keltirib chiqarishda muhim ahamiyatga ega. SHe’rda band takrorlanib, she’r so‘nggigacha o‘zgarmaydi. Ana shu kabi bir xil bandlarning takrorlanishi ham she’rda ohang yaratadi. Epigramma, ruboiy hamda tuyuqda bandning o‘zi tugal g‘oyaviy niyatni ifoda etadi.
Har bir she’rning bandlaridagi misralar miqdori teng bo‘lishi kerak. SHe’rning bandlarida qfiyalanish tartibi bir xil bo‘lmaydi. Ayrim she’rlar hamda ayrim lirik janrlarda esa har bir bandning qofiyalanish trtibi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, H.Olimjonning «Ishqim bordur o‘SHa ohuda» she’ri abbba aavva ggdga ejeja tartibida qofiyalangan.
O‘zbek she’riyatida band 1 misradan 14 misragacha bo‘ladi.
QOFIYA poetik asarning muhim bo‘lagidir. U she’rni uyushtiradi, kompozitsiyani tashkil etadi, she’riy qatorning tugallanganligi haqida ogohlantirib, banddagi misralarni bir-biriga payvandlaydi. SHe’rdagi izchil qofiya butun asarni SHaklga solib turadi. Ba’zi hollarda esa qofiya janrni hosil qiluvchi asosiy vositalardan biri sifatida ham rolp o‘ynaydi. «Qofiya bo‘lmasa, she’r sochilib ketadi», - deydi V.Mayakovskiy. Qofiyada she’rning ritmi, intonatsiyasi, sintaktik qurilishi, leksikasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kuchaytirgich liniyalar birlashadi. Qofiya she’rdagi ritmni tartbga solishda muhim rolp o‘ynab, ritmik qator chegaralarini belgilaydi. Qofiya bilan tugallangan qatorlarning almashinib turishi ritmni keltirib chiqaradi.
Qofiya poeziyaning ifoda shakli bo‘lib, ma’noni ta’kidlaydi, fikrni muxtasar, tugal va ifodali qiladi. Qofiya ohangdoshlik yaratib, kishi tuyg‘usiga ta’sir etadi va shu yo‘l bilan ma’noni kuchaytirib, alohida ekspressiv hamda emotsional vazifani bajaradi.
Qofiya misra oxiridagi ohangdoshlikdir. U qatordagi undosh tovushlarning tasodifiy takrori bo‘lgan alliteratsiyadan hamda xalq og‘zaki she’riyatidagi keng tarqalgan parallelizmdan kelib chiqqan.
Qofiya so‘zi arabcha bo‘lib, «kafo» - biror narsa ichidan borish,
tuzilish ma’nosini beradi. Qofiya ayrim tovush yoki tovushlar kompleksining takrori bo‘lib, band hosil qiladi. Qofiya she’rni esda saqlashni osonlashtiradi. Qofiyada ohangdosh so‘z misra oxiriga chiqariladi. Bu inversiyani keltirib chiqaradi. Qofiyaning intonatsion-stilistik funksiyasi shundan kelib chiqadi. CHunki ajratib ta’kidlangan so‘zga urg‘u tushadi, unga e’tibor kuchayadi.
Qofiya bir xil pozitsiyada kelgan so‘z yoki tovushlarning ohangdosh
ligiga asoslanadi. Mumtoz adabiyotda qofiyaning tovush jihatdan bir xil bo‘lishi etarli emas, deb hisoblangan. Qofiya bo‘lishi uchun hatto harflar ham bir xil bo‘lishi talab etilgan. Qofiyaning keyingi taraqqiyoti natijasida bu talab o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. SHunga qaramay, qofiyaning ikki turi haqida gapirish mumkin:
1.Grafik - yozish uchun qofiya. Qofiyalangan so‘zlardagi tovushlarning
to‘la muvofiq bo‘lishiga asoslanadi:
Daraxt paxta anor dog‘
Karaxt taxta kanor bog‘
2.Akustik - eshitish uchun qofiya. Bu qofiya yozuvda harflarning
muvofiqligiga emas, talaffuzdagi ohangdoshligiga asoslanadi.
Qofiyalashda shoir ataylab talaffuzni ko‘zda tutadi.
Paxta daraxt dog‘ sistema
Vaqtda har vaqt dor epidemiya
Do'stlaringiz bilan baham: |