Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo‘lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to‘g‘risidagi o‘z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob’ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o‘zi idrok qilayotgan narsalar to‘g‘risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to‘g‘risida fikr qiladi, ya’ni bular tafakkurning ob’ekti bo‘ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo‘lishi mumkin emas.
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir.
Analiz- shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob’ektlari amalda ajratib bo‘lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo‘lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta’kidlashicha, maymunning yong‘oqni chaqishining o‘ziyoq boshlang‘ich, oddiy analizdir. O‘quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko‘pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni еchadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o‘zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko‘rish mumkin.
Muammoli vaziyatlarni еchish usullari
Dars jarayoni vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o‘rin tutadi. Chunonchi, savodga o‘rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Matematik masalani еchish tahlil qilishdan, dastlab bir qancha ma’lum sonlarni topishdan boshlanadi. Agarda inson oldiga avtomashina motorining tuzilishini bilish vazifasi qo‘yilsa, u holda bu topshiriqni hal qilish u motorni ayrim qismlarga ajratib, har bir qismni o‘z navbatida alohida olib tekshirish lozim bo‘ladi va hokazo.
Sintez-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo‘laklarini bir butun qilib qo‘shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta’rifdan ko‘rinib turibdi. Analiz aqliy bo‘lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o‘z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo‘g‘in, bo‘g‘inlardan so‘z, so‘zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi.
Analiz va sintez o‘zaro bevosita mustahkam bog‘langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo‘lsa, uni sintez qilib bo‘lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |