Qiyosiy psixologiya odamlar va hayvonlar psixikasi qiyoslanib ulardagi mavjud o‘xshashliklar va farqlarni aniqlash bilan shug‘ullanuvchi psixologiya hisoblanadi.
Sotsial psixologiya shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganuvchi tarmoq bo‘lib hisoblanadi.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo‘nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o‘rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo‘lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o‘ziga xos va еtakchidir.
Psixologiya va falsafa. Psixologiya va tarix. Psixologiya va sotsiologiya. Psixologiya va pedagogika. Psixologiya va tabiiy fanlar. Psixologiya va kibernetika. Psixologiya va texnika fanlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |