О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус



Download 2,58 Mb.
bet74/162
Sana28.02.2022
Hajmi2,58 Mb.
#474952
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162
Bog'liq
PSIXOLOGIYA UMKA 1- KURS DASH

Faoliyat – insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z–o‘zini bilishga, uni qayta qurishga yo‘naltirilgan faolligidir.
Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Q.Turg‘unovning “Psixologiya” terminlarining qisqacha ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘atida: Faollik – shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o‘zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lib, kishining faoliyati mehnat, o‘qish, o‘yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo‘ladi”- deb ko‘rsatiladi.
Faoliyat-inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining ro‘yobga chiqish shakli. Harakat – maqsadga muvofiq yo‘naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig‘indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning “Psixologiya” o‘quv qo‘llanmasida quyidagicha ta’riflar uchraydi:
Faollik – shaxsning hayotdagi barcha xatti–harakatlarini namoyon etishni tushuntiruvchi kategoriyadir.
Faoliyat – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.
Mazkur ta’riflardan ko‘rinadiki, faoliyat tushunchasi o‘z tarkibiga shaxsning u yoki bu darajadagi faollik ko‘rsata olish darajalarini qamrab oladi va unga umumiy tarzda quyidagicha ta’rif berish mumkin: Faoliyat-anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) harakatlar yig‘indisiga aytiladi.
Adabiyotlarda faollik va harakat tushunchalari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgani bilan ular o‘rtasidagi ayrim farqli belgilar kuzatiladi. Jumladan, faoliyatning mazmuni to‘la-to‘kis uni yuzaga keltirgan tabiiy-biologik va ma’naviy ehtiyojlar bilan shartlashmaganligi tufayli uning psixologik mexanizmi ham o‘zgacha negizda qurilishi mumkin.
Ikkinchidan, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash uchun psixik narsa va hodisalarning xususiyat ob’ektiv xossalarni aks ettirishi, qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘l-yo‘riqlarini aniqlab berish lozim.
Uchinchidan, faoliyat shaxsning xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakatlarni ruyobga chiqarish, yuzaga kelgan ehtiyojlarni va yordamga muhtojligi, faollikning imkonini beradigan boshqarishni uddalash lozim. Shuning uchun faoliyatni bilish jarayonlarisiz, irodaviy zo‘r berishsiz amalga oshirish juda mushkul. Aynan ikkala omil o‘zaro uzviy aloqaga kirgandagina yaratuvchanlik xususiyatini kasb etadi.
Inson faolligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, faoliyatning mazmuni ana shu faoliyatni yuzaga keltirgan ehtiyojning bir o‘zi bilan belgilanmaydi. Agar ehtiyoj faoliyatga motiv sifatida madad berib, uni rag‘batlantirib tursa faoliyatning shakli va mazmuni ijtimoiy sharoitlar, ijtimoiy talablar hamda tajribalar bilan belgilanadi.

Faoliyatning muhim xususiyatlari

Hayvonlar faolligi

Inson faoliyati

Instinktiv – biologik faollik

Bilishga va muloqatga bo‘lgan ehtiyojlar bilan yo‘naltirilgan.

Hamkorlikdagi faoliyat emas, biologik maqsadlar, (oziqlanish, himoyalanish)ga asoslangan to‘da bo‘lib yurish,

Kishilik jamiyati hamkorligidagi faoliyat asosida tashkil topgan, har bir harakat inson uchun hamkorlikdagi faoliyatidagi o‘rniga ko‘ra ahamiyatlidir.

Ko‘rgazmali – yaqqol vaziyatlar bilan boshqariladi

Predmet va hodisalarni mavhum-lashtirish, ular o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish va munosabatlarni aniqlash mumkin.

Irsiy jihatdan mustahkamlangan dastur (instinkt)lar asosidagi xatti-harakatlar, ko‘nikmalar yakka tartibda hosil bo‘lib hayvonning yashash uchun tashqi sharoitlarga moslashishi sifatida namoyon bo‘ladi.

Tajribani berish va o‘zlashtirish muloqotning ijtimoiy vositalari (til va boshqa belgilar tizimi) yoki moddiy madaniyat mahsulotlari orqali amalga oshiriladi.

Yordamchi qurollar, vositalar yasashi mumkin, ammo undan qurol sifatida doimo foydalanmaydi. Bir qurol yordamida boshqa qurol yasay olmaydi.

Mehnat qurollari yasab, uni keyingi avlodlariga ham qoldirishi mumkin. Turli predmet va qurollardan foydalanib, yangi qurol va vositalar yarata oladi.

Tashqi muhitga moslashadi

O‘z ehtiyojlariga muvofiq tarzda tashqi dunyoni o‘zgartiradi.

Odamni ishlashga majbur qiluvchi motiv uning ovqatlanish ehtiyoji bo‘lishi mumkin. Biroq odam, masalan, dastgohni ochlik ehtiyojini qondirish uchun boshqarmaydi. Inson faoliyatining mazmuni jamiyat talab qiladigan biron mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Faollik manbai bo‘lgan faoliyat yaxshi anglab olingan maqsad bilan belgilanadi.
Yuqoridagi jadvalda inson faoliyati bilan hayvonlar hatti-harakati o‘rtasidagi farqlar aks ettirilgan. Faoliyat faollikni anglab olingan maqsad bilan boshqaradi. Faoliyatni anglash qanday darajada bo‘lmasin maqsadni anglash hamma vaqt ham zaruriy belgi sifatida qolaveradi.
I.M.Sechenov fiziologik organlar va tizimlar faolligi yoki ishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lgan, shu sababdan uning asarlarida “Tafakkurning faol shakli”, “Tafakkur faoliyati”, “Miya faoliyati”, “Muskul faoliyati” so‘z birikmalar keng ko‘lamda joy olganligi I.P.Pavlov tomonidan “Oliy nerv faoliyati”, N.A.Bernshteyin esa “Fiziologik faolligi” atamani fan olamiga olib kirgan. Lekin N.A.Bernshteyn faollik, faoliyat, ish, mehnat tushunchalarini ma’nosiga ko‘ra farqlagan bo‘lishiga qaramay, u aksariyat hollarda faollikni faoliyat ma’nosida qo‘llagan.
Psixofiziologiyada faoliyat faollikni fiziologik ma’nosi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, ish, mehnat faoliyati, “mehnat faolligi” mazmunida qo‘llaniladi. Ijtimoiy psixologiyada “Faoliyat – faollik – ish - mehnat”, “Faoliyat - xulq”, “mehnat – xulq, faoliyat” ko‘rinishlari juftligi uchrab turadi. S.L.Rubinshteyn ong va faoliyat birligi tamoyilini ilgari surib, uni atroflicha asoslab berib, faoliyat psixologiyasini yaratish zarurligini tushuntira oldi. Uningcha, mehnat psixologik emas, balki “ijtimoiy kategoriya”, psixologiya esa “mehnat faoliyatining psixologik jabhalarini” tadqiq etadi.
A.N.Leontev faoliyatning psixologik nazariyasini yaratib, uning asosiy tushunchasi sifatida “Predmetli faoliyat” so‘z birikmasini fanga olib kirdi. Muallif tomonidan “Odamning hissiy amaliy faoliyati” so‘z birikmasi “ijtimoiy inson” sifatida talqin etiladi. Uning asarlarida “Faoliyat”, “Xulq” tushunchalari har xil mazmunda ishlatiladi, jumladan “Teskari aloqalar vositasida xulqni boshqarish”, “Faoliyatning halqali tuzilishi”, “Faoliyatni boshqarish”, “Qo‘lning tuyush faoliyati”, “Perseptiv faoliyat”, “Retseptor va effektor” apparatlarining hamkorlik faoliyati kabilar.
B.G.Ananev faoliyat psixologiyasini faollik psixologiyasi ma’nosida tushunadi. Uning fikricha bilish va muomala faoliyatning birlamchi ko‘rinishidir. Tadqiqotchi “Inson faoliyati”, “Tashkiliy ish”, “Tashkilotchilik faoliyati”, “Xulq jarayonining algoritmlari” atamalaridan har xil ma’noda foydalanadi.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish