О`збекистон республикаси олий ва о`рта махсус



Download 2,58 Mb.
bet107/162
Sana28.02.2022
Hajmi2,58 Mb.
#474952
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   162
Bog'liq
PSIXOLOGIYA UMKA 1- KURS DASH

Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.
Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi. Ayrim hollarda esa o‘z vaqtida ijro etilmay qoladi. Kishining ba’zi bir holatlarida a’zoyi-badani bo‘shashib turganda, xafalik chog‘ida o‘z kuchlari va imkoniyatlaridan hafsalasi pir bo‘lib turganda qaror ha deganda bajarilavermaydi. Qarorni bajarishda ro‘y beruvchi to‘sqinliklar oldindan nazarda tutilmaganda yoki maqsadning o‘zi vaziyat o‘zgarishi bilan kerak bo‘lmay qolganda shunday bo‘ladi.
Shunday hollar ham bo‘ladiki odam ko‘pgina qaror qabul qiladi, ammo qarorning ijrosi cho‘zilib ketadi, paysalga solinadi, boshqa muddatlarga ko‘chiriladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay ijro etilmaydigan qarorlar ko‘pincha niyatlar deb ataladi. Ancha vaqtdan keyin, lekin muayyan muddat o‘tgach ijro etiladigan qarorlar ham niyatlar deb ataladi. Masalan, o‘quvchi yoki talaba o‘quv yilining boshida barcha imtihonlarni faqat “a’lo” baholar bilan topshirishga qaror qilishi mumkin.
Irodaviy zo‘r berish. Qabul qilingan qaror to‘g‘ridan-to‘g‘ri, avtomatik ravishda amalga oshirilavermaydi. Qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun ongli ravishda irodaviy zo‘r berish ham kerak.
Irodaviy zo‘r berish ongning avvalo nerv-muskul apparatining zo‘riqishida ifodalanadi va organizmning tashqi ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Irodaviy zo‘r berishning ana shu ifodali tomoni odamning iroda holatini tasvirlovchi badiiy asarlarda gavdalantirilganini ko‘p uchratish mumkin.
Ba’zi odam irodaviy zo‘r berolmagani sababligina qabul qilgan qarorni muddatida ijro etolmaydi. Bunday hollarda “bajarsammikan yoki yo‘qmi” degan yangi kurash ham boradi. Zo‘r berish uchun yana kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Kuch sarflay olmaslik yoki bu masalada ikkilanish irodaning shu paytdagi bo‘shligini ko‘rsatadi. Qabul qilingan qarorni zo‘r berish yo‘li bilan ijro etish irodaning muhim belgisi hisoblanadi.
Irodaning o‘ziga xosligi ongli ravishda zo‘r berishning biron darajasida bajariladigan harakatlardan iborat.
Irodaviy zo‘r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan to‘siqlarni yengishda namoyon bo‘ladi. Kishining irodasi juda katta to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri kelganda, ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Irodaviy zo‘r berish va irodaviy harakatlar yo‘li bilan yengishga to‘g‘ri keladigan to‘sqinliklar ikki xil: ichki va tashqi to‘sqinliklarga bo‘linishi mumkin.
Irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan yengishga to‘g‘ri keladigan ichki to‘siqlar odam organizmi va psixikasining holatidir. Odam tinch harakatsiz va hech qanday faoliyatsiz holatda bo‘lishi mumkin, masalan, dam olish, uxlash, charchash, kasallik paytida shunday holat bo‘ladi. Biron ish bilan shug‘ullanmay harakatsiz o‘tirishga, ya’ni yalqovlikka undovchi mayl ham shunday holatdan hisoblanadi.
Irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan avvalo organizmning passiv holatini o‘zgartirish uni faol holatga keltirish zarur bo‘ladi. Masalan, o‘rnida yotgan kishi (motivlar kurashi) turlicha qaror qiladi va o‘zini majbur qilib o‘rnidan turadi. Yalqovlikni yengish uchun ba’zan juda ko‘p zo‘r berishga to‘g‘ri keladi.
Irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan kishining aqliy faoliyatini ham faol holatga keltiriladi. Masalan, ma’ruza boshlanishi bilan talaba darhol irodaviy kuchni ishga solib, diqqatni bir joyga to‘playdi, irodaning barqarorligini saqlab qoladi, tafakkur va esda olib qolish jarayonlarini kuchaytiradi.
“Harakat qilish o‘ziga qanday o‘rgatilgan bo‘lsa – deydi I.M.Sechenov – harakatni to‘xtatib qolishni boshqarishga ham shunday o‘rganmoq kerak”.
Kishi irodaviy zo‘r berish yo‘li bilan ixtiyorsiz faollikni batamom yo‘qotib yubormaydi, balki shu faollik ko‘rinishlarini faqat o‘zgartiradi, yoki bosib qo‘yadi. Ixtiyorsiz faollik ko‘rinishlarini bosilishi vazminlik deb ataladi.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish