Emotsiya nazariyalari (Djeyms- Lange, Kennon- Bard. S.Shexter. D. Zinger) Qarama -qarshi emotsiyalar nazariyasi (R.Salomon bo‘yicha).
Stress ayrim odamlarda yengil kechadi, ayrim odamlarda jiddiyroq, qiyinroq o‘tadi. Bunga asosiy sabab quyidagilar deb belgilanadi: uning hosil bo‘lishi stressli vaziyatga qay darajada munosabatda bo‘lishimizga va bu holatni baholashimizga va u bilan kurashishimizga bog‘liqdir. Masalan, optimist odamlar stress holatini taqdirning bir sinovi deb qabul qilsa, pessimist odamlar uning hayotiga xavf-xatar tug‘ildi, deb qabul qilar ekanlar. Pessimistlarda xavotirlanish darajasi yuqori bo‘ladi va ular vaqtida ovqatlanmasalar ham stress holatiga tushib qolaveradilar. Psixologlar Maykl Shayer va Marlz Karver fikricha, optimist inson eng og‘ir, qiyin vaziyatda ham yaxshi deb oldinga intiladi, o‘z organizmida stress moslashib olishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Umuman olganda stress atamasi XX-asrning 40-yillariga kelib ommaviylashgan. Bunga sabab stress holatini to‘g‘ri tushunish va undan himoyalanishni o‘rganish, chunki stress turli salbiy munosabatlar natijasida vujudga kelishi mumkin.
Birinchi bo‘lib stress bo‘yicha 1932 yili fiziolog Uolter Kennon va 1936 yilda vrach Gans Sele chuqurroq tushuncha berishga harakat qilganlar.
U.Kennonning gomeostaz nazariyasi asosida 1933 yilda «Psixika va tana» asari yaratildi. Bu asarda barcha tashqi sharoit o‘zgarishlariga optimal (to‘la) moslasha oladigan bir yaxlit organizm haqida yozilgan. Organizmdagi turli o‘zgarishlar, ya’ni ochlik, qo‘rquv, jahldorlik holatlarini ko‘p yillar kuzatib o‘rganish natijasida «gomeostoz» ya’ni organizmni ichki holatini davomiyligi nazariyasi yaratildi. Uning fikricha, gemostoz va tashqi muhit ta’sirida asosiy o‘rinni markaziy va vegetativ nerv tizimi egallaydi. Markaziy nerv tizimi tashqi-muhit, bilan vegetativ nerv tizimi esa gemeostoz holatini saqlab turadi. Bundan organizmni «qochishi va kurashishi» uchun energiya ishlab chiqaruvchi simpatoadrenal tizimi muhim rol o‘ynaydi. Quyida Jems Lange va Kenon-Bard nazariyasining mohiyati keltirilgan.
U. Kennon yana shuni ta’kidlab o‘tadiki, organizmni stressga qarshi kurashish yoki qochish vaqtida yurak urishi tezlashadi, qon aylanishi buziladi, ya’ni maqsadga intilish uchun tayyorgarlik ko‘rishda organizmda qochish va kurashish kechadi. Bu reaksiyani u organizmni moslashish tizimi deb ataydi.
Kanadalik olim vrach G.Sele (1936-1976 yillar) o‘zini 40 yillik ilmiy izlanishlari bilan U.Kennon nazariyalariga qo‘shimchalar kiritib, stress psixologiya va tibbiyotda asosiy tushunchalarda biri ekinligini aytib o‘tgan. G.Sele stress har doim ham zararli emas, ba’zan inson organizmiga yordam, ko‘mak foyda berishi mumkin. Ayrim hollarda stressga tushib qolganda odam yashash uchun kurashish o‘z ehtiyojini qondirish uchun faollashib, o‘zi bilmagan zahiradagi energiyasini ishga solishi mumkin degan. U tirik organizmning noqulay tashqi sharoitlariga moslashuvchanlik muammosini o‘rganib chiqqan.
G.Seleni fikricha, shu sabablar muhim va nomuhim stressini keltirib chiqaradi. Bu vaziyatlar bir-biriga bog‘liqdir. Bunda 3 bosqich ajratiladi.
- xavotirlik bosqichi;
- moslashish bosqichi;
- o‘ta charchash bosqichi.
Xavotirlik bosqichida taloqning kichrayishi, yog‘ qavatining yo‘qolishi, oshqozonda o‘tkir yallig‘lanishning sodir bo‘lishi, buyrak tepasida likotsidlarning kamayishi kuzatiladi. Shu bilan birga teri jarohatini pasayishi, ko‘z yoshlanishi, so‘lakning ajralishi kuzatiladi. Agarda ta’sir kuchli bo‘lsa, bu bosqichda xavotirlik holati boshlanadi.
Moslashish bosqichida buyrak usti bezlari kattalashadi, organlar va to‘qimalarning ishlashi sekinlashadi. Agar stressni keltirib chiqaruvchi omil organizmga kuchli ta’sir etsa etmasa shu holat uzoq vaqt saqlanib qoladi. Agar ta’sir kuchli bo‘lsa, uchinchi bosqich boshlanadi.
O‘ta charchash bosqichi- organizmda kuzatilayotgan yutuqlarga ko‘ra bosqich xavotirli bosqichga yaqin. Bunda odatda organizm kasallanadi.
Chet el mualliflari asosan ijtimoiy, psixik va fiziologik stress shakllarini ajratadilar. Ularning fikricha, ijtimoiy stress asosida shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy yashash sharoiti yotadi. Ijtimoiy ziddiyatlar doimiy o‘ziga ishonmaslik va keskinlikni yuzaga keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |