6.9. ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI VA MAHSULOT TANNARXINI KALKULYATSIYA QILISH USULLARI
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usuli deb u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda qo‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi.
Kalkulyatsiya usulini qo‘llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi.
1. Ishlab chiqarish turi va murakkabligi.
2. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri.
3. Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi.
4. Ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi.
Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi bu xarajatlarni mah- sulotning ayrim turlari bo‘yicha dasturlashtirish va mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir. Kalkulyatsiya qilish 4 usuldan iborat bo‘lib, oddiy, bo‘limli, buyurtmali va normativ deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |