Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to‘g‘ri o‘tkaziladigan xarajatlarga aytiladi.
Masalan: texnologik mahsulotlar uchun sarflangan xomashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy mehnat haqi va boshqalar.
Bilvosita xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig‘ib taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyatsiya qilishda mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko‘rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan qo‘shiladigan xarajatlarga aytiladi.
Mahsulot hajmiga bog‘liqliklar nuqtayi nazaridan xarajatlar o‘zgaruvchan va shartli doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlarga bo‘linadi. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra o‘zgaruvchan xarajatlar asosiy xarajatlarga shartli-doimiy (o‘zgarmaydigan) xarajatlar esa ishlab chiqarishni tashkil qilish va unga xizmat qilish bilan bog‘liq xarajatlarga tenglashtiriladi.
Xarajatlar tarkibi O‘zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»da belgilab qo‘yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo‘linib hisobga olinishi belgilangan:
1) mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;
2) mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar.
Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo‘yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi.
KORXONA XARAJATLARI
Sotish tannarxiga kiritilgan xarajatlar
Asosiy faoliyatga doir xarajatlar
Asosiy bolmagan faoliyatga doir xarajatlar
Davr xarajatlari
Kelgusi davr xarajatlari
Muddati kechiktirilgan xarajatlar
Moliyaviy faoliyatga doir xarajatlar
Favqulodda xarajatlar (zararlar)
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita material xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari;
c) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chi- qarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
c) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy farqlar;
c) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash natijasidagi zararlar;
d) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |