Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo‘yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig‘indisi.
Gudvill — korxonani xarid qilish chog‘ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o‘rtasidagi farq.
Tashkiliy xarajatlar — yangi xo‘jalik yurituvchi subyektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari.
Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi. U bevosita belgilanishi bo‘yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi.
Mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |