O‘zbekiston respublikasi oli
Buxgal-xisobi (2)
3.4. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBGA OLISH Xomashyo va materiallar qabul qilgan korxonalar ularning qiymatini mol yetkazib beruvchilarga qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bilan birgalikda to‘laydi. Mol yetkazib beruvchi korxona olingan tushumdan QQSni byudjetga to‘laydi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tovarlarni sotish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yangi hosil qilingan qiymatga asoslangan holda sof daromadning bir qismini budjet daromadiga olib qo‘yishning bir shaklidir. QQS 20 foizlik stavkada undiriladi. QQS ikki xil usulda hisoblanadi: 1) Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi belgilangan stavkalar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S QQS = S Tob * SS/100; (1) QQS Bunda: S – iste’molchilardan undiriladigan soliq summasi; S Tob - soliqqa tortiladigan aylanma; SS — qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi. 2) Tovar (ish, xizmat)lar qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘z ichiga olgan narxlar va tariflar bo‘yicha sotilganida soliq quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: S q QQS = T *SS/(SS+100); (2) (ish, xizmat)lar qiymati. Masalan, «Imkoniyat» kompaniyasi mol yetkazib beruvchilardan 200000 so‘mlik material sotib oldi. Uning QQS summasi quyidagicha bo‘ladi: 1-holat bo‘yicha: QQS summasi=(200000*20%)/100%=40000 so‘m. 2-holat bo‘yicha: QQS summasi=(200000*20%)/(100%+20%)=33333,(33) so‘m. Moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha to‘lanadigan QQSni buxgalteriya hisobida hisobga olib borish uchun 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyotidan foydalanish ko‘zda tutilgan. Materiallar ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarga sarflanishi jarayonida hisoblangan QQS summasi 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» schyotidan 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyotiga sarflangan materiallar qiymatiga mutanosib ravishda o‘tkaziladi. Misol. Korxona mol yetkazib beruvchidan 100000 so‘mlik material qabul qilib oldi. QQS – 20000 so‘m. Jami – 120000 so‘m. Ushbu muoma- laga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: – Sotib olingan material qiymatiga – 100000 so‘m: D-t 1010-«Xomashyo va materiallar» – 100000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 100000 so‘m. – Hisoblangan QQS summasiga – 20000 so‘m: D-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 20000 so‘m. K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 20000 so‘m. Mol yetkazib beruvchiga pul o‘tkazib berilganida: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» – 120000 so‘m. K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» – 120000 so‘m. Hisobot oyi davomida korxonada 45000 so‘mlik material ishlab chiqarishga sarflandi. Demak, QQS 9000 so‘mga teng: (45000*20%)/100%=9000 so‘m. Bu summaga quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi: D-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» – 9000 so‘m. K-t 4410-«Soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar» – 9000 so‘m. Download 0,96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |