Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi.
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |