O‘zbekiston respublikasi oli



Download 0,96 Mb.
bet135/202
Sana04.02.2022
Hajmi0,96 Mb.
#428643
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202
Bog'liq
Buxgal-xisobi (2)

t.r.

Muomalalar mazmuni

Summa

D-t

K-t

1

Sotishdan olingan daromadlar moliyaviy natijaga o‘tkazildi



12900000







2

Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi hisobdan chiqarildi

9621000







3

Asosiy vositalarni sotishdan olingan daromad moliyaviy natijaga o‘tkazildi

4356000







4

Kredit uchun to‘langan foiz to‘lovlari yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

610000







5

Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha mablag‘ yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

41230







6

Boshqaruv xarajatlari yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

2840000







7

Sotish uchun sarflangan xarajatlar yakuniy moliya- viy natijaga o‘tkazildi

1116000







8

Valuta kursi o‘zgarishidan olingan daromadlar yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

36810







9

Bank uchun to‘langan foiz to‘lovlari yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazildi

24650







10

Soliq to‘lagunga qadar foyda hisobidan 8% daro- mad solig‘i hisoblandi












Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya aloqalarini tuzing.
2. 9910-Yakuniy moliyaviy natija schyotining schyotlar bilan bog‘lanishni ko‘rsating.
3. Korxonaning sof foyda summasini aniqlang.
4. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» shaklini tuzing.
XI BO‘LIM


BUXGALTERIYA HISOBOTI


11.1. MOLIYAVIY HISOBOT, UNING AHAMIYATI VA TARKIBI


Hisobot – korxona, birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya, aksiyodorlik jamiyati va shu kabilarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, u xo‘jalik faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularning ishlab chiqarish xarajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil bo‘lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy hisobot alohida mustaqil korxona bo‘lishi yoki xo‘jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat’i nazar, bajaradigan va subyektga ta’sir ko‘rsatuvchi moliyaviy voqealarni va muomalalarni ko‘rsatish usuli hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotlarning maqsadi korxonaning moliyaviy ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag‘lari harakati bo‘yicha ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Moliyaviy hisobot xo‘jalik muomalalari xususiyati va mohiyati jihatidan ularni guruhlarga tuzilmaviy birlashtirish natijasi hisoblanadi. Umumlashtirish va tasnif qilish jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan juda qisqa axborotni taqdim etishdir, chunki moliyaviy hisobotlar band sifatida va izohlarda berilgan bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, korxona imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko‘rsatadi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo‘lishi kerak:
– investitsiya qarorlari va kreditlar berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilishda kerak bo‘ladigan axborot;
– subyektning bo‘lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
– subyektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida axborot.
Yuqorida aytib o‘tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda
batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag‘lari harakati oqimini taxmin qilishga yordam beradigan, korxonaning mulki va ixtiyoridagi resurslari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim:
– korxonaning nazorati ostida bo‘lgan aktivlar haqida;
– korxonaning passivlari haqida;
– korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o‘tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o‘zgarishlar haqida;
– pul mablag‘larining harakati haqida.
Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to‘lash, shuningdek, majburiyatlari bo‘yicha muddati kelgan to‘lovlarni to‘lash imkoniyatini baholashda foydali bo‘ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so‘ng ro‘y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko‘nikmalaridan tashqari, qo‘shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo‘lishi shart:
– buxgalteriya balansi – 1-shakl;
– moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot – 2-shakl;
– asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot – 3-shakl;
– pul oqimi to‘g‘risida hisobot – 4-shakl;
– xususiy kapital to‘g‘risida hisobot – 5-shakl;
– eslatmalar, hisoblar va izohlar.
Moliyaviy hisobotlarning izohlari tushuntirish xati ko‘rinishida muntazam ravishda tartibga solinadi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moliyaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko‘rsatilgan holda berilishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o‘ziga xos siyosati asoslari to‘g‘risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko‘rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo‘lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining «Ochib berish» bo‘limida keltiriladi.
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qo- nuniga binoan:
1. Barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1-yanvardan

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish